Ix-xii asrlarda o’zbek davlatchiligi: siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot



Yüklə 343,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix29.04.2023
ölçüsü343,49 Kb.
#104861
1   2   3   4   5   6   7   8
JlzsAzKqagwTns7AquQ1scFCNLgxcYRhhxugd7hk

G’aznaviylar 
961 yilda Somoniy hukmdor Abdul Malik vafotidan so’ng davlatning 
zaiflashganligidan foydalanib, G’azna mulkini asli turkiy qavmga mansub bo’lgan 
salohiyatli lashkarboshi Alptegin qo’lga kiritadi va bu hududda yangi davlatga - 
G’aznaviylar davlatiga asos soladi. Biroq G’aznaviylar davlatining yuksak maqomining 
qaror topishi va keng e’tirofi Sabuktegin nomi bilan bog’liqdir. 
Somoniylar davrida etuk harbiy lashkarboshi darajasiga erishgan Sabuktegin 977 
yilda Somoniylar davlati ichida davom etayotgan o’zaro nizolardan foydalanib, Qobul 
daryosi havzasiga qarashli erlarni ham G’azna viloyatiga qo’shib, mustaqil davlat 
tuzishga muvaffaq bo’ladi. 
U tez orada Xurosonga egalik qilish huquqini ham qo’lga kiritadi. Shu tariqa, 
Qoraxoniylar Somoniylar hukmronligini qulatib, Movarounnahrni egallagunlariga 
qadar Amudaryoning janubida Sabuktegin va uning vafotidan so’ng o’g’li Mahmud 
davrida G’aznaviylar mavqei va davlat boshqaruvi tizimi kuchayadi. 
1040 yil bahorida Dandanakan yonida (Saraxs bilan Marv oralig’i) bo’lgan so’nggi hal 
qiluvchi jangdan so’ng Ma’sud G’aznaviy qo’shini qaqshatqich zarbaga uchrab, butun 
Xuroson o’lkasidan mahrum bo’ladi. Ko’p o’tmay Ma’sud ukasi Muhammad tomonidan 
qatl qilinadi (1041y). Tez vaqt ichida hokimiyatni egallagan Ma’sudning o’g’li Mavdud 
ham bir necha bor kuch to’plab saljuqiylar bilan urush olib borgan bo’lsa-da, ammo 
o’z qo’shinini mag’lubiyatdan saqlab qola olmadi. 1059 yilda G’aznaviylarning muhim 
tayanchi – Balxning Saljuqiylar qo’liga o’tishi G’aznaviylarning so’ngi umidini ham 
puchga chiqardi. Bu esa pirovardida G’aznaviylar davlatining puturdan ketkazib, tarix 
sahnasidan butunlay tushib ketishiga sabab bo’ldi. 


Saljuqiylar 
Saljuqiylar bu etnik nom emas, ular turkiy o’g’iz qabilalaridir. Ular Sirdaryo quyi 
etaklarida, Orol havzasida yashagan, ko’proq ko’chmanchi hayot kechirgan. «O’g’iznoma» 
kitobida naql qilinishicha, o’g’iz urug’lari, qavmlari juda qadimiy tarixga ega bo’lib, ularga 
ilk bor O’g’izxon nomli buyuk shaxs boshchilik qilgan. IX asr oxiri X asr o’rtalariga kelib 
Orolbo’yi va Kaspiy shimolida O’g’iz urug’lari ittifoqi shakllangan. X asr oxirlarida Sirdaryo 
etagida poytaxti Yangikent bo’lgan o’g’izlar davlati tashkil topadi. XI asr o’rtalariga kelib bu 
davlat shimoliy sharqdan bostirib kelgan qipchoqlar zarbasiga uchraydi. Natijada o’g’iz 
urug’larining bir qismi shimolga - dashtli hududlarga, bir qismi old Osiyo mamlakatlariga 
chekinadi, yana bir qismi esa hozirgi Turkmaniston hududiga o’tib, erli aholi bilan 
qo’shilishib, turkmanlar nomi bilan atalib ketadi. Tarixchi Rashiddidin, shuningdek, Mahmud 
Qoshg’ariy, Abul G’oziylarning ma’lumotlariga qaraganda, o’g’izlar 22 yoki 24 qabiladan, 
chunonchi, chavdir, emreli, ichdir, yazir, salir, qoradoshli, bayot, koyi, taturga va 
boshqalardan tashkil topganSirdaryo quyi oqimida paydo bo’lgan o’g’iz davlatining dastlabki 
yobg’usi (podshosi) Saljuqbek bo’lgan. Uning avlodlari Tug’rulbek, Dovudbek, 

Yüklə 343,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin