77
Jag’ mashqlari. Jag’ni oldinga harakat qildirish mashqida jag’ biroz pastga
tushirilib oldinga va orqaga qarab harakat qildiriladi. Jag’ni
ikki yonga harakat
qildirish mashqida yuqoridagi mashq holatida jag’ni ikki yonga shoshilmay harakat
qildirish lozim. Mashq bir necha marta takrorlanadi.
Endi bolada “K” tovushining to`g’ri artikulyatsiya profili bilan tanishtiramiz.
Tilning orqa qismi yumshoq tanglay tomon yoysimon shaklda ko`tarilib,
pastki tishlarga tegib turadi. Qattiq tanglay bilan tilning o`rta qismi orasidagi masofa
torayadi. Shu masofadan siqilib, kuch bilan yorib chiqqan havo “K”
undosh
tovushini hosil qiladi.
Biz bolaning nutqida yo`q “K” tovushini hosil qilishda bolaga “ta-ta-ta”
bo`g’inini aytishni taklif etamiz, shu vaqtning o`zida maxsus zont yordamida tilning
uchi bosilib, orqaga biroz itariladi.Bunda logopedik zont va shpateldan
foydalaniladi. Bordiyu logopedik zont va shpatel bo`lmagan vaqtda gigienaga rioya
qilgan holda qo`l barmoqlari yoki paxta o`ralgan gugurt cho`pidan
foydalanish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: