29
- harakatni aniq, to`liq, me’yorda bajaradi.
- bir harakatdan ikkinchi harakatga uta oladi.
- harakatni bajarishda bir qator kamchiliklar kuzatiladi.
- bir harakatdan ikkinchi harakatga qiyinchilik bilan o`tadi.
- harakatni logoped yordami bilan bajaradi, mustaqil o`zi
bajara
olmaydi. Bir harakatdan ikkinchi harakatga juda qiyinchilik bilan utadi.
- harakatni bajara olmaydi.
Tovushlar talaffuzini tekshirish
Tovushlar talaffuzining holati logopedik praktikada
umumiy qabul qilingan
quyidagi tartib bo`yicha tekshiriladi. Bolaga narsalarga oid rasmlar ko`rsatiladi,
bunda rasmdagi narsalarni ifodalovchi so`zlar ichida tekshirilayotgan tovush uch
o`rinda kelishi kerak: so`zning
alohida talaffuzida, bo`g’inlarda, so`zlarda va
jumlalarda tekshiriladi.
O`zbek tilida so`zda undosh tovushlarning mos kelishi:
Sirgaluvchi tovushlar (s, z, s);
Shipillovchi tovushlar (sh, j, ch);
Sanor tovushlar (l, r, ng);
Til orqa, chuqur til orqa tovushlar (k, g, x, k, g, x);
Jarangli tovushlar (v, b, d); Unli
tovushlar (a, o, u, u).
Rasmlarni tanlash me’yorlari:
- maktabgacha yoshdagi bolalarning tushunishi uchun mos bo`lishi;
- idrok tasvirlangan so`ratga nisbatan qiziqishni va ijobiy hissiyotli
munosabatni uygotish;
- hayotiy vaziyatlarning aks ettirilishi.
Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar xususiyati bo`yicha biz quyidagi
shakllarni belgiladik:
a) tovush yo`qligi; b)
tovushning almashtirilishi; v) tovushlarning nutqda
mustaxkam bo`lmasligi (bunda tovush ba’zi so`zlarda to`g’ri talaffuz etiladi, ba’zi
so`zlarda esa boshqa tovushlarga almashtiriladi); g) tovushni buzib talaffuz etish.