Kurs ishi fan



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/43
tarix29.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104904
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Amaliy metodlar:  mashqlar, o`yin va modellashtirishlar kiritiladi.
Mashqlar - bu berilgan amaliy va aqliy harakatlarning ma’lum ketmaketlikda 
bola tomonidan takrorlanishidir. Artikulyasion mashqlarni sistemali ravishda bajarib 
turish, tovushni nutqka qo`yish va to`g’ri talaffuz etish uchun zamin tayyorlaydi. 
Mashqlar taqlidiy-bajariluvchi, konstruktiv va ijodiy turlarga bo`linadi.
O`yin metodi o`yin faoliyatini boshqa usullar: namoyish qilish, tushuntirish, 
savollar bilan birgalikda olib borishni nazarda tutiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan turli xil o`yinlar olib boriladi: ashulali, 
didaktik, harakatli, ijodiy, saxnalashtirilgan va x.k. Modellashtirish - bu modellarni 
yaratish, kullash va obektlarin tuzilishi haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga 
mo`ljallangan jarayondir.
Ulardan samarali foydalanish kuyidagi sharoitlarga bog’liq:
- model obektning xususiyatlarini aks ettiruvchi bo`lishi kerak:
- ma’lum yoshdagi bolaning idrok qilishi uchun mos bo`lishi kerak;
- bilim, ko`nikma va malakalarni egallash jarayonini engillashtirishi zarur.


74
Ko`rgazmali metodlar - bu bilim ko`nikma va malakalarni egallashda 
kurgazmali kurollar va texnik vositalar yordamida beriladigan ma’lumotlardir.
Kurgazmali metodlarga kuzatish, rasmlarni ko`rish, maketlar, diafilm, 
kinofilmlarni ko`rish, plastinka, magnitafonlarni eshitish, hamda topshirik 
namunasini, harakat usulini kursatish kabilar kiradi.
Kuzatish - rasm, artikulyasion profil, maket, artikulyasion tovush, mashqlarni 
kullash va kursatish bilan bog’liq.
Aytib o`tilgan qo`llanmalardan foydalanish, bolalar tasavvurini kengaytirish, 
bilish faoliyatini rivojlantirish va logopedik ishning samaradorligini oshirish 
imkonini beradi.
Magnitovon, plastinkadagi ovozlarni takrorlash. Bolalarning nutqi yozilgan 
magnitafon lentalari tahlil qilish, nuqsonlarni ajratib olish, korreksion ish 
bosqichlaridagi nutqni solishtirish uchun xizmat qiladi va ishning samaradorligini 
oshiradi.
Diafilm, kinofilmlardan tovushlarni nutqda mustahkamlash, hikoya, suhbat 
qilish jarayonida bog’langan va tushunarli nutq ko`nikmalarini rivojlantirish, 
duduqlanishni bartaraf etishda foydalaniladi.
Logopedik ishda og’zaki metodlardan bolaning yosh xususiyatlari, nutqiy 
nuqson tuzilishi, korreksion ta’sirning maqsadi, vazifasi, bosqichini xisobga olgan 
holda foydalaniladi.
Logopedik ta’sir quyidagi shakllarda amalga oshirilganda: frontal, guruxli, 
individual mashg’ulotlar va dars natija ko`ngildagidek bo`ladi..

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin