40
munosabatiga bog’liqligi, ota-onaning jamiyat oldida mas’ul ekanligi,
davlatimizning qator qonun va qarorlarida qayd etilgan. Nutqida nuqsoni bor bolalar
bilan ham o`z vaqtida to`g’ri tashkillashtirilgan ta’lim – tarbiya ishlari bolalar
rivojlanishiga o`z ta’sirini ko`rsatadi.
Fonetik-fonematik nutq kamchiligi - bu tovushlarni
talaffuz etish va idrok
qilish jarayonidagi kamchiliklar natijasida bolalarda ona-tilidagi tovushlarni talaffuz
qilish tizimi shakllanishining buzilishidar.
Nutqi fonetik-fonematik tomondan rivojlanmagan 3 – 4 - 5 yoshli bolalar
normal eshituvchi va normal intellektli, nutqi va bunda nutqning tovush tomonining
shakllanmaganligi asosiy o`rin egallaydi. Bu bolalar uchun fonematik idrokning
shakllanish jerayonining tugallanmaganligi xosdir.
Nutq kamchiliklari tovushlarni noto`g’ri talaffuz
qilish bilan chegaralanib
qolmay, shuningdek tovushlarni etarli farqlamaslik va so`zni tovush tomondan
analiz qilishdagi qiyinchiliklar uchraydi.
Bunday nutq kamchiligida nutqning idrok va talaffuz qilish nuqsonlariga asoslangan
fonetik-fonematik tomonining buzilishi birinchi o`rinda turadi. Shu bilan birga ba’zi
bolalarda leksik-grammatik taraqqiyotida qo`pol ifodalanmagan orqada qolishi ham
kuzatilishi mumkin. Bu toifadagi bolalarga xos xususiyat Artikulyasion yoki akustik
belgilariga ko`ra farq qiladigant ovushlarning shakllanish jarayonining
tugallanmaganligi bo`ladi. Bu xolda bola nutqida differensiasiyalanmagan tovushlar
bo`lishi,
tovushlarni almashtirish, nutqda ularni to`g’ri qo`llamasliq ko`plab
tovushlarni buzib talaffuz qilish, shuningdeq tovushlarni eshitishga ko`ra etarli
farqlamaslik kuzatiladi.
Shunday qilib,
fonetik-fonematik rivojlanmaganlik guruhiga kiruvchi
bolalarning og’zaki nutqida quyidagi talaffuz kamchiliklari kuzatiladi:
a) tovushlarni artikulyasion jihatdan oson bo`lgan tovushlarga almashtirish;
b) bir yoki bir nechta tovushni buzib talaffuz qilish;
v) bir yoki bir nechta tovushning yo`qligi;
Fonematik
Dostları ilə paylaş: