54
Bosh barmoq bilan ko`rsatgich barmoq birlash. Teshi)
Teshikchadan par chiqar
(Par chiqarda qo`llar harakatlanib yuqoriga
ko`taril).
O`yin inson faoliyatining ko`rinishlaridan biridir. Tadqiqotchilar o`yinning
qadrini bola xulqini shakllantirishdagi kishining muomala chog’idagi xatti –
harakatini aniqlab olishdagi ahamiyatini ta’kidladilar. O`yin bola hayotining uzviy
qismidir. Bolalarning o`yin dunyosi boy va xilma – xildir.
Nutq kamchiligiga ega
bo`lgan bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarda o`yin usullari hamda
elementlaridan foydalanish samarali natija beradi va shu sababdan keng qo`llaniladi.
Shu sababli o`yin faoliyatidan keng foydalanish orqali bolaga har tomonlama ta’sir
etish mumkin. O`yin bolaning aqliy rivojlanish vositasidir. O`yin vaqtida xilma –
xil aqliy jarayonlar faollashadi, o`yinning vazifa va shartlari esa diqqatni to`plash,
analizatorlarni farqlash, taqqoslash, umumlashtirish jarayonlarining faollashuvini
talab etadi. Bir xildagi harakat va so`zlarning ko`p takrorlanishi bola ongida narsa
va hodisalar haqidagi mustahkam bog’lanishlar hosil qiladi, muayyan fikr, xatti –
harakatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
“O`yin – sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o`t oldiruvchi uchqundir”, degan
edi V. A. Suxomlinskiy.
O`yin bolalarning har tomonlama kamol topishida kata ahamiyatga ega bo`lib,
o`yin vaqtida bolalarning sezgi, idrok, tafakkur, hayol, xotira, diqqat, iroda, xissiyot
va boshqa ruhiy jarayonlari ishtirok etadi. O`yinlar bolalarning
aqliy faoliyatini
o`stirishga, ularning fikriy tashabbuskorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bolalarning xis tuyg’ularini shakllantirishga, ayniqsa, ularning sezgi a’zolari
(ko`rish, sezish, tinglash va .b) faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Didaktik
o`yinlar xilma – xil materialllar asosida tashkil qilinadi. Masalan: qo`g’irchoqlar,
o`yinchoqlar, rang – barang rasm va kartochkalar, turli geometrik shakllar,
tabiiy
materiallar shular jumlasidandir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarda didaktik
o`yinlarning ag’amiyati katta, bu o`yinlarni keng qo`llash bola tafakkuri, idroki,
55
zehni, xotirasi, irodasi, bilim olishga bo`lgan qiziqishi va ehtiyojining rivojlanishiga
ijobiy ta’sir ko`rsatadi. Bolada atrof olamni bilishga bo`lgan qiziqish ortadi,
ziyrakligi, ixtiyoriy diqqati, topqirligi tashabbuskorligi mustahkamlanadi. Bolalarda
o`yin orqali, kattalarning xatti – harakati orqali voqe’likka munosabat shakllanadi,
dunyoqarash, aqliy, axloqiy va jismoniy tomondan tarbiyalanadilar. O`yinlar o`z
mazmuniga ko`ra bir necha turlarga bo`linadi: Didaktik o`yinlar; dramalashtirilgan
o`yinlar; syujetli – roli; harakatli o`yinlar.
Didaktik o`yinlarda bolalarning aqliy jixatdan o`stirish uchun kerakli bo`lgan
muhim sifatlar hosil bo`ladi. O`yinlar bolalarning yoshiga va ruhiy rivojlanishiga
qarab tanlanadi. Ta’limiy o`yinlar
orqali bolada mustaqillik, faollik, ijodkorlik
masalaga ongli yondoshish malakasi o`stirib boriladi. O`yin ko`rgazmalilik,
oddiydan murakkabga o`tish usullari orqali olib boriladi. Tarbiyachi va logopedlar
ta’limiy o`yinlarni o`tkazish davomida bola harakatini faollashtiradi, mustaqil
harakat qilish
qobiliyatini shakllantiradi, o`yindan to`g’ri foydalanilsa bolaning
tafakkuri, nutqi, xotirasi ya’ni, aqliy tarbiyasiga asos solinadi. Ta’limiy o`yinlar
orqali bolalar eshitish, ko`rish, sezish a’zolari orqali turli narsalar va ularni yasashda
ishlatiladigin materiallarning xossalarini, ularni bir
- biriga taqqoslashni, guruhlarga ajratishni o`rganadilar. Ta’limiy o`yinlar
guruhlarda quyidagi xilda o`tkaziladi.
O`yinchoqlar bilan o`ynaladigan o`yinlar-"Ayiqlarga nima kerak?", "Jajji
oyoqchalarimiz", "Zumrad uchun ko`ylaklar" .
Stol ustiga qo`yib o`ynaladigan o`yinlar- "Nima qaerda yuradi?", "Men
aytgan narsani ko`rsat", "Kimning qo`lida nima bor?".
Og’zaki usuldagi
ta’limiy
o`yinlar-
"Qo`g’irchoq
Lolaxonni
cho`miltiramiz", "Qo`g’irchoq Lolaxon mehmonga keldi", "Ajoyib xaltacha",
"Shaklini top", "Rangini top" kabi o`yinlar kiradi.
Eshitish va ko`rish a’zolarini faollashtirish uchun "Xilini top", "Qaysi
daraxtning mevasi?", "Nimaning pati", "Mevasini top", "Onasini top", "Mevalar va
barglar", "Domino", "Yovvoyi va uy xayvonlari", "Ishlash uchun nima zarur", "Bu
uychada kanday xayvon yashaydi","Bu kim yoki nima?" singari O`yinlardan
56
foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu o`yinlar
orqali bolalarda meva va
sabzavotlar, hayvonlar va parrandalar, yil fasllari, kiyim - kechak va boshkalar, kabi
tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, ko`rish va eshitish,
esda saqlab qolish
xususiyatlari rivojlantirilib boriladi. Katta guruhlarda o`ynaladigan "Ayting biz
topamiz", "Topgan topag’on", "Oshqovoq pishdi", "Loy o`yini", "Bog’bonlar"
o`yinlari orqali bolalarda mehnatga muhabbat ruhi tarbiyalanib boradi.
Mazkur o`yin jarayonida nutq muhim ahamiyat kasb etadi: u orqali bolalar fikr,
his tuyg’u va kechinmalar bilan almashinishadi, o`zaro do`stona munosabatlar
o`rnatishadi. Nutq bolalarga tevarak – atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xil
munosabatda bo`lishga yordam beradi. Nutqida nuqsoni bo`lgan bolalar Bilan olib
boriladigan didaktik o`yinlar so`z
va gaplarni tahlil qilishga, so`zlarda tovush va
harflarning o`rnini aniqlash, jumlalarni to`g’ri tuzishga o`rgatadi. Quyida bolalar
bilan tarbiyaviy mashg’ulotlarda, oila sharoitida, o`yin faoliyatida olib boriladigan
didaktik o`yinlardan misollar keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: