Bug’roxon (859-955) yag’molar qavmiga mansub bo’lgan. Bu davlat hukmdorlari
«arslonxon» yoki «qoraxon» unvonlari Qoraxon so’zining lug’aviy ma’nosi esa
turkiy qabilalarda «ulug’», «buyuk» degan tushunchalarni anglatgan. Qoraxon
«Tamg’achxon» ham deb yuritilgan.
Bu davlatning qudrati yuksalib, u tez orada katta hududlarni o’z qo’l ostiga kirita
boradi. Uning poytaxti Sharqiy Turkistonning Bolasog’un shahri bo’lgan.
Abdulkarim Bug’roxon vafotidan keyin (955y) uning vorislari davrida Markaziy
Tyan-Shan va Ettisuv o’lkalari egallanadi. Endilikda Qoraxoniylar Somoniylar
hukmronlik qilayotgan Movarounnahr erlarini ham butunlay egallashga kirishadilar.
Bu davrda Somoniylar davlati chuqur ichki ziddiyatlar, sinfiy ixtiloflar orqasida
tanglik holatiga tushib qolgan edi. Bundan foydalangan Qoraxoniylar hukmdorlari -
Hasan va Nasr Bug’roxonlar etakchiligidagi qo’shin Somoniylar qarshiligini
qiyinchiliksiz engib, ikki bor (992 va 999 yillarda) Buxoroni egallaydi, somoniylar
sulolasining so’nggi vakili Ismoil al Muntasir (1000-1005) hukmronligi barham
topdi. Oqibatda butun Movarounnahr hududlari Qoraxoniylar tasarrufiga o’tadi. Shu
tariqa, Qoraxoniylar hukmronligi katta hududlarga yoyiladi.
Qoraxoniylar
Qoraxoniylar davlatining boshqaruv tizimi mahalliy hududiy boshqarish
tartibiga asoslangan. Xonlik hududlari nihoyatda bepoyon bo’lganligidan, har bir
yirik hudud yoki viloyat eloqxonlar (mahalliy hukmdorlar) tomonidan nisbatan
mustaqil tarzda idora qilingan (Masalan, Samarqand, Buxoro, Ettisuv v.b.).
Eloqxonlar tegishli miqdordagi yillik xiroj yoki to’lovlarni markaziy xokimiyat
hukmdori - Tamg’achxonga yuborib, amalda o’z mulklarini mustaqil
boshqarganlar. Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi murakkab
ijtimoiysiyosiy vaziyatda, turli sulolaviy urushlar, ziddiyatli jarayonlar girdobida
kechgan. Ayniqsa xonlikning muhim hayotiy markazlari hisoblangan Samarqand,
Buxoro, Balx va Termiz kabi joylarni qo’lga kiritish uchun saljuqiylar, qoraxitoylar
bilan ko’p bor urush harakatlari olib borilgan. Xususan, saljuqiylarning so’ngi
podshohi Sulton Sanjar (1118-1157) Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi
hukmdori Arslonxon (1102-1130)ningzaiflashib qolganligidan va mahalliy
ruhoniylar fitnasidan foydalanib, Samarqand va uning atroflarini bosib oladi.
Shundan so’ng Qoraxoniylar sulolasiga mansub mahalliy xonlar amalda Sulton
Sanjarga tobe bo’lib qoladilar. Biroq ko’p o’tmay bu hududlar yangidan sharqdan
bostirib kelgan Qoraxitoylar ta’siriga tushib qoladi.
|