44
nutqning leksik va grammatik birliklarini bir vaqtda rivojlantirishni nazarda tutgan
xolda tanlanadi.
Talaffuzni shakllantirish ishi yakka tartibdagi (guruhli va frontal)
mashg’ulotlarda amalga oshiriladi. Bo`lim bo`yicha tuzatuvchi ta’limning vazifalari
bolalarda til doirasida kuzatish va umumlashtirish qobiliyatini rivojlantirish,
o`zlashtirilgan leksik va grammatik materialni bog’langan nutqning turli
ko`rinishlarida amaliy qo`llash malakasini kengaytirishdan iboratdir.
Leksik-grammatik mashqlar bolalar tomonidan to`g’ri talaffuz qilinadigan
material asosida o`tkaziladi, bu materialning tovush tarkibiga mustahkamlash
bosqichidagi to`g’rilangan tovushlar kiradi. So`zning asosiy qismini eshitish, ajratish
va to`g’ri talaffuz qila bilish tilni kuzatishni rivojlantiradi, keyinchalik nutqni
mustaqil takomillashtirish uchun sharoit yaratadi.
Bolalar lug’atini boyitish va aniqlashtirish bo`yicha asosiy ishni tarbiyachi olib
boradi. Nutq o`stirish bo`yicha ishni logoped davom ettiradi va faoliyatini
chuqurlashtirib boradi, bunda u o`z oldiga quyidagi:
-
bolalar lug’atini kengaytirish;
-
ularning diqqatini so`zlarning ma’nosiga va so`z tuzishning ba’zi usullariga
jalb etish;
-
bor lug’atini tahlil qilish kabi vazifalarni qo`yadi.
Eshituv diqqatini rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: