51
2.2. Bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf etishda didaktik
o`yinlarni turkumlash va ulardan foydalanish bo`yicha tavsiyalar.
Bolalar o`sib, ulg’aygani sari ularning nutqi ham rivojlanib boradi. Bu davrda
ba’zan nutqning ma’lum darajadagi buzilishlari kuzatilishi mumkin. Maktabgacha
tarbiya yoshidagi boalalarda uchraydigan nutq kamchiliklaribartaraf etish yuzasidan
xilma – xil yo`nalishda tadqiqot ishlari olib borilgan. Jumladan, Rossiyada R. Ye.
Levina, L. F. Slirova, V. A.Kavshikov, Ukrainadi Ye. F. Sabotovich, O`zbekistonda
L. R. Mo`minova, Ye. A. Boboeva tomonlaridan tadqiqot ishlari amalga oshirilgan.
Biz o`z tadqiqotimizda Ushbu muammolar echimini echishga harakat qildik. Biz
bolalar nutq faoliyatiga o`yinlarning qay darajada ta’sir etishni turli xil o`yinlar
orqali sinab ko`rishga harakat qildik. Nutq buzilishlari bola shaxsining
shakllanishiga, bilish faoliyatining rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi.
Ma’lumki nuqsonli bolalar bilan muloqotga kirishish uchun,
pedagogga
pedagogik mahorat juda kuchli bo`lmog’i lozim. Chunki ko`pgina nuqsonlo bolalar
(o`zlaridagi nuqsonlari sababli) o`zgalar bilan muloqotga kirishishni istashmaydi,
istashsa ham qiynalishadi.
Insonlar bir birlari bilan muomilaga kirishar ekan, ularning asosiy ko`zlagan
maqsadlaridan biri o`zaro bir biriga ta’sir ko`zsatish, ya’ni fikr- g’oyalariga yaxshi
ta’surot qoldirishdir.Ammo ko`pgina nuqsonli bolalarning
fikr doirasi kuchsizroq
bo`lib, ega bo`lgan fikrlarini ham nutqida aniq bayon ettirishga (nuqsonlari sababli)
qiynalishadi.
Shuning uchun pedagog birinchi bo`lib nuqsonli bolalarga psixologik ta’sir
bu- turli vositalar yordamida bolalarning fikrlari, hissiyotlari va xatti harakatlariga
ta’sir ko`rsata olishi darkordir.
Ma’lumki nutq – bu so`zlashuv o`zaro muomala jarayoni bo`lib, uning
vositasi –so`zlar hisoblanadi. Manologik nutqda,
diologik nutqda ham odam
o`zidagi barcha so`zlar zaxirasidan foydalanilib, eng ta’sirchan so`zlarni topib,
sherigiga ta’sir ko`rsatishni xohlaydi. Hutqida nuqsoni bor bola esa ko`pgina
52
hollarda shu nuqsonini yashirishi natijasida muloqotda kirishishni istamaydi,
kirishsa ham tor doiradagi insonlar (oila a’zolari, bog’cha opasi va bir necha yaqin
do`stlari) bilan muloqotga kirishadi. Shu sabab ularning so`zlar
zaxirasi kam,
davragirlik xislatlari sust bo`ladi. Ertaliklarga ham o`zlariga berilgan sherni qiynalib
aytishadi.
Ba’zi hollarga bunaqa bolalar nutqning paralingivistik ta’sirning bazi bir
omillari
nutqni susaytiruvchi, past tovushida ifodalash, to`xtashlar, duduqlanish,
yutal, til bilan amalgam oshiriladigan harakatlar, nidolardan foydalanadi.
Muloqot jarayonidagi harakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar
bir birlariga
ta’sir ko`rsatmoqchi bo`lishganda, dastavval nima deyish, qanday so`zlar vositasida
ta’sir etishini o`ylar ekan. Muloqotning qanday kechishi va kimning ko`proq ta’sirga
ega bo`lishi sheriklarning rollariga ham bog’liq. Ta’sirning tashabbuskori- bu
shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko`rsatish maqsadi bo`ladi va u bu maqsadni
amalga oshirish uchun barcha yuqoridagi ta’kidlangan vositalardan foydalanadi.
Shunday ekan, suhbat jarayonida bola o`zini tashabbuskor etib his qilishi,
ya’ni bola suxbatda o`zini asosiy
rolda ekanligini sezishi kerak, buning uchun
pedagog diologni shu maqsadda tuzishi lozim.eng avvalo bola bilan ishonchli
munosabat o`rnarishi kerak.Suxbat jarayonida bola uni yaxshi ko`rishlarini va u
to`g’risida g’amxo`rlik qilishlarini his eta olishi juda muhimdir.
Pedagogning muloqot jarayonida o`yin, nutqiy mashqlar, barmoqlar teatri,
qisqa saxna ko`rinishlarini o`ynash,
rasmli topishmoqlar, ta’limiy o`yinlar,
barmoqlar gimnastikasi va qofiyali so`zlar o`yinidan foydalanishi muloqotning
ijobiy o`tishiga yordam beradi.
Bola tomonidan berilgan bilimlarning o`zlashtirilishi uning hotirasiga ham
bog’liqdir. Ma’lumki insonning eslab qolishi quyidagichadi :
53
10% O`qish orqali
20% Eshitish orqali
30% Ko`rish orqali
50%
Eshitish va ko`rish
80%
Gapirish orqali
90%
Gapirish va
bajarish
Shularni inobatga olgan holda she’rni yod olish tezligini oshirish uchun uni turli
harakatlar bilan birgalikda olib borish yaxshi natija beradi.
Tog’orani olamiz
oldimizga
qo`yamiz.
Ichiga
suv
solamiz,
so`ngra ishni boshlaymiz.
Bir, ikki, uch, to`rt (Ishqalash harakati bajariladi)
bir, ikki, uch, to`rt (G’ijimlash, chayish harakati)
Bir, ikki, uch, to`rt (chayish harakati)
bir, ikki, uch, to`rt (Siqish harakati) Bir,
ikki, uch, to`rt (Qoqish harakati) bir, ikki,
uch, to`rt (ilish, qistirish harakati);
Choynikchada qopqoqcha
(choynik deganda qo`llar shar shaklida
Dostları ilə paylaş: