O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


MAXMURNING SATIRIK ASARLARI TILI VA STILI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61
O`zbekiston respublikasi

MAXMURNING SATIRIK ASARLARI TILI VA STILI 
Maxmur o`zining xajviy asarlari bilan inqilobgacha bo`lgan o`zbek 
adabiy tilidagi satirik oqimni rivojlantirdi. Maxmurning hajviyotiga murojaat qilish 
bejiz emas. CHunki xalqning achinarli hayot kechirishini, qishloq va 
shaharlarning xarobaga aylanib borishini ko`rgan shoirning g`azabi oshgan edi. 
Ana shu g`azablari «Munojon ba dargohi qoziyul xrjot» (xudo dargohida 
yolvorish), «Hapalak», «Ta`rifi valoyati qurama» kabi satirik asarlarida o`z aksini 
topdi. 
Avval aytganimizdek, Satira janrida ijod etish san`atkordan badiiy til 
vositalaridan ustalik bilan foydalanib satira ostiga olinayotgan obraz tilini 
individuallashtirishda jonli til elementlaridan unumli foydalanishni taqozo qiladi. 
Ma`lumki, klassik she`riyatimiz uchun ko`tarinki uslub xarakterli. Satirada 
esa she`rdagi ko`tarinqilikni saqlash bilan birgalikda, barcha uchun tushunarli bo`lgan 
uslubni yaratish talab qilinadi. Xuddi shu talab Maxmur satirasida amalga oshirilgan. 
Individual til va obraz yaratish uchun Maxmur ayrim shevalarga xos bo`lgan 
so`zlardan foydalanadi: qisa-qilsa, boma-bolma, qigan-qilgan, kegәy-kelgәy,
bosam-bolsam, yanilmadim-yanmadim, ayilmadim-ayrlmadim. Undan tashqari
keng xalq ommasida qo`llanib, omma kitobiy uslubga kiritilmagan so`z va 
iboralarni ko`plab ishlatadi. Masalan, katalak, kamalak, katak, kapa, ālachuq,
erto`la, ajiriq, o`gur, sumalak, biyobān, alato`rtko`z, ko`ppak, burush (burd), 
yalaq, tubak va boshqalar. Misollar:
Xalqini kӛrsәң agar ӛlәsi-yү qaqү xarāb,


116 
Achligidin egilib qāmati misli kamalak.
Ajirig` tamirini og`urida mayda tuyub
Qaynatib kүndә ichәr, atini derlәr sumalak. 
Maxmur satirasida adabiy til normalaridan chetga chiqish hollari ham 
seziladi. Masalan, «Munojot» satirasida shunday misralar bor: 
Amri-nahying rāhi bātil uzrә ermish yadimiz
Kecha u kunduz sifatingdur bizi arzākimiz.
«Avsofi louboli o`ratepagi» satirasida: 
Hisābi jurmimi bilsәg SHumāri chox qumdin
Gunāxdin sorsang saңgi xāradin afzun. 
SHuningdek, shoir uslubida ba`zan na o`zbekcha, na tojikcha anglanishi 
qiyin konstruktsiyalar, lug`atsiz tushunilishi qiyin bo`lgan so`zlar uchraydi. Ular 
ko`pchilikni tashkil etmaydi. 
SHunday qilib, XIX asrning 1-yarmida Qo`qon xonligida yashab ijod 
etgan, progressiv o`zbek adabiyotining vakillaridan biri bo`lgan Maxmur o`zining 
merosi, xususan satirik asarlari bilan o`zbek adabiyotining, o`zbek adabiy tilining 
taraqqiyotiga munosib hissa qo`shdi. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin