Tohiriylar va Somoniylar
Arablarning O’rta Osiyo hududlaridagi deyarli bir yarim asrlik hukmronlik davri
bu hududning erksevar xalqlarining o’z eli, Vatanining mustaqilligi yo’lidagi
jo’shqin kurashini, intilishini so’ndira olmadi. Darhaqiqat, IX asr boshlariga kelib
Arab xalifaligida yuzaga kelgan bo’hronli vaziyat,
siyosiy tanglik, Xuroson va
Movarounnahrda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar, eng muhimi,
bu hududda yuz
bergan
Rofe ibn Lays qo’zg’oloni (806-810) mazkur o’lka xalqlari uchun xalifalik
tobeligidan qutilish, yurt mustaqilligini qo’lga kiritish yo’lida qulay imkoniyatlarni
vujudga keltirgandi. Xususan, mashhur xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vafotidan
so’ng xalifalik taxtini egallash uchun uning o’g’illari –
Amin va
Ma’mun o’rtasida
qizg’in kurash boshlangan edi. Bir necha yilga cho’zilgan bu siyosiy mojaro nafaqat
xalifalik markazini tang ahvolga solib qolmasdan, balki unga tobe bo’lgan
hududlardagi voqealar rivojiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Ma’mun katta qo’shin
tuzib, unga Xurosonlik Tohir ibn Husaynni boshliq etib tayinladi. Rey yaqinidagi
jangda Tohir ibn Husayn al-Amin qo’shinini engadi va Bag’dodga yurish boshlaydi.
Tohir 813 yilda yana g’olib kelib Bag’dodni ham qo’lga kiritadi. Ma’mun halifalik
taxtiga ko’tariladi. Lekin u 819 yilga qadar Bag’dodga bormay Marvdan turib
hokimiyatni boshqaradi. Uning buyrug’i bilan Tohir ibn Husayn Iroq hokimiyati va
Bag’dod harbiy garnizoni boshlig’i bo’ladi (819 yilga qadar). Ma’mun
Marvdagidayoq olimlar guruhini o’z atrofiga to’plagan edi. U 819 yilda Bag’dodga
borar ekan, u erda Baytul hikmat (fanlar akademiyasi)ga asos soladi. Demak, bu fan
maskanining negizini avvalo, Turkistonlik olimlar tashkil etganlar.