Kurs ishi fan



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/43
tarix29.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104904
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
O`yin «Razvedkachilar».  
Maqsad: Bolalarni zarur tovushini so`zlarda to`g’ri talaffuz etishga o`rgatish.
O`yinning borishi: Tarbiyachi bolalarga rasmlarni ko`rsatadi, bolalar 
rasmlarning nomlarini aytadilar. So`ngra tarbiyachi razvedkachilarni tanlaydi. 
Razvedkachilar xonadan chiqib turadilar. Tarbiyachi qolgan bolalar bilan rasmlarni 
xonaning turli burchaklariga yashirib chiqadi. Razvedkachilar kelib, rasm 
yashirilgan joyni qidiradilar va topib olgan rasmlarni bolalarga ko`rsatib, uning 
nomini aytadilar. So`ngra bolalar o`rin almashadilar.
Metodik ko`rsatma: Narsalarning nomini aytayotganda zarur tovushini aniq 
talaffuz etishlari kerak. Zarur tovushini cho`zib talaffuz etmaslik lozim. Aks holda
tovush buzilib eshitiladi.
Ota- onalar bilan ishlash.  
Hozirgi davrda ota-onalar bilan pedagoglar hamkorligiga alohida e’tibor
berilmoqda va bu ta’lim tarbiya ijobiy natijalarga olib kelmoqda.
Ota – onalar bilan ishlashda o`qituvchi – logopedlar an’anaviy va noan’anaviy 
usullar : anketalashtirish, maslahat – muloqat, ochiq mashg’ulotlardan keng 
foydalanadi. O`z navbatida ota – onalar farzandlari ishlari bilan tanishib, ulardagi 


50
muammo va yutuqlardan tegishli xulosa chiqaradilar. O`qituvchi – logoped har bir 
bola topshiriqlarni qanday bajarganligini ota – onalarga tushuntiradi. Individual 
daftarlar orqali bolalar qanday natijalarga erishgani, qaysi tovushni hosil 
qilolmagani, nimada qiynalishi haqida ma’lumot berib boriladi. Shu Bilan bir 
qatorda, ota – onalar bolalari bilan topshiriqni qayta ko`rib chiqishlari yoki 
bajarishlari uchun imkoniyat yaratiladi.
Ota – onalar bilan hamkorlikda “Bir kunlik xat kuni”ni o`tkazish ayniqsa ijobiy 
natijalar beradi. Bu tadbir jarayonida bolalar qiyinadigan shkaflar ichida 
cho`ntakchalar qo`yilib, ichiga muhim hisoblangan ma’lumotlar yoziladi. Masalan, 
“Siz Bilan birga biz ham xursandmiz, chunki Alisher talaffuzida “r” tovushi hosil 
bo`ldi yoki “Alisherga so`zlashuv payti doimo R tovushini aytishni yodiga solib 
turing. Rahmat! ”. “Madina hozircha tugmasini o`zi o`tkaza olmaydi, poyabzal 
bog’ichini bog’lay olmaydi. Uyda u Bilan mashq qiling, unga yordam bering, 
ishonamizki, hammasi yaxshi bo`ladi”.
Ota – onalar bilan muomala qilganda, ular kayfiyatini hisobga olish 
benihoya muhimdir.
Bundan tashqari, ochiq mashg’ulotlar o`tkazish logoped faoliyati bilan 
tanishtiribgina qolmay, balki har bir ota-ona o`z bolasini tengqurlari bilan 
taqqoslaydi, unga o`z bahosini qo`yadi va undagi kamchiliklarni yo`qotish 
choralarini qidiradi.
“Ochiq eshik kunlari”da esa ota-onalar nafaqat
mashg’ulotlarni 
kuzatadilar, ayni paytda pedagog, o`qituvchi-logoped, vrach-nevropatolog va 
hamshiralar
bilan uchrashadilar
hamda
ulardan
qimmatli 
yo`l-yo`riqlar, maslahatlar oladilar.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin