24
Fonematik eshitishni tekshirish.
Fonematik eshitish bolada bevosita nutqiy aloqa asosida shakllanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bir-biridan bir
tovush bilan farq qiladigan
so`zlarni ajrata olmaydilar, shuning uchun bolalarga bir tovush bilan farq qiladigan
so`zlarni beramiz:
gul - ko`l
soch - qoch ko`z - tuz
oz - och sim - shim
baxor - naxor va shu
so`zlarga mos rasmlarni topish va ko`rsatish ko`nikmasi aniqlanadi.
So`zlarning tushunishni tekshirish
Tekshirish
shundan boshlanadiki, bolaga narsalarning nomi aytiladi va
ularni ko`rsatib berish so`raladi. Masalan, tana qismlari - ko`z, peshona, yuz, burun,
soch, daxan, qo`l, oyoq va boshqalar.
Keyin
bolaga
uy
jihozlarini: stol, stul, shkaf,
qandil,
ko`zgu; o`yinchoqlardan - qo`g’irchoq, mashina, koptoklarni ko`rsatish taklif
qilinadi.
So`zlarni tushunishni tekshirishning keyingi bosqichi
rasmda tasvirlangan
narsalarni tanish ko`nikmasini aniqlashdan iborat bo`ladi. Bunda bolaga turli
mavzuli guruxlarga
kiruvchi va bir-biridan shakli, rangi, hajmi va son jihatidan farq
kiluvchi narsalar tasvirlangan rasmlar ko`rsatiladi. Bu rasmlarda uy hayvonlari va
yovvoyi
hayvonlar, o`yinchoqlar, sabzavotlar, mevalar,
idish-tovoqlar, transport,
shuningdek yil fasllari tasvirlangan bo`ladi.
Bu didaktik material bolalar bog’chasining dastur talablariga muvofiq keladi
va ularning yoshiga qarab ajratiladi.
Sodda gaplarni tushunishni tekshirish
Bolaga vaziyatli rasmlar ko`rsatiladi va bir qator quyidagi ko`rinishli sodda
gaplar aytiladi: «Qiz o`tiribdi», «Qizda qizil koptok bor», «Bola yuguryapti»,
«Bolada mashina bor», «Kuchuk yuguryapti» va hokazo. Shundan so`ng bola
aytilayotgan hodisa tasvirlangan rasmni ko`rsatishi lozim.
Bundan tashqari
25
quyidagilarni ko`rsatish so`raladi: olmaxonning momik dumi, Qiz qaerda sakrayapti,
yuguryapti,yozyapti, sirpanchiq uchyapti va hokazolar.
Keyin bitta gapda kelgan 1,2,3 ta izchil xususiyatlarni bajarishni o`z ichiga
oluvchi so`z shaklidagi buyruqlarni bajarish usulidan foydalaniladi. Masalan: «Tur,
stol yoniga bor, o`yinchoqlarni ol va polga kuy. Koptokni ol,
polga ur va menga
ber».
So`ng bolalarning grammatik qurilishlarni tushunishlari aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: