65
kuni nimalar eyishiga ham bog’liq. Bu borada esa bolalar asab kasalliklari shifokori
va logoped bilan maslahatlashish zarur.
Darvoqe, shifokorlarning «Bolangiz birinchi marta necha yoshida yoki necha
oyligida gapirgan?» degan savoliga javob topish ham oson emas. Mabodo ularga
kechroq murojaat qilib shunday savolga duch kelib qolsangiz, bolangizning biror
so`zni o`zi tushungan holda talaffuz qilgan kunni belgilab qo`ying.
Qandaydir
bo`g’inlar yoki so`zlarni bilib-bilmay talaffuz qilganida, bu hali uning tili chiqqani
emas. Yoki boladan o`zingiz kabi to`liq gapirishni kutib, hali gapirishni bilmaydi,
degan javobni bermang. Deylik, u sizdan «buv bey», ya’ni «suv ber» deya so`radimi,
mana shu kun bolangizning tili chiqqan kuni hisoblanadi.
Eng muhimi, agar siz bolangizning nutqi hech bir kamchiliklarsiz rivojlansin,
desangiz, bo`lajak notiq bilan notiqlarcha muomalada bo`ling
1
».
Tomishmoqlar aytish, eshitish hamisha maktabgacha ta’lim yoshidagi
kichkintoylarning ezgu niyatlari bilan hamohang bo`lgan. Xar bir topilishi kerak
bo`lgan jumboq - bu davr bolalarini ham o`ylashga, fikr yuritishga, o`zlariga xos
yo`sinda izlanishga, sezgir, jiddiy, topqir bo`lishga nisbatan mayllarini uyg’otgan.
Chunki ko`p predmetli topishmoqlar bog’cha bolalari
uchun yanada qiziqarli
bo`lgan. Bu holni butun mamlakatimiz bo`ylab bolalariga, nabiralariga, qo`shni
bolakaylarga alla-qo`shiq, ertak, maqol, topishmoq aytib berib yurgan ota-onalar,
buvi-bobolar, mahalla ertakchilari huzurida bo`lganimizda aniq sezdik.
Bu ish
o`zo`zidan yoki birdaniga ko`ngildagidek chiqmaydi. Tinimsiz izlanish,
bolakaylarni qiziqtirish, ularni topqirlikda bir-birlariga o`rnak, ibrat qilib ko`rsatish
tufayli erishiladi. Takrorlash, takrorlashlardan keyin bola jumboqlarni echishga, bu
haqda o`ylashga havasi keladigan bo`ladi. Bu erda shu narsani ham ta’kidlab o`tish
lozimki, bolalarga aytib beriladigan topishmoqlarning mavzusi yoshlarning yoshiga,
qiziqishlariga yaqin bo`lsa yana nur ustiga a’lo nur bo`ladi.
Bolalarda uchraydigan nutq nuqsonlarini bartaraf etishda biz ertak, topishmoq,
tez aytish, maqollardan unumli foydalansak maqsadga muvofiq bo`ladi. Shubhasiz,
1
«Туркистон» газетаси, 2005 йил, 10 август.
66
ular bolalarga xushkayfiyat va tetiklik bag’ishlaydi. Logopedik mashg’ulotlar va
o`yinlarda tez aytish, topishmoq va she’rlardan keng foydalanish natijasida,
bolalarning nutqi o`sadi, shu bilan birga nutqning ravon bo`lishida, to`g’ri ohangning
shakllanishida katta ahamiyatga ega. Milliy adabiyotimiz namunalari bo`lishi
sanama, chorlashma, qiqillama, aytishuv, cheklashmachoq, aytishma o`yin va
yarashtirgich kabi xalq og’zaki ijodi, nafaqat bolaning nutqini o`stirishda,
balki
ularni milliy ruhda tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilish va
vatanparvarlik hissini uyg’otishda asosiy omil bo`lib xizmat qiladi. Quyida biz,
o`zbek tilimizning
xususiyatlaridan kelib chiqib, (bolalarni to`g’ri talaffuzga
o`rgatishda logopedik o`yinlardan foydalanish yo`llarini takomillashtirish borasida
boy adabiy merosimizdan namunalar keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: