58
Tarbiyachi bolalarga o`yin shartini tushuntiradi:
-
Bolalar,
rasmdagi
qalamchalardan
birini
o`zingizga
tanlang.
Qalamchalaringizning chizgan rasmini aniqlashda ular qoldirgan izlar bizga yordam
beradi. Ana shu izlardan yurib qalamchalaringiz
rasmini aniqlaysiz va uni
nomlaysiz. Bizga kerakli bo`lgan “g” yoki “q” tovushini ajratib, aniqlab, uni bo`sh
katakchaga yozasiz. Agar siz shu vazifani to`g’ri bajarsangiz rasmni o`zingizga
olasiz.
O`yin rasmlarni almashtirish orqali davom ettirilishi mumkin. O`yinning bu
turida ham ko`p rasm yig’ib, topshiriqni to`g’ri bajargan bola g’olib sanaladi.
“Hayvonot bog’i” o`yini
O`yin uchun “Hayvonot bog’i” deb atalgan maxsus jadval zarur bo`lib,
jadvalda “qafaslar” to`rt qatorga (1, 2, 3, 4) joylashtiriladi (cho`ntaklar
yopishtiriladi).
Bundan
tashqari, o`yin uchun hayvonlarning rasmlari
aks ettirilgan varaqlar
(birinchi qator uchun: ot, it, qo`y, kit; ikkinchi qator uchun: bo`ri, ayiq, yo`lbars,
tulki; uchinchi qator uchun: olmaxon, jirafa, kenguru, qo`zichoq; to`rtinchi qatorga:
tipratikan, kaltakesak va h.k ) ham zarur bo`ladi. O`yin jadvalni doskaga osish va
hayvonlarning rasmlari ifodalangan varaqlarni bolalarga tarqatish bilan boshlanadi.
Tarbiyachi bolalarga hayvonat bog’iga
keltirilgan hayvonlarni nomlab,
ularni
bo`g’inlarga ajratgan holda ma’lum qatorlardagi qafaslarga joylashtirish kerakligini
tushuntiradi. Masalan, “ot” – bo`g’indan, demak
uni birinchi qatordagi qafasga,
“bo`ri”- ikki bo`g’inli, shuning uchun ikkinchi qatordagi qafasga joylashtiriladi va
hakozo.
Dostları ilə paylaş: