106
SHoir Turdi XVII asrning oxirida Buxoroda ijod etgan demokratik
tendentsiyadagi adabiyotning yirik namoyandasidir. Turdi ijodida satira asosiy o`rinni
egallaydi.
Ma`lumki, satira janrida ijod etish ma`lum darajada shoirdan ko`tarinki
uslubdan voz kechib, xalq jonli tiliga xos uslubda asar yaratishni talab qiladi. SHu
tufayli ham Turdi she`rlarida xalq tilida qo`llanadigan leksika ko`plab aks etgan.
Masalan, «Subxonqulixon to`g`risida hajviya» she`rida og`zaki nutqqa xos bo`lgan
ko`r, ko`ppak, qumaloq, qirchonu va boshqa so`zlar qo`llangan. SHu she`rdan
olingan quyidagi parchada buning isboti ko`rinadi:
Edingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,
Kasb ilә mālin alib, qoymadingiz bitini,
Qamchilar dag` salib bugang`a, tilib bitini
Yardiңiz zahrāsini (ichidan) alib ӛtini
Bolmadi kam bu raiyat bashidan hech tayaq.
Bu banddagi she`rda ham
edingiz, itdek, etini, molin, bitini, buyunga, tilib,
tayoq kabi so`zlar og`zaki nutqqa xos so`zlardir.
Xalq jonli tiliga xos xususiyatlar
faqat leksikada emas, balki
morfologiyada ham ko`rinadi. Masalan, o`tgan zamon fe`lining
II shaxs
ko`pligida (qo`ymadingizlar) ko`plikning ikki marta qo`shilishi, shahar
shevalaridagidek men olmoshiga —
ga affiksi qo`shilgach,
menga tarzida talaffuz
qilinishi,
izladim fe`lning shevalarda aytilganidek,
istadim varianti ham qo`llangan.
Ne ayaq, ne bashig`a etdim, sarāpā istәdim,
Qayadim ikki yolniң ortasida hamrāh istәdim.
Turdi she`rlarida xalq jonli tili xususiyatlari bilan birga, g`arbiy
tillarning
ta`sirini ham ko`ramiz. Albatta, bunda ulug` ozarbayjon shoiri Fuzuliyning asarlaridan
ilhomlangan bo`lsa kerak. SHu ta`sir natijasida ayrim so`zlarda, ko`pincha so`zning
boshnda keluvchi
t tovushi
d ga o`tadi.
107
Fitna sho`r hama ilә maskun dutdi
Xublar masnadini sifla bilan dun dutdi.
O`g`uz tillarida qo`llanadigan
cho`x (ko`p) so`zidan foydalangan:
Tufrāg`da jān bitsә, ravādүr, ne ajab gүl
Mux sarvi sixl etdi nihān kӛzlәri shahlā.
O`g`uz tillariga xos jo`nalish kelishigi
(-a/ә affiksi) formasida (Etmadim
hech era bu qofiya paymolig`din), o`tgan zamon aniq fe`lining
birinchi shaxs
birligining-diman (YOt mandin kim bulur yaxshi zamonlar ko`rdiman) affiksi bilan
hosil qilinishida, hozirgi-kelasi zamon fe`lining
-man, (Bila
olmon bu dudaul
raxshi Rustam yo parizod) affiksi bilan, sifatdoshning
-an (Barcha bo`yniga salan
bu rishtani qat etmadi) affiksi bilan hosil qilinishida, harakat nomiga jo`nalish
kelishigi affiksi qo`shilganda, unda fonetik o`zgarish yuz berishida (Zarni jam
aylamaga
hirsu havo besh tutub; yuzini ko`rmaga hasratda bo`ldum eshitib nomi)
ko`rinadi.
SHunday qilib, Turdi bir tomondan ulug` Navoiy traditsiyalarini davom
ettirgan bo`lsa, ikkinchi tomondan Ozarbayjon shoiri Fuzuliy ijodidan ta`sirlandi.
SHu tufayli adabiy tilda Alisher Navoiy an`analarini saqlagan bo`lsa,
ikkinchi tomondan o`g`uz tili elementlaridan foydalandi.
Dostları ilə paylaş: