Kurs ishi fan



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/43
tarix29.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104904
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Psixoterapiya duduqlanishni davolash ko`lamida muhim o`rin egallaydi. 
Psixoterapiyaning asosiy vazifasi — duduqlanuvchining ruhini sog’lomlashtirishdan 
iborat bo`lib, u 1) mukammal shaxsni kamol toptirish; 2) o`z nuqsoni va sosial 
muhitga nisbatan sog’lom qarashlarni tarbiyalash; 3) kichik sosial muhitga ta’sir 
ko`rsatish orqali amalga oshiriladi. Zamonaviy psixoterapiyada so`z orqali ta’sir 
etishning ikkita asosiy turi bor: 1) okilona (Dyubua bo`yicha) yoki tushuntiruvchi 
(V. M. Bexterev bo`yicha) psixoterapiya; 2) suggestiv terapiya, bunda bedor xolida, 


75
uyquda ishontirish (gipnoz) ni va o`z-o`zini ishontirish (autogen mashqi) ni ajratib 
ko`rsatiladi.
Bundan tashqari ota –onalar bilan ishlash, mustag’kam aloqa o`rnatish, logoped 
tomonidan berilgan topshiriqlarni uyda takrorlanishiga e’tibor qaratish ishlari ham 
to`g’ri tashkillashtirilishi kerak. Logoped ish faoliyatida didaktik o`yinlar, harakatli 
o`yinlar, so`z o`yinlaridan unumli foydalanish, xalq og’zaki ijodi namunalarini ish 
faoliyatimizda unumli qo`llash ham bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini 
bartaraf etishga yordam beradi.
Olib borilgan tadqiqotlar asosida biz quyidagi tavsiyalarni ishlab 
chiqdik:  
1. Bolalarda uchrayligan nutq kamchiliklari ustida ishlash jarayonida nutq 
buzilishlarining diagnostikasi metodlarini ishlab chiqishi muxum ekan. Shuning 
uchun ta`lim-tarbiya soxasida faoliyat olib borayotgan barcha shaxslar bolalar ta’lim 
- tarbiyasiga o`z hissalarini qo`shsalar barkomol avlaod taraqqiyotiga hissa qoshgan 
bo`lar edilar.
2. Nutq kamchiliklarini kelib chiqish sabablari, mexanizmlari va tuzilishi, 
alomatlarini aniqlash, bu masala yuzasidan ota – onalar bilan tushuntirish ishlari olib 
borilsa foydali natijalar beradi.
3. Nutq buzilishini bartaraf
etish prinsiplari, differensiyalashgan 
metodlarini va vositalarini ishlab chiqish, nutq buzilishlarini oldini olish metodlarini 
takomillashtirish va
aholiga
logopedik yordamni to`g’ri 
tashkillashtirish yuzasidan yordamni tashkil etish muxum va shart.
Defektolog – logopedlarning metodik maxorati oshirilsa, yangi pedagogik
texnologiyalar bilan qurollantirilsa
aholi o`rtasida
uchraydigan
nutq 
kamchiliklarini bartaraf qilishda katta yutuqqa erishiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak nutq kamchiliklarini bartaraf etishda qulay 
va samarali usullardan foydalanishning axamiyati katta ekan. Biz bo`lg’usi 
defektolog – logopedlar sifatida hamda barkamol avlod tarbiyachisi sifatida buni 
yaxshi bilmog’imiz va tarbiyaviy ish jarayonini va o`qitishni shu asosda tashkil 
etishni o`rganmog’miz lozim.


76

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin