KO‘CHIRILGAN KAPITALIZM MAMLAKATLARI Kapitalizm — xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va
demokratik intilishlarga asoslangan jamiyat turi. Ijtimoiy
tafakkurning turli oqimlarida K. — erkin tadbirkorlik
tizimi, industrial jamiyat taraqqiyotining bosqichi,
Kapitalizmning hozirgi davri esa — "aralash
iqtisodiyot", "postindustrial jamiyat", "axborot
jamiyati" va b. sifatida taʼriflanadi. Marksizmda
Kapitalizm
— i.ch. vositalariga xususiy
mulkchilikka va yollanma mehnatning kapital
tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga asoslangan
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, deb talqin etiladi.
Ko`chirilgan kapitalizm – ijtimoiy iqtisodiy va
siyosiy tizimi
turli davlatlarda Yevropadan ko`chib kelgan aholi tomonidan
shakllantirilgan va hozirgi kunda rivojlanishning yuqori ko`rsatkichlari bilan
tavsiflanadigan mamlakaltari guruhidir. Bunday davlatlarga Avstraliya, Yangi
Zelandiya, Isroil va Ja
nubiy Afrika mamlakatlari singari davlatlar kiradi.
Avstraliya hozirgi aholisining aso-siy qismi – Britaniya o.laridan koʻchib
kelganlarning avlodlari – inglizlar, irlandlar, shotlandlar boʻlib, ular avstraliyaliklar
millatini tashkil etadi (qarang Avstraliyaliklar).
Yangi Zelandiyada Maori xalqlari istiqomat qilib kelgan Yangi Zelandiya
1642-yili A. Tasman tomonidan kashf etilgan. XX asrda inglizlar tomonidan
mamlakatni mustam- lakalashtirish maorilar qarshilik ko‘rsatganligi tufayli (1842-
1846, 1860-1868-yillardagi maori urushlari) juda sekinlik bilan bordi
Isroil
(ivritcha:
י ִש ְׂר ָא ֵל,
arabcha:
إسرائيل)
—
Yaqin
Sharq oʻlkasida, Osiyoning gʻarbiy qismida, Oʻrta dengizning janubi-sharqiy
boʻyida joylashgan sionistik davlat. Asosiy va rasmiy maydoni 20 770 km2[1].
Aholisi soni 2016-yilgi maʼlumotlarga koʻra 8 522 000 kishi. Poytaxti — Quddus.
Asosiy iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi — yoʻq. Rasmiy tillari
— ivrit va arabcha.
Janubiy Afrika aholisining 3/4 qismi afrikalik bantu xalqlari (shu jumladan
38,5 % zulular, 27,5 % sotolar, 11,6 % kosalar, 6,6 % shangaantsonga va tsvanalar).
Yevropaliklar 5,1 mln. (shundan golland, fransuz, nemis kelgindilarining avlodlari
boʻlmish afrikanerburlartaxminan 57,5 %), hindilar 1 mln.ga yaqin, qora tanlilar 3,4
mln. Rasmiy tillari — afrikaans (bur), ingliz, isindebele, sesoto sa leboa, sesoto,
savati, xitsonga, setsvana, tshivenda, isikosa va isizulu tillari. Dinlari: xristianlik
(aholining 77 %), anʼ-anaviy dinlar (18 %), hindulik, musulmonlik, yahudiylik
(3,2 %) va boshqa Axolining 60 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari:
Yoxannesburg, Keyptaun (Kapstad), Durban, Pretoriya va boshqalar.