57
Bolalar tezda ketma – ket turib aytilgan
gapni yozishlari kerak, so`ngra har bir
bola o`z so`zini ovoz Bilan aytib, gap hosil qiladilar.
O`yin shu tarzda bolalarni va gapni almashtirish orqali davom ettiriladi. O`yinda
o`z qatorini adashtirmay to`g’ri topib turgan holda so`zni aniq talaffuz qilgan bola
g’olib sanaladi va rag’batlantiriladi.
“Sehrli qalamchalar” o`yini
O`yin uchun bir necha rangli qalamchalar va ular yordamida chizilgan turli narsa
va buyumlar rasmi kerak bo`lib, ular doskaning o`rtasiga joylashtiriladi.
O`yinni yakka holda yoki guruh bilan o`ynash mumkin.
Tarbiyachi bolalar diqqatini doskaga qo`yilgan jihozga qaratib :
-
Bolalar, siz ko`rayotgan mana bu qalamchalar oddiy qalamchalar emas,
balki ular “sehrli” qalamchalardir. Ular mana bu rasmni bir zumda chiza oladilar.
Keling, hozir ular nimalarning rasmini chizganliklarini aniqlaymiz.
Tarbiyachi birin – ketin ko`rsatadi, bolalar esa ularni nomlaydilar. Tarbiyachi
bolalar diqqatini maqsadda ko`zlagan bir tovushlarning (masalan s, b, rva h.k.)
o`rnini so`z boshida, o`rtasida, oxirida) aniqlashga qaratadi. Tarbiyachi:
-
Bolalar, endi har bir qalamcha qaysi rasmni chizganini aniqlaymiz.
Hozir har biringiz o`zingizga yoqqan rangdagi qalamchani tanlab olasiz.
Qalamchangiz qaysi rasmni chizganini ular qoldirgan
izdan yurib aniqlaysiz va
nomlaysiz. Agar siz rasmda nima aks ettirilganini to`g’ri topsangiz uni aniq, ravon
talaffuz qilsangiz rasmni o`zingizga olishingiz mumkin.
Shu tartibda bolalar
qalamchalar chizgan rasmlarni aniqlaydilar. O`yin doskadagi
jihozni almashtirish
orqali davom ettirilishi mumkin. O`yinda kim ko`p rasm to`play olsa, o`sha bola
g’olib sanaladi.
Dostları ilə paylaş: