78
1. Qaysi qizning ismida “K” tovushi bor?
2. Qaysi parrandaning nomida “K” tovushi bor?
3. Qaysi hayvon nomida “K” tovushi bor?
4. Qaysi idishning nomida “K” tovushi bor?
5. Qaysi kiyimning nomida “K” tovushi bor?
6. Qaysi sabzavotning nomida “K” tovushi bor? Tikuvchi nima tikadi?
Darsga kirish uchun nima chalinadi?
Un nimada elanadi?
Tez aytish
Ariq labida
besh terak,
Besh terakka suv kerak.
To`p-to`p ko`k koptok, Har
to`p ko`k koptokda
Bittadan katta ko`k koptok.
“K” tovushi ishtirok etgan gaplarni to`g’ri takrorlash orqali mustahkamlash
Kungaboqar ajoyib o`simlik.
Kunga boqar quyosh harakati bo`ylab harakat qiladi. Shuning uchun uni
kungaboqar, kungaboqar, kun bo`lmasa
kimga boqar, deyishadi.
“Nima qanday qichqiradi?”
degan
hikoya orqali “K” tovushining to`g’ri talaffuzini aniqlash.
Bu
mashg’ulotning maqsadi – tovushlarga taqlid qilish orqali “K” tovushini aniq va
to`g’ri talaffuz etish.
Mashg’ulotga ovoz chiqaradigan o`yinchoqlarni (tovuq, xo`roz, kakku, qurbaqa)
va boshqa o`yinchoqlar tayyorlab qo`yiladi. Bunda
bolalarga qarata shunday
deyiladi.
79
Bolalar, esingizdami, biz sizlar bilan hayvonot bog’iga sayrga borgan edik. Yo`lda
borayotganimizda, katta poliz yonidan chiqib qoldik. Sizlar chumchuqlarni qanday
haydab yuborgan edingizlar? (“Kish-kish”).
Biz hayvonot bog’iga etib bordik. U er juda ham chiroyli edi. Birdaniga kakku
sayray boshladi: “Ku-ku, ku-ku, ku-ku”.
Kakku qanday sayraydi? (“Ku-ku, ku-ku, ku-ku”).
Biz hayvonot bog’ida uy va yovvoyi hayvonlar bilan tanishdik. Qaytishda anhor
bo`yidan o`tdik u erda qurbaqaning “kva-kva-kva” degan ovozini eshitdik.
Qurbaqa qanday qurillar ekan? (“Kva-kva ”).
So`ngra bolalardan predmetli rasmlar orasidan kakku va qurbaqa rasmini topib
ko`rsatishlari so`raladi.
Shuni unutmaslik lozimki, agar bog’cha yoshdagi bola bilan 1-2 yil muntazam
ravishda individual va frontal (chuqur) ish olib borilsa, ammo uning nutqida hech
qanday o`zgarish bo`lmasa, tovushlarni noto`g’ri talaffuz etsa,
unda buning
sabablarini aniqlash uchun logoped (mutaxassis)ga murojaat etish lozim.
Dostları ilə paylaş: