41
a) fonemalarni o`z nutqi va boshkalar nutqidaaniq farqlamaslik (birinchi
navbatda
jarangli-jarangsiz, sirg’aluvchi-shovqinli, shovqinli-affrikat tovushlar);
b) tovushlarni oddiy analiz va sintez qilishga tayyor emaslik;
v) nutqning tovush tarkibini analiz qilishdagi
qiyinchiliklar;
Ko`pincha tovushlarni noto`g’ri talaffuz va idrok qilish bilan birga ko`p
bo`g’inli so`z va so`z birikmalarini talaffuz qilishda qiyinchiliklar kuzatiladi.
Logopedik-rivojlantiruvchi
ishlariniig
asosiy
yo`nalishlari
korreksion
maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’limning nutq kamchiliklariga ega bo`lgan
bolalarni tarbiyalash bolalar bog’chasi tarbiya dasturiga muvofiq tashkil qilinadi.
Fonetik-fonematik nutq kamchiligiga ega bo`lgan besh yoshli bolalar dasturda
ommaviy tipdagi maktabgacha tarbiya muassasalarning
maktabga tayyorlov
guruhlariga mo`ljallangan bilim, ko`nikma va malakalar hajmini o`zlashtirishlari
keraq
Fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmagan bolalar guruxlariga olib kelingan
bolalar 9 oy ichida umumtalim maktabida muvaffaqiyatli
bilim olish uchun zarur
bo`lgan asosiy topshiriqlar, ko`nikma va malakalar hajmini o`zlashtirib
olishlari
lozim.
Nutq faoliyatining ayrim tomonlarini rivojlantirishga qo`yiladigan talablarni
aniqlash maksadida quyidagi maxsus ishlar amalga oshiriladi:
talaffuz va fonematik idrokni shakllantirish; atrof-muhit
bilan tanishtirish va nutq o`stirish.
Tuzatuvchi ta’limning maqsadi: bolalarda umumiy va nutq nuqsonini tuzatish
hamda bolalarning nutqiy faoliyatini rivojlantirishga yo`naltirilgan
maxsus
logopedik metod va usullarni qo`llash bilan bolaning yoshiga muvofiq lug’at boyligi
va mustaqil nutq bilan birga to`g’ri, aniq ravon nutqni tarbiyalashdan iboratdir.
Logopedik ish talaffuz malakalarini shakllantirish,
fonematik idrokni, tovushlar
analizi va sintezi malakalarini rivojlantirish yo`nalishlari bo`yicha olib boriladi.
Tuzatilgan nutqiy material ustida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
42
- bolalarda so`zning morfologik tarkibiga va so`zlarning o`zgarishiga
e’tiborni jalb etish hamda so`zlarning gapda bog’lanishini rivojlantirish;
- bolalarda oddiy yoyiq va qo`shma gaplarni to`g’ri tuzish,
nutqda turli
konstruksiyadagi gaplarni egallash;
- ko`nikmalarini tarbiyalash;
- nutqni rivojlantirish;
- lug’atni boyitish;
- talaffuzni to`g’rilash asosida savodga tayyorlash.
Tarbiyachi olib boradigan mashg’ulotlarda bolalarning atrofdagi predmetlar va
hodisalar haqidagi tasavvurlar hosil qilish va ularni tizimlashtirish, tabiiy va ijtimoiy
hodisalar bilan tanishtirish bilan bir vaqtda bolalarning lug’at boyligi kengaytiriladi,
so`zlashuv va tasviriy, hikoya nutqi rivojlantiriladi.
Shunday qilib, bolalar nutqi turli yo`llar
bilan rivojlantirib boriladi, lekin bir
maksadni -ta’lim va tarbiya berish jarayonida bolalarning
nutqiy taraqqiyotidagi
kamchiliklarini yo`qotish va uni maktabda ko`nikma va malakalar olishga
tayyorlashni ko`zda tutadi.
Dostları ilə paylaş: