kelgүsi va h.o. Bunda ham u ijodiy foydalanib, uning murakkab formalarini - gүlik, -gүsiz,
-gүdek kabi so`z yasovchi affikslar hosil qildi.
«Boburnoma» leksikasi ham juda boy unda hayvonot olami, tabiat hodisalari,
dehqonchilik va boshqa sohalarga oid ko`plab leksik elementlarni uchratish mumkin.
Bobur asarida ko`p uchraydigan so`zlar quyidagilardir: yavuq (yaqin), cherik
(askar), qabamaq (qamamoq), ilik (qo`l), ulus (xalq), qazaqliq (darbadarlik), qasaba
(shaharcha) va h.o.
SHunday qilib, Bobur lirikada turkiy suzlarni ko`plab qo`llab, o`quvchilar
99
diqqatini o`ziga jalb qilgan bo`lsa, «Boburnoma» asari bilan o`zbek badiiy prozasi
sohasida etarli tajribaga ega bo`lmagan bir davrda proza tilida katta
muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritdi.
«SHayboniynoma» XVI asr adabiyoti va tilining nodir yodgorligidir. Bu
asar avtori Muhammad Solih esa o`z zamonasining eng ma`rifatli kishilaridan
bo`lishi bilan birga talantli shoiri ham bo`lgan. U o`z ijodini g`azallar yozish bilan
boshladi. Lekin uning g`azallari bizgacha etib kelmagan. Doston 76 bobdan iborat
bo`lib, 4456 baytdan tashkil topgan. Dostonning 1-bobi munojot, 15 bobi lirik
chekinishlar va qolgan 60 bobi esa tarixiy voqealarga bag`ishlangan. Poemaning
boshqa dostonlardan farqi shundaki, bunda asar asosiga afsonaviy voqea va hodisalar
emas, balki shoir o`z ko`zi bilan ko`rgan voqealar olingan.
«SHayboniynoma»ning qo`lyozma nusxalari ko`p emas. Hozirgacha 1510
yilda Qosim ismli kotib tomonidan ko`chirilgan Vena nusxasidan foydalanib
kelinmoqda. SHu nusxa asosida 1885 yilda Vamberi dostonni Venada nemischa
tarjimasi bilan nashr qildirdi. Vamberi nashri asosida P.M.Melibranskiy 1904 yilda
Peterburgda ikkinchi marta chop qildi. P.M.Melibranskiy nashri asosida ba`zi
aniqliklar bilan hozirgi o`zbek grafikasida nashr qildi.
«SHayboniynoma» tilida o`zbek adabiy tili boyliklarining barcha tomonlari
ko`rinadi.
Navoiy traditsiyalaridan unumli foydalangan Muxammad Solih adabiy tilni
xalq jonli tilida qo`llanayotgan grammatik va leksik elementlar hisobiga boyitdi.
U tildagi sinonimlardan maqsadga muvofiq foydalandi. Masalan, dushman
so`zi — xasm, jov, aduv, yogi; xalq so`zi — ulus, el, raiyat kabi sinonimlar bilan
berilgan.
Muhammad Solih quyidagi til elementlarini adabiy tilga olib keldi; 1.
Jamlovchi son -ala affiksi bilan hosil qilingan;
Mashvarat әylәdilәr tӛrtәlәsi
Fikrini sayladilar tӛrtәlәsi. (157-bet)
100
2. Buyruq fe`lining ikkinchi shaxs birlipsha -g`il — gil affikslari
qo`llandi:
3. Buyruk-istak mayli birinchi shaxs ko`pligida - ali, -alin affiksi qo`llandi:
kechәli, alali, alalin.
4. Ko`makchilardan qat(i), үzә, tegi kabi so`zlar qo`llandi:
5. Singarmonizmning lab garmoniyasi turi 2 bo`g`indan keyin ham qo`llanadi:
Yүgүrүshүb har saridan ettilәr
Qorim ag`zida maqām ettilәr. (252)
M.Solihning «SHayboniynoma» asariga leksik jihatdan yondoshsak, u o`z
asarida forscha-arabcha so`zlarni ozroq ishlatishga, mumkin qadar jonli tildagi so`zlarni
ko`proq ishlatishga harakat qilganini ko`ramiz. Dostonda iste`moldan chiqa
boshlagan, badiiy adabiyotda siyrak uchraydigan quyidagi so`zlarni uchratamiz, ob
ag`a (bobo), abag`a (amaki), qabqa (darvoza), yag` (dushman).
Mazkur doston orqali maishiy sohaga, harbiy texnikaga va boshqa sohalarga
so`z va terminlar o`zbek adabiy tiliga kirib keldi. Masalan, qurol nomlari - sag`it,
dubulg`a, maңlayliq,, zānuband; jangchilar turadigan joy nomlari - peshxāna,
sarāparda, bavarjixāna, shāmiyona; ot-ulov nomlari - qo`tos, ejishi, ubchin; may
idishi nomlari - ko`raki, mashraba;, mato nomlari - joja, alocha; palos nomlari —
debā, gāli, mafrash, nāmādi shatranjip; urug` va qabila nomlari - burqut, mang`it,
nayman, do`rmon, o`tun, jaloyir, qorliq, sulduz, nukuz va boshqalar.
Umuman, Muhammad Solih Alisher Navoiyning o`zbek adabiy tili taraqqiyoti
uchun kurash yo`lini davom ettirgan shoirlardan biridir.
Dostları ilə paylaş: |