74
Ko`rgazmali metodlar - bu bilim ko`nikma va malakalarni egallashda
kurgazmali kurollar va texnik vositalar yordamida beriladigan ma’lumotlardir.
Kurgazmali metodlarga kuzatish, rasmlarni ko`rish, maketlar, diafilm,
kinofilmlarni ko`rish, plastinka, magnitafonlarni eshitish, hamda topshirik
namunasini, harakat usulini kursatish kabilar kiradi.
Kuzatish - rasm, artikulyasion profil, maket, artikulyasion tovush, mashqlarni
kullash va kursatish bilan bog’liq.
Aytib o`tilgan qo`llanmalardan foydalanish, bolalar tasavvurini kengaytirish,
bilish faoliyatini rivojlantirish va logopedik ishning samaradorligini oshirish
imkonini beradi.
Magnitovon, plastinkadagi ovozlarni takrorlash. Bolalarning nutqi yozilgan
magnitafon lentalari tahlil qilish, nuqsonlarni ajratib olish, korreksion ish
bosqichlaridagi nutqni solishtirish uchun xizmat qiladi va ishning samaradorligini
oshiradi.
Diafilm, kinofilmlardan tovushlarni nutqda mustahkamlash, hikoya, suhbat
qilish jarayonida bog’langan va tushunarli nutq ko`nikmalarini rivojlantirish,
duduqlanishni bartaraf etishda foydalaniladi.
Logopedik ishda
og’zaki metodlardan bolaning yosh xususiyatlari, nutqiy
nuqson tuzilishi, korreksion ta’sirning maqsadi, vazifasi, bosqichini xisobga olgan
holda foydalaniladi.
Logopedik ta’sir quyidagi shakllarda amalga oshirilganda: frontal, guruxli,
individual mashg’ulotlar va dars natija ko`ngildagidek bo`ladi..
Dostları ilə paylaş: