ani ul suubatdin (qiyinchilik) etkәrmәkdүr» (Mahbub-ul qulub) Bu o`rinda noaniqlik
ma`nosi analitik usul bilan ya`ni so`z oldiga bir so`zini keltirish bilan hosil qilingan.
Rindi xarābātiyki (aysh-shiratdan sөzini tortmaydigan), may ichmaq bilә otar avqāti,
hubābdek (ko`pikdek) bāda havāsi bashida surāhidek (sharobdan) bash qoyar eri
sāg`ar (qadaq) qashida dayrda (mayxona) har qayanki bazme kөrүb, sabukashlik
(may tashish) vasilasi (vositasi) bilә өzin etkurub («Mahbub-ul qulub»)
«Bu tāifadin agar qari dadakturki (dadak-oqsoch) yasalurg`a rāg`ibdur
(moyil) va agar arpae almas eshәkdүr, naqshin afsāru julg`a (to`qim) tālibdur
(muhtoj) jumlalaridagi bazm, arpa suzlariga forscha yoyi vahdat qo`shilib noaniqlikni
bildirgan.
YOyi vahdat tarixan qadimgi fors tilida «bir» so`zi ma`nosida qo`llanuvchi
«ayva» so`zidan kelib chiqqan bo`lib, hind-evropa tillaridagi noaniqlikni
ko`makchisi (artikli) (nemischa lih, lihe inglizcha a, ap, frantsuzcha ip, ipe) bilan
90
o`zakdoshdir.
«Ayva» so`zi qadimgi fors tilida otdan keyin qo`llanib, unga birlik,
noaniqlik ma`nosini bergan. CHunonchi, «bir shoh» deyilmoqchi bo`lsa, «xiloyotiya
ayva» deyilgan.
Mana shu yoyi vahdat eski o`zbek tiliga ham o`tib, oliy uslubda
noaniqlik ma`nosini anglatgan. Bu affiks Navoiyning «Mehribone topmadim»
g`azalida ayniqsa ravshan ko`rinadi.
Aniqlik formasi dariy tilidan o`zlashtirilgan «yoyi ishorat» deb ataluvchi
aniqlik affiksi -i bilan ifodalangan. Bu affiks hozirgi o`zbek tilida nimaiki
so`zidagina saqlanib qolgan. «YOyi ishorat»noaniqlik affiksi «yoyi vahdat»dan grafik
ifodasi jihatidan ham, talaffuzda ham farq qilmaydi. YOye ishorat ham urg`usiz
cho`ziq i kabi talaffuz qilinadi.
Bu affiks shaklan yoyi vaxdatga o`xshasa ham, o`zicha mustaqil affiks
bo`lib, tarixan va ma`no jihatidan undan tamomila farq qiladi. YOyi ishorat qadimgi
fors tilida mustaqil so`z-ko`rsatish olmoshi «ayva» so`zidandir. Bu ko`rsatish
olmoshi asta-sekin ixchamlashib dariy tilining o`zidayoq -i shaklini olgan:
SHayxi riyāiy (riyokor) jilvanāmāyi misidur altin bilә rukash, tashi
xushnamaga ichi nāxash. («Mahbub-ul qulub»). «qanāat chashmandur kim...»
(«Mahbub-ul qulub»). Bu o`rinda shunday mis (aniq), shereday chashma (buloq)
degan ma`no anglatiladi.
Muannas affiksi -a (jenskiy rod).
Navoiy tilida arab tilidan o`zlashtirilgan xotin-qizlar jinsini bildiradigan -a
affiksi keng qo`llangan: salita (uyatsiz qiz), qabiha, mayxo`ra, badkāra va boshqalar.
Ko`plik formalarida. Arabcha flektiv formalar qo`llangan: hāl-ahvāl, faqir-
fuqarā, kitāb-kutub, muallimun-muallimuna, ārif-ārifin, va boshqalar.
Ikqilik affiksi -ayn lug`atayn, kavnayn (ikki dunyo) kātibayn (ikki kātib) va
h.o.
Bulardan tashqari ko`p sonli so`z yasovchi arabcha va forscha so`z
91
yasovchi affiks va formantlardan foydalanilgan.
Aytib o`tilgandek, Navoiy tilida arab-fors tillarining so`z va iboralari ko`p
uchraydi. SHunisi xarakterliki, bunday elementlar faqatgina dabdabali uslub talabiga
ko`ra emas, balki bunday so`zlarning ko`pchiligi ma`noni kuchaytirish, obrazni va
poetik ta`sirchanlikni oshirish uchun ham qo`llangan. Navoiy qo`llagan arabcha-
forscha so`zlarning ma`lum qismi adabiy tilda keng o`zlashgan va asrlar osha
hozirgi zamon tilida ham tub so`zlar qatoriga kirib ketgandir.
«MUHOKAMAT-UL-LUG`ATAYN» ASARI
Alisher Navoiy «CHor devon», «Xamsa», «Mahbub-ul qulub», «Majolis-un
nafois», «Mezon-ul avzon» kabi asarlari bilan o`zbek adabiy tilini praktik jihatdan
isbotlagan bo`lsa, «Muhokamat-ul lug`atayn» asarida uni nazariy jihatdan tushuntirib
berdi. SHu jihatdan uning mazkur asari zo`r ilmiy qimmatga egadir. «Muhokamat-
ul lug`atayn» Navoiy hayotining so`nggi yillarida yozilgandir, ya`ni hijriy 905,
melodiy 1499 yilda yozilgan.
Asarda turkiy (o`zbek) til bilan sort (fors-tojik) tilini muholsa qiladi. Asar
muallifi haqidagi kirish so`zidan boshlanadi. Bunda avvalo tilning mazmuni, shakli
haqida gapirib, uning birligini, ya`ni til shakl, mazmun jihatdan bir bo`lgandagina o`z
vazifasini o`tay olishligini aytadi. So`ng inson tilining vazifasi haqida so`zlab, bunda
arab tilining ahamiyatiga alohida e`tibor beradi. So`ngra tilning kelib chiqishi haqida
fikr yuritadi. Bu sohada Navoiy zamonasida hukmron bo`lgan islom oxolostikasiga
asoslanadi. SHunga ko`ra uning fikrlarida ilmiy haqiqatdan ko`ra afsona kuchliroq
seziladi. Tillarning kelib chiqishini Nuh payg`ambarning umumjahon to`fonida
yolg`iz qolishi va tillarning manbaini uning o`g`illari YAfas, Xom, Som nomlari
bilan bog`laydi.
Navoiyning bu qarashi qadimgi grek falsafasida ham, Islom falsafiy-tarixiy
asarlarida ham keng tarqalgan edi. Navoiy esa ulardan unumli foydalangan.
SHundan keyin turklarning kelib chiqishi, turkiy tilning xususiyatlari, uning sort
(tojik) tili bilan munosabati, ba`zi o`rinlarda turkiy tilning orqalligi haqida fikr
yuritadi. Buning isboti sifatida turkiy tildagi sinonim, omonimlarning taraqqiy
92
topganligini keltiradi. Umuman, Navoiyning mazkur asarida olg`a surilgan asosiy
g`oyalar quyidagilardan iboratdir:
1. O`zbek tilini fors-tojik tili bilan chog`ishtirib, uning fors tilidan
qolishmasligini ko`rsatib, o`zbek tilida asarlar yozishga boshqalarni ham chaqiradi.
2. Navoiy ikki tilni chog`ishtirar ekan, o`zbek tili lug`at boyligining
ustunligini ko`rsatdi. Asarda 100 ta fe`l keltirilib analiz qilinadi, shuningdek, o`zbek
tilining boshqa leksik qatlamlarida, ya`ni qushchilik, chorvachilik, kiyim-kechakka
oid ko`pgina so`zlarning rivoj topganligini isbotlab beradi. SHuning uchun ham
turkiy tilni u xazina deb ataydi. Lekin bu xazinaning atrofini, Navoiy tili bilan
aytganda, «ilonlar» va «tikonlar» o`rab olgan. Navoiy ana shu so`zlarni «ilon va
tikonlar»dan tozalab o`z asarida qo`llar hamda bu ishga boshqalarni ham chaqiradi.
3. Ikki tilni qiyoslar ekan, Navoiy o`zbek tilining so`z yasalish borasida
ustun ekanligini namoyish qildi. Bunda -chi va -vul affikslarining so`z yasash roli,
ayniksa, buyuk ekanligini ko`rsatadi.
4. Grammatik formalarning hosil qilinishida -sh, -t, -l
Affikslarining ahamiyati haqida ham qimmatli ma`lumot beradi. Masalan,
Birgalik nisbat hosil qiluvchi affiks haqida shunday deydi: Ammā kүlmitrәk kalimātni
adā qilali: arab tiliniң sarfiy istilāhiniң abvābida bir bābdirki, aңa mufāala bābi ot
quyupturlarki lafz bir mazkur bolur, ammā ikki kishi fe`liga mushtamildirki (o`z
ichiga oluvchi), bir nav` vāqea bolg`ay. Andaqki, «muāzara»(munozaralashish,
tortishish, qarshi kelish) va «mushāarā (she`r aytishish)», «muqābal»(qarshi kelish)
va «muhākama» (gaplashish) va kulmey bābdur va munda azim vafāid (foydali)
hāsil. Va fārsigo`ylar muncha fasāhat va balāg`at da`vāsi bilә bu fāydadin
mahrum. Ammā tүrk bulag`asi va fāydag`a maarruh qilibdurlar va masdarg`a bir
ish harfi ilhāq qilmaq bilә ul maqsudni tapibdurlar. Andaqki, «chapishmaq» va
«tapishmaq» va «quchushmaq» va «opushmaq» va bu shoe lafzdur
(A.Navoiy.Tanlangan asarlar. 14-tom. `, 1967y, 116-bet)
Z.O`zbek tilining tarixiy fonetikasiga doir qimmatli fikrlar mavjud: vov
harfining to`rt xil (undosh bilan besh xil) talaffuz qilinishi, yoyning uch xil (i,i,e)
93
talaffuz qilinishi haqida fikr yuritadi.
5. Omonimlar haqida shunday deydi:
« Va kөk lafzini ham necha ma`ni bilә iste`māl qilurlar. Biri kөk-āsmānni
derlәr. Yana kөk āhangdur. YAna kөk tegrәdә kөklәmdүr. Yana kөk qadag`ni
derlәr, yana kөk sabza va olangni dag`i derlәr» va h.o.
6. O`zbek tilining yuqoridagi imkoniyatlarini isbotlashda Navoiy fors-
tojik tilini hech vaqt kamsitmaydi, balki unga xhrmat bilan qaraydi.
«Muhokamatul-lug`atayn»da Navoiyning dialogik karashlari o`zining
yorqin ifodasini topgan. Navoiy til masalalariga tilshunos sifatida emas, balki
adabiyotshunos sifatida yondoshgan. Bu asari bilan o`zbek adabiy tilini nazariy
jihatdan ishlab chiqish zarur ekanligani o`rtaga tashlab, bu masalani hal qilmasdan
turib, adabiy tilni yaratish va uni rivojlantirish masalasi bilan shug`ullanish mushkul
ekanini ta`kidlaydi. SHu jihatdan «Muhokamatul lug`atayn» o`zbek adabiy tilining
balog`atga stishida va etishtirishida uning keyingi taraqqiyotida muhim ahamiyatga
molik bo`ldi.
Dostları ilə paylaş: |