34
Baxolash:
- hikoya to`g’ri tuzilgan. Hikoyani mazmunini yaxshi yoritib bera oldi.
Hikoya 5-6 gapdan to`zilgan;
- hikoya tuza oldi. Lekin mazmunini oxirigacha echib bera olmadi.
Hikoya 3-4 gapdan to`zilgan;
- hikoyada ko`p xatolar. Mazmunini yoritib bera olmadi. Hikoya 1-2
gapdan to`zilgan;
- mustaqil Nutqi yo`q.
Bolani nutqini logopedik tekshirish davomida olingan ma’lumotlar Nutq
xaritasiga yozilib boradi (nutq xaritasi ilovada berilgan).
Tekshirish uchun materiallar
Narsa modeli, mulyaj, tarqatma materiallar (rasmlar, konstruktorlar),
zondlar, shtagel, oyna (devor va stol oynasi).
Didaktik materiallar: o`yinchoqlar to`plami, stol ustida o`ynaladigan
o`yinchoqlar (loto, domino).
Albomlar yoki rasmlar to`plami, narsalarga oid iborali,
syujetli, davomli,
qirkma rasmlar.
Turli kattalikdagi va turli xil sanoq materiallari, mozayka,
optik-fazoviy
tasavvurlarini aniqlash uchun turli rang va shakldagi narsalar to`plami. Turli
o`lchamdagi narsalar yoki ularning rasmlari.
Ovozli o`yinchoqlar to`plami: do`mbira, nay, pianino,
ovoz chiqaradigan
hayvon - o`yinchoqlar.Rasmlar to`plami (o`yinchoqlar): uy jihozlari, kiyim,
idishtovoqlar,
transportlar, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar,
sabzavotlar,
mevalar.
Fonematik idrokni tekshirish uchun maxsus qo`llanmalar: juft narsalarga oid
rasmlar, bo`g’inlar, so`zlar.
Bolalar nutqini har tomonlama tekshirish natijasida biz bolalar Bilan ishlash
prosessni to`g’ri tashkillashtiramiz. Ular nutqidagi kamchiliklarni to`g’ri va aniq
tekshirish esa, o`z vaqtidabolalardagi nutq kamchiliklarini
bartaraf etishimizga
yordam beradi.