Kurs ishi fan


Nutqdan tashqari bo`lgan motorikani tekshirish



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/43
tarix29.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#104904
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Nutqdan tashqari bo`lgan motorikani tekshirish  
Logoped bolaga so`z qoidalarini va taqlid bo`yicha quyidagi vazifalarni 
bajarishni taklif qiladi:
- vazifa bo`yicha ikkala oyoqda yoki bir oyoqda yugurish, sakrash;
- yurish, yugurish, sakrashda ogoxlantirish bo`yicha to`xtash;
- bir oyoqda, so`ng ikkinchi oyoqda sanoq ostida turish;
- logopedga koptokni otish va uni ilib olish;
- polda yotgan «xalqa» ichiga ikkala oyoq uchida sakrab kirish va undan 
sakrab chiqish;
- bayroqchalarni ushlagan holda qo`lni quyidagi buyruqlarga amal qilib 
harakatlantirish: oldinga, orqaga, yuqoriga, pastga;
- cho`kkalab o`tirgan holda polda koptokni u ko`ldan bu ko`lga yumalatish, 
so`ngra koptokni ko`tarib, o`rindan turish;
- yugurish vaqtida koptokni otish va ilib olish;
- lentani tugun qilib, so`ng « bantik» qilib bog’lash va boshqalar.
Bola motorikasini tekshirish natijasida logoped quyidagi ma’lumotlarni 
oladi: oyoq, qo`llar muvofiqligi (to`g’ri, noto`g’ri, umuman yo`q); tana 
muvozanatini sezish, bolaning o`z gavdasini to`tishi, harakatlarni bajarish darajasi 
(to`liq, noto`liq); bir harakatdan ikkinchi harakatga o`tishi (o`z vaqtida, 
sekinlashgan, yo`q harakatlarni bajarish mustaqilligi (tuliu yoki logoped 
yordamida); chapaqaylik, yuz harakatlari me’yorda, samimiy va yuz naylarining 


27
giperkineziyasi, sinkeziyasi, ya’ni asosiy harakatlar bilan birga bajariladigan 
qo`shimcha harakatlar - bir oz yaqqol ifodalangan.
Bolaning motor faolitini tekshirish natijalarini quyidagi parametrlar 
bo`yicha umumlashtiramiz.
Me’yorli motorika  
- harakatlarning statik muvofiqlashuvi shakllangan: topshiriq bo`yicha 
yoki erkin ravishda kerakli holatni aniq belgilay oladi;
- harakatlarinng dinamik muvofiqlashuvi shakllangan:
harakatlar aniq, ishonch bilan bajariladi, motor faolligining turli xil 
ko`rinishlari bilan o`zaro bog’langan (yugurish, sakrash, chapak chalishda);
- ko`l barmoqlari va mayda ko`l harakatlari to`la shakllangan: yuz 
ishoralari ifodali va emosional.
Motor harakatlari buzilishlariga quyidagilar kiradi:
- harakatning haddan
tashqari
faolligi,
qo`zg’aluvchanlik va 
muvofiqlashmagan harakatlarning bo`lishi;
- motor zo`riqishi, harakatlarning cheklanganligi va muvofiqlashmagan 
harakatlar, harakatlarning beso`naqay va sustligi;
- yuzdagi samimiylikning bir oz yoki yaqqol ifodalanganligi, panja 
barmoqlari va mayda ko`l harakatlarining etarli rivojlanmaganligi.
Artikulyasion apparatni tekshirish metodikasiga
asosan 
tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarning sababi bo`lgan artikulyasion a’zolar 
to`zilishida yaqqol ifodalangan to`zilishda quyidagilarga e’tibor beriladi:
Lab:(qalin, yupka, yuqori labning kalta bo`lishi, labdagi yoriqliklar);
Til:(makroglossiya, tilning ingichka bo`lishi, til tagidagi yuganchaning kalta 
bo`lishi);
Jag’: (progeniya, prognatiya);
Tishlar: (yo`q bo`lishi, orasi ochiq bo`lishi, yon ochiq tishlar);
Qattiq tanglay: (baland, yassi, tor va yoriqlar bo`lishi); 
Yumshoq tanglay: (kalta, ikkiga bo`lingan, yo`q bo`lishi); 
Artikulyasion apparat to`zilishini baxolash me’yori:


28

Artikulyasion apparatning me’yorda bo`lishi;

Artikulyasion
apparat
to`zilishida kamchiliklar
buzilishlarning bo`lishi.
So`ngra Artikulyasion apparat harakatchanligi tekshiriladi.
Bunda lab, pastki jag’, til, yumshoq tanglay mashqlaridan foydalaniladi.
Masalan, lab mashqlari: ko`lgi holatiga keltirish - tinch holat; oldingi 
chuchchaytirish - tinch holat; ko`lgi holatiga keltirish, oldinga chuchchaytirish - 
tinch holat.
Pastki jag’ uchun mashqlar: og’izni katta ochish, og’izni ochiq holda bir, 
ikki (6 sekundgacha) ushlab turish - og’izni yopish; og’izni katta ochish, pastki jag’ni 
ung va chap tomonga harakatlantirish - tinch holat.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin