141
barcha xalqlarni Turkiya hukmronligiga bo`ysindirish, yagona turk davlatiga
birlashtirish ideyasini targ`ib qiluvchi reaktsion shovinistik oqimdir
Bunday g`oya til siyosatida ham o`z aksini topdi.
Umumturkiy adabiy til nazariyasi dastlab qrimlik
Ismoil Gaspirinskiyning
«Tarjimon» gazetasida propaganda qilindi. Bu gazeta 1883 yildan chiqa boshlaydi va
hamma turkiy xalqlar uchun umumiy adabiy til g`oyasini olg`a suradi. 1905 yilda
Butunrossiya musulmonlarining III se`zdida Ismoil Gaspirinskiyning tashabbusi bilan
turkiy xalqlar maktablarining yuqori sinflarida «yagona turkiy til» o`qitilishining
majburiy qilib qo`yadi.
Umumturkiy til masalasi esa tatar,
ozarbayjon, o`zbek gazetalarida va
jurnallarida turlicha talqin qilindi.
«Ulfat» gazetasining 1906 yil 5 iyul’ sonida panturkist Ali Qo`rqudning
«Istambuldan xat» nomli maqolasi bosiladi. Maqolada yozilishicha, usmonli turk tilini
tatarlar, ozarlar, O`rta Osiyo turklari, Sibir’ va Mug`ulistongacha bo`lgan bir qator
turkiy xalqlar tushunadilar. SHuning uchun u mumiy adabiy til bo`lishiga qodir. SHu
gazetaning 1906 yil 19 iyuldagi sonida panturkist Kenjaboyning maqolasida ham
yuqoridagi g`oya ifodalanadi.
Tatar tilida chiqadigan «Vaqt» gazetasida esa turkiy xalqlar uchun tatar
tili yagona adabiy til bo`lishi ta`kidlanadi.
Bu xil panturkistik qarashlar Ozarbayjon va O`rta
Osiyoda nashr
etilayotgan matbuot sahifalarida ham ko`rinadi.
O`zbek burjuaziyasi va -burjua millatchilari «chig`atoy» tilini O`rta Osiyo
xalqlari uchun umumiy til bo`lishi kerakligini uqtirar va propaganda qilar edilar.
Bunday va kurashlarning siyosiy mohiyatini venger turkologi G.Vamberi
to`g`ri baholagan edi. «Reformistlar va puristlar umumiy turkiy til nazariyasini
ko`tarib chiqish bilan xalqlarning etnik chegaralarini hisobga olmay umumturk xalqi
yaratishni ko`zda tutadi».
Ko`pchilik ommaga tushunarli bo`lmagan umumtil tez orada o`z o`rnini
142
milliy tillarga bo`shatib berdi.
Bu davrga kelib panislamizm g`oyalari ham matbuot sahifalarida targ`ib
qilina boshladi. Ma`lumki, panislamizm XIX asrning ikkinchi yarmida yaqin
SHarqda paydo bo`ldi va musulmon mehnatkashlarining sinfiy kurashini so`ndirish
maqsadida islom dinidagi barcha xalqlarni bir davlat qilib birlashtirishni targ`ib qilib
kelgan
reaktsion
diniy-siyosiy
oqimdir.
Panislamizm
g`oyalari
SHarq
mamalakatlaridagi
reaktsion
feodallar
hamda
yuqori
tabaqa
musulmon
ruhoniylarining manfaatlariga xizmat qiladi. SHunday maslakda bo`lgan Vasliy
(Samarqandlik) «Sadoi Farg`ona» gazetasining 1914 yil 21 sentyabr’ sonida «Islom
asoslari»deb atalgan maqolasini e`lon qiladi. Unda quyidagilarni yozadi: «Bizning
dinimiz islomdir. Har bir musulmon uchun u arab tilidur.
Har bir musulmon arab
tilining sarf va nahvini o`rganishi shart». Demak, bunda arab tilining adabiy til bo`la
olishi ta`kidlanadi.
Turkiy xalqlar adabiy tildagi bu xil panturkistik va panislamistik g`oyalar
burjuaziyaga xalq ommasini yangi taraqqiyot yo`liga boshlash uchun imkoniyat
bermadi. Burjua millatchilari bir qancha tortishuv va bahslardan so`ng matbuotda har
bir tilning mustaqil hukm surishini tan oladilar. Ona tili uchun kurash adabiy va
madaniy kurashning ajralmas qismi bo`lib qoldi.
YUqoridagi fikrlarga qaramasdan, Turkistonda o`zbek adabiy tili ilg`or
mahalliy intilligentsiya tomonidan rivojlantirildi.
Bunda Furqat, Sattorxon, Ishokxon,
Mulla Muhammadamin kabi demokrat ma`rifatparvarlarning roli katta bo`ldi.
Ayniqsa, o`zbek adabiy tilining targ`ib qilinishi va o`rganilishi haqida Mulla
Muhammadamin tomonidan «Turkcha qoida» asarining yaratilishi muhim ahamiyatga ega
bo`ldi. Unda asosan arab tili grammatikasining ta`siri kuchli bo`lsa ham, o`zbek tili
faktlari nisbatan to`g`i yoritildi. Asarda
faqat arab grammatikasi emas, balki rus
tilshunosligi elementlari ham (ayniqsa, punktuatsiyaga oid bo`limda) mavjud edi.
Asarning «turkcha qoida» deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki u davrda
o`zbek
adabiy tiliga nisbatan turkcha, o`zbekcha degan terminni qo`llash traditsiyasi
143
mavjud edi.
O`zbek adabiy tili turli davrlarni o`z boshidan kechirdi. Natijada turli davrlarda
turli so`z va grammatik formalar qo`llanishda bo`lgan. Masalan, XI va XVI asrlarda
o`zbek adabiy tilida ko`plab arab, fors-tojik so`zlari qo`llangan bo`lsa, XIX asrning 2-
yarmiga kelib O`rta Osiyoni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida o`zbek
tiliga anchagina rus va rus tili orqaly internatsional’ so`zlar kirib keldi.
Dostları ilə paylaş: