108
«SHajarai turk» asarida yoritilgan ma`lumot uchta tematikaga bo`linadi:
1. Diniy xarakterdagi Odam ato haqidagi afsonalar.
2. O`g`uz-turkmanlarning O`g`uz haqidagi ma`lumotlari.
3. Real asosga ega bo`lgan, lekin afsonaviy tarzda etib kelgan voqealar.
Abulg`ozi Baxodirxon asarlari tilida adabiy
tilning soddalashtirilgani
ko`rinadi. Buning o`ziga yarasha sababi bor. Tarix asarlarini yozgan, ayniqsa,
hukmdor oiladan chikqan, mualliflar
feodalizmni mangu tuzum deb, xalqli
hukmdorlarga itoat ettirish uchun asarni xalq tushunadigan tilda yozishga harakat
qilar edilar. SHuning uchun ham Abulg`ozi o`zining tarix asarlari boshqa tarixlardan
farqli ekanini ta`kidlab, quyidagilarni yozadi: «Barcha
bilingki, bizdin burun turkiy
tarix aytqanlar arabiy lug`atlarni qoshib tururlar va turkiyni ham saj` qilib tururlar.
Uzlarining hunarlari va ustazlarini xalqqa ma`lum qilmaq uchun. Biz munlarning hech
kaysisini qilmaduq,
aning uchunkim, bu kitobni o`qug`uchi va tinglag`uchi, albatta,
turk bolg`usi turur: bas, turklarga turkona aytmak kerak, to ularning barchasi fahm
qilg`aylar». «SHajarai tarokima»dan olingan bu fikrni «SHajarai turk»
dan olingan
quyidagi parcha yana ham oydinlashtiradi: «Hamma ulug`lar, ham oddiy kishilar
tushunsun teb, men bu tarixni turkiy tili bila aytdim. Turkiyni ham andoq
aytubmenkim, besh yashar o`g`lon ham tushunur. Tushunush oson bo`lsun teb, men
chig`atoy turkisindin, forsicha va arabchadin bir dona ham so`z qo`shmadim «.
Haqiqatan ham, Abulg`ozi asarlarining
tilini kuzatar ekanmiz, unda
san`atkorlarcha badiiy qayta ishlangan xalq so`zlashuv tilining namunasini ko`ramiz.
Asarda arabcha so`zlarga nisbatan turkiy so`zlar ko`p o`rinni egallagan. Unda
ulkәn, bitmәk, ulus, yalavach (payg`ambar), tilmәch, ushaq (mayda) charlamaq,
kөrklүk, kent, boluk (bo`lim) kabi turkiy so`zlar qo`llangan.
Asarlar fonetikasida quyidagilar ko`zga tashlanadi:
So`z boshidagi
d -t ga o`tadi:
degәn-tegәn, deb-teb, dedik-teduk.
Ba`zi o`rinlarda so`z boshida y-j ga o`tadi :
yov-jav, yo`l-jo`l
(Xorazmda jamlovchi
o`g`uz shevalari mavjud bo`lganligi).
109
-q, -k undoshi bilan tugagan 2 bo`g`inli so`zlarga egalik affiksi
qo`shilganda
g ulardagi
q tovushi
g ga o`tmaydi:
Ayaqi agrib yatur. eshiki yapiq.
Asarlar morfologiyasida esa tubandagi xususiyatlar ko`zga tashlanadi:
-chi
so`z yasovchiga nisbatan
-ji varianti ko`p qo`llangan: e
lchi, tevaji.
Sonning
tartib son turi - lanchi affiksi bilan hosil qilingan:
beshlәnchi,
etilәnchi, tuquzlanchi.
Kelishik formalarining barchasi qo`llanishda bo`lgan.
Xarakterli xususiyat shundaki, tushum kelishigining -n/in//in affiksi bilan
hosil qilingan formasi ham qayd qilinadi:
kochlarin (xotinlarini) va kelinlәrin
chaqirib.., Ma`lumki, bunday qo`llanish asosan poeziya janriga xosdir.
III shaxs kishilik olmosh an, ular alar tarzida qo`llangan.
Buyruq-istak maylining 1 shaxs ko`pligi
-aliң//ali
Affiksi bilan hosil qilingan. e
mdi shah; Malikni aytaling. Uurtni buzali
tesalar.
SHunday qilib, Abulg`ozi asarlarida adabiy til so`zlashuv
tilini
yaqinlashtirishga harakat qildi va uning asari adabiy tilda xalq tili elementlarining
mustahkamlanishi uchun munosib hissa bo`lib qo`shildi.
Dostları ilə paylaş: