«QUTADG`U BILIG» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI
O`zbek adabiy tilining shakllanish davrini ko`rsatuvchi asarlar sirasiga
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig» asarini kiritish mumkin.
«Qutadgu bilig» asari she`riy pandnoma bo`lib, podsho Kuntug`di, dono
vazir Oyto`ldi, Oyto`ldining o`g`li O`gdilmish o`rtasidagi suhbatdan iboratdir.
Bu asarning uch qo`lyozma nusxasi fan ahliga ma`lum. Ulardan ikkitasi
XV asrda ko`chirilgan, hozir Vena va Qohirada saqlanmokda. «Namangan nusxasi»
deb nomlangan nusxa XSH-X1U asrlarda ko`chirilgan deb taxmin qilinadi. Ana shu
nusxa asosida K.Karimov asarni hozirgi o`zbek grafikasida nashrini tayyorlab, chop
qildi.
«Qutadg`u bilig» hajm jihatidan ham, janr jihatidan ham yangi asardir.
Janr nuqtai nazardan yangi asar bo`lgan bu kitob adib oldiga asar tili ustida ishlash
uchun muxlm talab qo`ydi. Bu talab, dastavval, o`sha davrdagi tarqoq qabilalar tilida
mavjud bo`lgan til faktlarini hisobga olish va shu davrda ham savodli bo`lgan
xalqning barchasi uchun tushunarli bo`lishini ta`minlashdan iborat edi. Bu sharafli
vazifaning uddasidan chiqa olgan Yusuf Xos Hojib xalq ommasining so`z qo`llashdagi
tajribasiga suyanib, stilistik silliqlikka erishdi. Shu nuqtai nazardan «Qutadg`u
37
bilig» asarida Yusuf Xos Hojib o`sha davr tilini ma`lum bir sistemaga soldi va
adabiy tilni rivojlantirishga o`zining xissasini qo`shdi.
Asarga asos bo`lgan dialekt va til masalasida turkologiyada turli
qarashlar mavjud.
V.Radlov bu asar tilini u yoki bu til bilan yaqinlashtirgan bo`lsa-da, qat’iy
bir fikr aytmaydi va asarning «oltoylashtirilgan» transkriptsiyasini beradi. CHunki
u asar tilini oltoy tillaridan sayxon tiliga yaqin, deb hisoblagan edi.
V.Radlov «Oltoy nazariyasi» ni yuzaga keltirgan sharqshunos edi. Bu
nazariyaga ko`ra oltoy tilida so`z boshida va oxirida kelgan undoshlar faqat
jarangsiz bo`ladi. Ammo intervokal pozitsiyada undoshlar jarangli bo`lishi mumkin.
O`zining shu nazariyasiga asoslanib, «Qutadg`u bilig»ni trantskriptsiya qilib chikdi.
Radlovning «Qutadg`u bilig» asariga berilgan trankriptsiyasi asosida 1891
yilda nemischa tarjimasi e`lon qilindi. Radlovning bu qarashlari fanda ko`p
e`tirozlarga uchradi. Bu haqda eng ishonchli dalillar Daniya olimi V.Tomsen tarafidan
ko`rsatilgan edi. V.Tomsen XI asr turkiy tilining yodgorligiga hozirgi zamon oltoy
tillarining xususiyatlaridan kelib chiqib yondashmaydi. Balki, u «Qutadgu bilig»
tilining ichki xususiyatlariga suyanadi. Tomsen «Qutadgu bilig» asarini tekshirar
ekan, u asardagi qofiyalarga ahamiyat berdi.
S.E.Malov bu asarni bir o`rinda chig`atoy tilida yozilgan asarlar qatoriga
kiritsa, boshqa bir o`rinda uni uyg`ur-musulmon yodgorligi deb ataydi va uning
arabcha ko`chirilgan nusxalari XI asr uyg`ur tilini ravshan aks ettiradi deb
ta`kidlaydi. SHarqshunos olim Z.Valizoda «Turk va tatar tarixi» (Qozon, 1912)
asarida bu asar tilini sof turk tili deb talqin qiladi. Tadqiqotchi A.A.Valitova
mazkur asarni qoraxoniylar davri tilida yozilgan asar deb e`tirof qildi.
Q.Karimov «Qutadgu bilig»ning kirish qismidagi «Mochin olimlari va
haqimlari qamuq ittifoq bo`ldilarkim, mashriq viloyatida Turkiston ellarida
Bo`g`raxon tilincha bu kitobdin yaxshiroq hargizkim orso tasnif qilmadi. Bu kitob
qayu podshāqa yo qayu iqlimqa tekdi ersә goyat o`zlukindin nihāyatdin kichәkur
kullu-kullu kindin... tәkmә biri bir turluk laqab urdilar»- degan jumlalarga qarab,
38
bu asar tili Bug`roxon qo`l ostida birlashgan turk davlati tarkibiga kirgan hamma asosiy
qabilalar uchun tushunarli bo`lganligini bayon qiladi. Demak, asar tili o`sha davr turk
qabilalari tillari asosini o`zida aks ettirgan. Shuning uchun ham «Qutadg`u bilig»ni XI
asrda yashagan biror xalqning yoki qabilaning yodgorligi deb qat`iy fikrga kelish qiyin.
SHunga qaramasdan, asarda chigil qabilalarining tillari ustunlikka ega edi. Asar tilining
struktura xususiyatlari o`sha davr normalarini aks ettirgan.
«Qutadg`u bilig» yodgorligida forscha so`zlarga nisbatan arabcha so`zlar
ko`prokdir. Biroq, adibning ko`rsatishicha, asarda bor-yo`g`i 94 ta arabcha so`z bor.
Asarda O`rxun-Enisey yodgorligiga oid so`zlar anchagana: bodun, qamuq, tөri
(qonun), bayat (xudo), bayig` (past), bayiq ( tushunarli), өb (shishilmoq), өd
(vaqt),) od (taxt), әriz (tinch), otachi (tabib) jogu (urf-odat).
Yusuf Xos Hojib yodgorliklarda omonim, sinonim va antonimlardan ham
unumli foydalangan: at (loshad’) -at (imya) —at (otmoq); achig` (achchiq) —
achig` (toza) kabi omonimlar, yaruq-qaraqu, xosh// yaxshi-yaman, yumshaq-qatig`, ,
achig`-tat’g`; beduk-qodu kabi antonimlar, achig`-silig (toza), tushar-pabuz-ersel
kabi omonimlarni uchratish mumkin. Dostondagi aksariyat so`zlar hozir ham
(garchand fonetik jihatidan o`zgarsa-da) qo`llanadi.
Shu davr fonetik xususiyatiga ko`ra asarda 9 ta unli tovush (i,ә,a,u,o,
i,a,ү,ө) 28 ta undosh tovush qo`llangan.
Singarmonizm qonuniyati saqlangan. Morfologiyasi bo`yicha ko`zga
tashlanadigan hodisa shundaki, unda kelishiklar ichida vosita kelishigi ham uchraydi:
Tirig ӛlgү āxir tӛshәnәr yerig
Kishi әlsә edgүn kӛr ati tirig.
Ma`nosi: Tirik oxiri o`ladi, erni to`shanadi, kishi yaxshilik bilan o`lsa,
ko`rgin oti tirik qoladi. (96-6).
Umuman, «Qutadg`u bilig» asari XI asr qabila tillarini birlashtirishga va
u tilni rivojlantirishga katta hissa bo`lib qo`shildi. SHuning uchun bu asar tilida
o`zbek, uyg`ur, qirgaz kabi turkiy tillarga xos bo`lgan xususiyatlarni uchratamiz.
|