Kurs ishi fan



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/43
tarix29.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104904
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43
TAJRIBA SINOV NATIJALARI 
Respublikamizda ta’lim tizimini isloh etish bo`yicha olib borilayotgan ishlar bir 
qancha bo`lib, ular yosh avlodning jamiyat rivojiga hissa qo`shishga xizmat qiladi. 
Yosh avlodga kichik yoshidan boshlab to`g’ri ta’lim-tarbiya berish, bu yurtimizning 
gullab-yashnashiga olib keladi.
Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarda ayrim nutq nuqsonlari 
kuzatilib, ularni bartaraf etish bo`yicha logopedik ishlar tashkil etilgan. Shular 
jumlasidan, maktabgacha yoshdagi dizartrik bolalarning nutq nuqsonini bartaraf 
etish ishlari bir qancha bo`lib, ulardan biri ovoz modulyasiyasining baland-pastligi 
bo`yicha tadqiq etish yo`llari sanaladi.
Tadqiqotning 
maqsadi 
musiqani, asta-sekinlik bilan pastdan 
balandlashayotgan, balanddan pastlashayotgan harakatini aniqlay olishi va uni 
qaytara olish ko`nikmasini aniqlashdir, Ovoz tebranishining baland-pastligi bo`yicha 
tadqiq etishda bola o`z ovozini qanchalik boshqara olishini, uni balandpastligi 


70
bo`yicha o`zgartira olishni, ovoz diapazoni qanchalik keng ekanligini aniqlash uchun 
muhimdir.
Tadqiqot uchun jihozlar: tovushlar, taqlid so`zlar, hayvon va ularning bolalari 
tasvirlangan predmetli rasmlar.
1. Turli xil balandlikdagi ovoz bilan talaffuz qilingan ayrim tovush va taqlid 
so`zlarni idrok etilishini tadqiq etish.
Jarayonning borishi: Bolaga turli xil balandlikdagi tovush yoki taqlid so`zlarni 
eshitish va eshitganlarini, ularning bolasi tasvirlangan rasm yoki turli xil kattalikdagi 
predmet bilan bog’lash, moslash tavsiya etiladi. Bolaga oldindan qonun-qoidalari 
tushuntiriladi. Masalan, itning ovozi "yo`g’on", ya’ni past, kuchuk bolasining ovozi 
esa "ingichka", ya’ni jarangdordir.
Ko`rsatma: "Eshit va qaysi hayvon qanday ovoz chikarishini ko`rsat (ayt).
DUD - katta (past) ovoz DUD - kichik (jarangdor) kema
O -
O -
MO` - sigir
MU - buzoqcha
VOV - it
VOV - kuchuk bolasi
MYaU-mushuk
MYaU - mushuk bolasi
2. 
Ayrim tovush va taqlid so`zlarni baland va past ovoz bilan talaffuz qilish.
Ko`rsatma: "Qani katta kema, samolyot va X-K., Hamda ularning kichkinasi 
qanday ovoz chikarishini, hayvonlar va ularning bolalari qanday ovoz chikarishlarini 
ko`rsat".
VOV - it
VO V - kuchuk bolasi
MU - sigir MU - buzoqcha
MYaU - mushuk
MYaU - mushuk bolasi
DUD - katta kema DUD - kichik kema A ayiq, A -ayiq; bolasi
3. 
Unli tovushlarni talaffuzda ularning grafik tasviri yoki qo`l harakatiga 
tayanib ovozni balandlatish va pastlatishni amalga oshirish.
yuqoriga - ovozni balandlatish; pastga 
- ovozni pastlatish.


71
1-ko`rsatma: "Sen oyoqlaring bilan emas, balki ovozing bilan zinapoyalardan 
yuqoriga, keyin esa Yana ovoz bilan zinapoyalardan pastga tushishga harakat qilib 
kur. Ovoz zinapoyalardan yuqoriga ko`tarilayotganda, u balandlashadi va 
ingichkalashadi. Ovoz zinapoyalardan pastga tushayotganda esa, u pasaya 
boshlaydi. Avval A tovushi, keyin esa O, U tovushlari Bilan talaffuz qilamiz.
,
2-ko`rsatma:
"Qo`g’irchoq
chaqaloqni alalab ko`rsat"., A A A A A
Soat qanday yurishini ko`rsat .
ChIQ tebratishlarini chiq, chiq, chiq, chiq;
\ / \ / \ / „,,~ - din
Qo`ng’iroq qanday jaranglashini \ / \ / ko`rsat".
din din
Din, Dilin, din, Dilin
Eslatma: Ovoz balandlashayotganini yoki pasayayotganini ko`rsatish uchun 
logoped qo`lining harakati bilan faol ravishda yordamlashadi.
Baxolash mezonlari:
4-ball - topshiriq ovozning etarli modulyasiyasi bilan bajarilganda qo`yiladi;
3-ball - topshiriq ovoz modulyasiyasi unchalik etarli bo`lmagan xolatda 
bajarilganda qo`yiladi;
2-ball - topshiriq ovoz balandligini o`zgartirmagan xolda bajariladi, biroq
topshiriq turli usullarda bajartirilsa, ovoz balandligi o`zgarishiga erishish mumkin;
1-ball - topshiriq ovoz balandligini o`zgartirmagan xolda bajariladi, biroq
topshiriq turli usullarda bajartirilsa ham ovoz balandligi o`zgarmaydi; 0-ball - 
topshiriq bajarilmaydi.
Ushbu ovoz modulyasiyasini baland-pastligi bo`yicha tadqiq etish yo`li orqali 
nafaqat maktabgacha yoshdagi dizartrik bolalarni balki boshqa nutq nuqsonlariga 


72
ega bo`lgan bolalarda ham qo`llaniladi. Bu metodika orqali ovoz kamchiligini 
bartaraf etiladi va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin