Kurs ishi fan



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/43
tarix29.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104904
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
  
  
ILOVA
“K” TOVUSHINI NUTQQA KIRITISH YO`LLARI  
Bolalar nutqidagi tovushlar talaffuzining buzilishi tovushlarning nutqda 
yo`qligi, ularni buzib talaffuz etish va bir-biri bilan almashtirish hollari bilan 
namoyon bo`ladi. Shuning uchun ham “arra” so`zi o`rniga “ayya”, “lagan” so`zi 
o`rniga “agan”, “sumka” so`zi o`rniga “fumka”, “sholg’om” so`zi o`rniga, 
“solg’om”, “choynak” so`zi o`rniga “toynak”, “kabutar” so`zi o`rniga “abutar”, 
“gul” so`zi o`rniga “dul” deb noto`g’ri talaffuz etish hollari ko`plab uchrab turadi.
Ayniqsa til orqa va chuqur til orqa tovushlaridan “K” tovushini to`g’ri talaffuz qila 
olmaslik ko`p kuzatiladi. Bolalar nutqidagi bu nuqson kappatsizm deb 
ataladi.Boladagi bu nuqsonni o`z vaqtida bartaraf etishdan avval ularning nutq 
apparati – lab, til, tishlar tuzilishi va jag’lar harakatchanligi holati tekshirib ko`riladi. 
So`ngra tovushlarni talaffuz etish holatlari tekshirilib, bola talaffuz etolmagan 
tovushlar aniqlanadi. Shuningdek, bolani ko`rish darajasi va eshitish holati ham 
o`rganiladi. Mavjud kamchiliklar ma’lum bo`lgach, u bilan olib boriladigan 
mashg’ulot rejasi tuziladi. Har qanday nutq nuqsonni bartaraf qilish artikulyatsiya 
mashqlaridan boshlansa maqsadga muvofiqdir. Negaki tovushlarning to`g’ri talaffuz 
qilinishi artikulyatsiyaning harakatchanligiga bog’liq.
Shuning uchun ham birinchi mashg’ulotni artikulyatsion mashqlardan boshlaymiz.
Lab mashqlari. Yuqori labni “tarash” mashqida lab imkoni boricha ikki yonga 
tortilgan holda ichkariga qaytariladi, jag’ biroz oldinga harakat qilib pastki tishlar 
qatori bilan yuqoriga “taray” boshlanadi, so`ngra labni og’iz atrofida o`ng va chap 
tomonga 10 martadan aylantirib yalash kerak, bu mashqlar bir necha marta 
takrorlanadi.
Til mashqlari. Tilni aylantirish mashqida lablar yumuq holda bo`lib, til uchi 
tishlar bo`ylab avval bir tomonga, so`ngra qarama-qarshi tomonga harakat 
qildiriladi. Bu mashqda tishni tozalash holati bajariladi. Tilni tishlash mashqida tilni 
tepa va pastki tishlar orasiga olib, uni bir necha bor tishlanadi.


77
  Jag’ mashqlari. Jag’ni oldinga harakat qildirish mashqida jag’ biroz pastga 
tushirilib oldinga va orqaga qarab harakat qildiriladi. Jag’ni ikki yonga harakat 
qildirish mashqida yuqoridagi mashq holatida jag’ni ikki yonga shoshilmay harakat 
qildirish lozim. Mashq bir necha marta takrorlanadi.
Endi bolada “K” tovushining to`g’ri artikulyatsiya profili bilan tanishtiramiz.
Tilning orqa qismi yumshoq tanglay tomon yoysimon shaklda ko`tarilib, 
pastki tishlarga tegib turadi. Qattiq tanglay bilan tilning o`rta qismi orasidagi masofa 
torayadi. Shu masofadan siqilib, kuch bilan yorib chiqqan havo “K” undosh 
tovushini hosil qiladi.
Biz bolaning nutqida yo`q “K” tovushini hosil qilishda bolaga “ta-ta-ta” 
bo`g’inini aytishni taklif etamiz, shu vaqtning o`zida maxsus zont yordamida tilning 
uchi bosilib, orqaga biroz itariladi.Bunda logopedik zont va shpateldan 
foydalaniladi. Bordiyu logopedik zont va shpatel bo`lmagan vaqtda gigienaga rioya 
qilgan holda qo`l barmoqlari yoki paxta o`ralgan gugurt cho`pidan foydalanish 
mumkin.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin