ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2021. № 1-3 (112)
__________________________________________________________________________________
68
UDC 378
X.S. Xalimova, Z.S. Xo’jaboyeva
O’QISH DARSLARIDA BOLA NUTQINI O’STIRISH
Mazkur maqola manaviyati boy, qalban yuksak, erkin fikrlovchi bolani
tarbiyalashda nutq o’stiruvchi mashqlarning ahamiyati, bola nutqini
o’stirishda o’qish darslarida qilinadigan ishlar haqida bayon qilingan.
Kalit so’zlar: og’zaki nutq,yozma nutq, fikr, o’yin, ertak, hikoya, lug’at,
so’z.
Yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan, barkamol, sog‘lom avlodni tarbiyalab, yoshlarga ilg‘or pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalar asosida ta’lim berish mamlakatimizning ta’lim sohasidagi amalga oshiri-
layotgan ustuvor vazifalardan biridir. Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlang‘ich ta’lim, shub-
hasiz, poydevor vazifasini o‘taydi. O‘qish darslarida bolani qalban yuksak, ma’naviy boy, nutqi ravon,erkin fikr-
lovchi, mustaqil fikrga ega qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar
durdonalaridan foydalangan
holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Bolalarni kelajakda jahon
standartlariga munosib kadr bo’lib yetishishida dastlabki poydevor albatta boshlang’ich sinf o’qituvchisi hisobla-
nadi. Har bir o'qituvchining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo'ladi. Muomalaning asosiy vositasi -
tildir Shuning uchun o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishida, avvalo ularning nutqidagi kamchiliklar saba-
blarini aniqlash, uni bartaraf etish yo’llarini izlab topishimiz kerak. Ma’lumki, boshlang’ich sinf oquvchilarining
nutqlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish o’quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchili-
klarni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko’rish, nutq buzulish sabablarini o’rganish lozim. Bola nutqidagi
kamchiliklarni to’g’irlashda ayniqsa kitobning o’rni beqiyosdir. Shuning uchun ham bola nutqi bilan ishlashda
ko’proq o’qish darslarida mashg’ulotlar o’tkaziladi. Dastlab darslikdagi qisqa hikoya va qissalar, ertaklarni qayta
hikoya qilish, she’tlarni yod olish bolalar nutqini ravonlashtirib boradi. Ikki haftada bir marta o’tiladigan sinfdan
tashqari o’qish darslarida tanlangan adabiyotlar ham nutqni rivojlantirib boradi. Bolalar nutqini rivojlantirishda
xalq og’zaki ijodining ahamiyati katta. Shuning uchun ”O’qish kitobi” da ”Ertaklar-yaxshilikka yetaklar” bo’limi
berilgan. Unga kiritilgan ertaklar bolalarni obod - axloqqa o’rgatishi, ma’naviy juhatdan rivojlanishi
bilan muhim
ahamiyatga egadir. Masalan, ”Ur to’qmoq” ertagidagi dehqon va boy obrazlari o’quvchilar ongida yaxshi va
yomondan nafratlanish, undan yiroqlashish kerakligi haqida tasavvur hosl qilai. Maqtanchoqlik, adolatchilik,
ochko’zlik juda yomon odat ekanligi, saxiylik, do’stga mehribon bo’lish, rostgo’ylik insonning ma’naviy yuksa-
lishga yordam berishi uqtiriladi.
Xalqimizda shunday naql bor: «Bola - shirin so'zning gadosi». Shunday ekan, o'qituvchi muomala jarayon-
ida juda ehtiyotkor bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham o'qituvchi
har doim nutq madaniyatiga
qattiq e'tibor berishi, o'zining psixologik, estetik, jismoniy, axloqiy jihatlarini namuna
sifatida namoyon etishi
muhimdir. Boshlang'ich sinf o'qituvisining faoliyati faqat darslarini o'tish bilan cheklanmaydi, uning vazifasiga
“Ifodali o'qish”, “Yosh kitobxon” to`garaklarini tashkil etish hamda tanlovlarni tayyorlash va o'tkazish,
o'quvchilarning nutq madaniyatini nazorat qilish, badiiy adabiyotlarni o'qish va ularni uyushtirish,
bolalar va
qo'g'irchoq teatri ishini yo'lga qo'yish kabi tadbirlar ham kiradi. Qilingan barcha tashkiliy ishlar bola nutqini
rivojlantirishga hizmat qiladi. Bola atrofdagilarga o’z fikrini to’liq bayon qilib berishi o’qituvchining yutug’i
hisoblanadi. Boshlang’ ich sinf o’quvchilari nutqini o’stirishda yod oldirish, so’zlarning ma’nosini tushuntirish
yoki qayta hikoya qildirish kabi usullardan foydalanibgina qolmay, balki ular uchun qiziqarli faoliyat bo’lgan
o’yinlardan
foydalanish, ayniqsa, ko’zlangan maqsad, yuqori natijalarni qo’lga kiritishda katta yordam beradi.
Chunki o’yin kichik maktab yoshidagi o’quvchilar faoliyatida asosiy o’rinni egallaydi. Bolalarning yosh va psix-
oligik xususiyatidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, o’yin dunyoni va o’zlikni anglashda, bog’lanishli nutqni
o’stirishda asosiy vosita hisoblanadi. Maktabga ilk qadamini o’ygan bola huddi o’zga dunyogatushib qolgandek
bo’ladi. O’zida bor bo’lgan jihatlarni ham namoyon qila olmasligi mumkin. O’qituvchi bolalarni mahorat bilan
maktabga moslashtiradi. Bunda asosiy vosita ta’limiy o’yinlar hisoblanadi. O’qituvchi
vaziyatdan kelib chiqib
o’yinning to’g’ri turini tanlay olishi kerak.
Boshlang’ich sinflar o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri to’g’ri uyushtirilgan
qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun matnni to’liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari
esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o’qituvchining savoli
o’quvchilarni
hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o’rtasidagi bog’lanishning sabab-natijalari haqida
© Xalimova X.S., Xo’jaboyeva Z.S., 2021.