126
Zulfu kәkilchәlәri yүzginәsigә tushgan
Anga oxsharki, tutar ayginani hālagina.
So`z
turkumlaridan ot, sifat va ravishga
-gina, - cha, affikslarini qo`shish
orqali yuqoridagi ma`nolarni ifoda qilishga erishgan.
Muqimiy juda ham rang-barang bo`lgan jonli so`zlashuv tili vositalaridan
ustalik bilan foydalandi va adabiy tilni yangi so`zlar, frazeologik birikmalar bilan
boyitdi. Bunday so`z va iboralardan quyidagilarni ko`rish mumkin:
«YOtqizib tilsәң
banāgāh qarnidan iqmas alif», «qoydi sāyil kabi nechә xil nān», «qaysi kүn hajdan
keldi boldi rasvābachchag`ar», «Kocha darbāza toy kuni zanjir», «zanchaligi»,
rudāpa, dag`uli «solag`i chiqqan», «luchchak», «hangu mang», «nosu bang».
SHoir satirasi lirikasida xalq so`zlashuv tiliga oid qator so`zlarni uchratish
mumkinki, ularning ekvivalenti shu davrgacha adabiy tilda bo`lgan emas. Masalan,
xalq so`zlashuv tilida «sdacha» ma`nosida «kolg`ich» so`zi ishlatilgan. SHu so`z
Muqimiyda qo`llangan:
Āshiqidin choyxo`rini bexabar qalg`ich olur,
Emdi bolmish it, agar chandiki ilgәri kiyik.
Paqir so`zi ( chaqa pul ma`nosida).
Satar olsaң, ӛzim bahā qoysam,
Bir miri atu bir paqir aravang.
Tag, joy so`zi.
Mag`rur xasisu beshu kam,
Har ganda goz ichkay qasam,
Tag jāy alur maxāvdin ham,
Hāji ӛzi murdār ekan.
Muqimiy satiralarida ba`zi so`zlar ko`chma ma`noda qo`llanib, adabiy tildagi
ma`no xususiyatlariga nisbatan alohida obrazlilikka va ekspressiv bo`yoqqa ega
127
ekanligi bilan ajralib turadi. Misollar:
Toyga ӛzi tuxumdin xātin demәdi,
Achchig`idin atasi ash emәdi.
YAkka nafsimga gadālig` әylәsәm, andag` emәs,
Jo`jasi kӛp qip-qizil degәn: qani don?» ko`samen
Ichkәrisi birlә ham emdi tavakkal gap esәng
Erlәri ornig`a shāld xātunidin tegsә gap.
YUqoridagi baytlardagi tuxum so`zi qarindosh-urug`, jo`ja-
bola-chaqa,
ichkari-xotin-qiz, ayol ma`nosida qo`llangandir.
Muqimiy asarlarida jonli tilga xos leksik elementlarigina emas, balki
fonetik xususiyatlari ham aks etgan: Misollar
Nogoh kayfi uchkay kelsa agar taroxlab
Ichkan giyahi bo`lsa ko`knor, aroba qursun.
Ilohi saxla sharridin, Muqimiyga jiyandur bu
Bahaqqi choriyoru hurmati payg`ambaron, bezgach.
Bu fonetik hodisa Farg`ona vodiysi shevalari uchun xarakterlidir.
Muqimiy ijodida so`zlashuv tilida bo`lgan
eng uchida, өpkәңni bas, kөzgә
bizi ilmәgәy, ashi misāli tabaqda kөz yashi, changi chiqdi kabi
frazeologik birikmalardan unumli foydalangan.
Muqimiy asarlarida
-zor affiksi jonli tildagidek shaxs otlariga ham qo`shilib
kelgan:
Etdim ul oqshom g`am yutub,
Dashti qarakchizār ekәn.
Muqimiy asarlari tili eski o`zbek tilining davomidir. Muqimiy asarlari tilida
klassik shoirlarda uchrovchi leksik elementlar, grammatik formalarni uchratish mumkin.
Navoiy va boshqa klassiklar leksikasida qatnashgan so`zlar
Muqimiy lirikasidan ham
128
o`rin olgan.
Uning asarlari grammatik kurilishida esa Navoiy tilida qayd qilingan
barcha formalar uchraydi.
Dostları ilə paylaş: