135
qo`llanmagan. Uning asarlarida harakat nomining
-v//uv//uv affiksi bilan hosil qilingan
formasi qayd qilinadi. SHu jihatdan uning «Til» degan g`azali xarakterlidir:
Har tilni biluv emdi bani odama jondur
Til vositai robitan olamiyondur.
G`ayri tilini sa`y qiling bilgali, yoshlar,
Kim ilmu hunarlar rivoji andin ayondur.
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka ani g`ayrat eting, foydali kondur.
Ilmu fan uyiga yuboringlar bolangizni
Onda o`qug`onlar sori yakton jahondur.
Zor o`lmasun onlar dog`i til bilmay Avazdek,
Til bilmaganidin ani bag`ri to`la qondir.
Xalq so`zlashuv tiliga xos yana quyidagilar Avaz O`tar
asarlarida qayd
qilinadi.
1.Ma`lumki, men olmoshi eski o`zbek adabiy tilida 1-bo`g`inda
e tovushi
saqlanadi. Avaz O`tar she`rlarida esa og`zaki tilga (shevaga) xos bo`lgan
a
tovushiga aylanadi:
Oh kim qildi falak, ayru diyorimdin mani
To yiroq solmoqqa bir gulrux nigorimdin mani.
YOki:
Molimni yo`lida aylabon sarf,
Mandin hazar etgusi gadolar.
2.Xorazm shevasiga xos uyg`onib o`rniga uyonib formasi qo`llangan:
Bu yanglig` olam ahlidin keyin qolmay yurush ayla,
Avaz, bo`lg`ay uyonib komgoru komron millat.
136
Avaz O`tar asarlari tilida Navoiy traditsiyasi quyidagilarda ko`rinadi.
1. Navoiy o`z asarlari bilan o`zbek adabiy tilida yirik asarlar yaratib, o`zbek
tilini xalq tiliga yaqinlashtirgan bo`lsa, Avaz O`tar o`g`li ham shu traditsiyani
davom ettiradi. Buning dalilini yuqoridagi faktlarda ko`rdik.
2.Navoiy asarlarida qo`llangan ko`pgina so`z va so`z formalaridan
foydalanadi:
a) III-shaxs kishilik olmoshining ko`pligi alar formasida ham qo`llanadi:
Umidim-yashasin maktab bolasi,
Alar har biri sheri jayonim.
(«Fidoyi xalqim»).
b)
-dag`i bog`lovchisi qo`llangan:
Ko`ngullarning sururi, dog`i ko`zlar nuridir farzand,
Alarning umrini, albatta obod etgusi maktab.
v)
-gu//ku//gu//ku affiksidan foydalangan:
Bo`lg`usi, ey dil, muyassar vasli jonon, g`am ema,
Kim oning kelmakligiga bordur imkon, g`am ema.
g) ravishdoshning
-bon//ibon//ubon affiksi bilan
hosil qilingan formasi
qayd qilinadi:
Ochib har bir sarida maktabing unvonin aylab cho`x,
Taraqqiy aylamasmu o`qubon behaddu son millat.
d) kelasi zamon sifatdoshining qo`llanishida ham Navoiy tiliga xos forma
qayd qilinadi:
Ne manga yoronu hamdam, ne manga bir mehribon
SHum iqbolim agardi (eyurdi), yo`ku borimdan meni.
e) jo`nalish kelishigining
-a//e affiksli formasi aktiv qo`llangan:
137
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek.
j) so`roq olmoshi qago Avaz O`tar she`rlarida qo`llangan:
Qaro millatga bizdek gar nosimi inqiroz etsa
Anga albatta mustahkamlik ijod etgusi makteb.
3. Navoiy tilida uchraganidek, O`g`uz gruppa (Xorazm shevasining
o`g`uz
gruppa sheva bo`lganligi uchun ham) tillarining ta`siri uchraydi.
Masjidni o`ziga dom etibdur,
Bilmam, buni kim imom etibdur.
Avaz O`tar she`rlarida «SHajarai turk» va «SHajarai tarokima»asarlarining
ayrim ta`siri ham qayd qilinadi. Masalan, III -shaxs kishilik olmoshining ko`plik
formasi onlar tarzida ham qo`llangan:
Bilmayin onlarda hech millat, vatanni saqlamoq
Bo`ldi qurbon bu sababdin doimo ag`yor xalq.
Avaz O`tar o`g`li asarlari leksikasini asosan turkiy va arabcha-forscha
so`zlar tashkil etadi. Rus va rus tili orqali kirgan so`zlardan u deyarli foydalanmadi.
Umuman, o`zbek adabiy tili XIX asrning II-yarmida o`zining
yuqori
bosqichiga ko`tarilishida Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O`tar o`g`li kabi
demokratik-ma`rifatparvarlarning asarlari rol’ o`ynadi.
Dostları ilə paylaş: