Kurs ishi fan



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/43
tarix29.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104904
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Tashxis.  
Logoped har bir bolaga individual yondoshgan holda, kompleks tashxis 
o`tkazishga puxta tayyorlanadi. Olingan ma’lumotlar nutq xaritasiga kirgiziladi. 
Turli faoliyat jarayonlarida aniqlangan o`zgarishlar doimiy nutq xaritasida belgilab 
boriladi.
Logoped bolalar ishini tahlil qilish orqali mayda qo`l motorikasi, qog’ozda 
mo`ljal olish, diqqat, xotira, idrok, tafakkur va leksik mavzularni bilish darajasi 
haqida ma’lumotga ega bo`ladi. Olingan natijalar asosida bolalarni guruxlarga 
ajratadi va individual holda mashg’ulotlar o`tkazish uchun uslubiy rejalarini to`zib 
chiqadi.
O`rtadagi o`zaro samimiy muloqat o`ziga ishonmaslik, tortinchoqlikni engib 
o`tishda bolaga yordam beradi. Gurux va Yangi joyga moslashish jarayonida bola 
o`zini xotirjam his qilishida logoped ko`magi va yondoshuvi o`ziga xos ahamiyat 
kasb etadi. Ta’limiy shakldagi mashg’ulot – o`yin bolani yangi faoliyatga o`tish 
uchun tayyorlaydi. Jumladan, guruh bilan ishlash chog’ida tanlangan mavzu sir 
tutiladi, toki, bola u yoki bu topshiriqni bajarish jarayonida mustaqil ravishda 
mashg’ulot mazmunini bilib olsin. Masalan, logoped kaftidagi ko`k doirani topish 
va qaerdaligini eslab qolish.


48
Bolalar ko`k doirani yig’ishtirib olishadi va ular joyini aytib berishadi: stol 
ustida, stul tagida, stakan ichida, devor yoki doskaga osilgan. Endi logoped 
ko`zlarini yumgan holad, ko`k doira qaerda yotganini so`z orqali bilishni taklif etadi 
va “s” tovushini cho`zib, “sochiq”, “ sovun”.
Savol: so`zda qanday tovush ko`proq eshitilayapti?
Javob: “S” tovushi.
Logoped: Bugun qaysi tovush Bilan tanishar ekanmiz?
Javob: “S” tovushi bilan tanishamiz.
Logoped mashg’ulot boshida tashkil etgan jarayon bolalar bugun qaysi tovush 
Bilan tanishlarini mustaqil aniqlashga yordam beradi. Bolalar uchun eng qiziqarli, 
yoqimli mashg’ulot jamoa bo`lib o`tkaziladigan mashg’ulotdir. Unda faqatgina 
bolalar emas, balki, o`qituvchi – logoped, pedagog, musiqa raxbari va psixologlar 
ham ishtirok etadilar. Har bir murabbiy o`z guruhi uchun o`yin, topshiriq
boshqotirma, rebus, sxemalar tayyorlaydi. Ayniqsa, magnitli tasma yozuvlari va 
video materiallardan unumli foydalanish mashg’ulot ta’sirchanligini oshiradi, uning 
hayotiy va jonli bo`lishini ta’minlaydi. Natijada bolalarda ta’limga nisbatan qiziqish 
yanada ortadi, ular o`zlari qaysi topshiriqlar e’tiborga molik ekanligini ayta 
boshlashadi. Jamoaviy mashg’ulotlar umulashtiruvchi ahamiyat kasb etib, ularda 
bolalar muayyan vaqt davomida egallagan bilim va malakalarini namoyish etadilar.
E’tiborli joyi shundaki, bolalar amaliy mashg’ulotlarni judayam sevadilar. 
Chunki ular bu xil muloqot – bahslarning turli jarayonlarida bevosita qatnashadilar. 
Masalan, “ Mevalar” mavzusi bilan tanishar ekan, mavjud mevalarni totib ko`rishib, 
sal yanglishib bo`lsa ham murabbo, sharbat tayyorlash texnologiyasini izohlab 
beradilar.
Logoped har bir mashg’ulotda amliyotdan foydalanadi va hamkorlikda sharbat 
tayyorlashga kirishadi. Maxsus chizma – jadval asosida tayyorlagan sharbat ketma 
– ketlikda hikoyalar tuzishga yordam beradi. Faoliyatning bu turini turli leksik 
mavzu bo`yicha qo`llash yaxshi samara beradi.


49
Individual ish: bolalar artikulyasion apparatini rivojlantirish, tovushlarni so`z 
va jumlalarga joylashtirish, avtomatizasiya va differensiyalash.
Logoped bola oldida doimo mashqlarni qiziqarli bajarish uchun harakat qilish 
vazifasi turadi. Binobarin, har bir bolaning o`z daftari bo`lib, bu daftarga o`qituvchi 
– logoped oldindan uch – to`rt topshiriq yozib qo`yadi. Bu topshiriqlarbolaning 
ko`rish layoqati, xotirasi, diqqati, logik tafakko`rini, tasavvuri va o`quv mlakasini 
rivojlantirishga yo`naltirilgan bo`ladi. Topshiriq bola yoshi, qiziqishi va qobiliyatiga 
qarab beriladi. Masalan, o`ylab ko`r, “NON” so`zini qanday qilib “KON” so`ziga 
aylantirsa bo`ladi?
O`yin sharti: har bir so`zda faqat bitta tovush almashadi va yangi so`z hosil 
bo`ladi, toki “kon ”so`ziga aylanmaguncha logoped individual mashg’ulotni olib 
borishda asosiy faoliyatni turi o`yin ekanligini hisobga olish shart.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin