Ushbu erda saң to`dani(ng) ustiga chiqib (B N), Lutfiyni(ng) niyati uldurki (L) va h.o.
2 CHiqish kelishigi faqat —din//din//tin//tin variantlarda qo`llandi Ma`lumki,
Navoiygacha bu kelishik —dun//dүn//tun//tүn, dan//dәn//tan//tәn kabi variantli
affikslarga ham ega edi
Solishtiring Mahmud Qoshg`ariyda suvdan sezdәn, «O`g`uznoma»da kop
toqushgudun soң, anuң kөzi kәktүn kәkre Serdi va h.o.
3 Birgalik nisbat — sh affiksi bilan ifodalanadi: qachishmaq tapishmaq,
chapishmaq.
4 Orttirma nisbat -t, affiksi bilan ifodalanadi gogurt, buyurt
5 Sifatdosh -gu//qu//ku barg`ku, bilgү, aytku;
6 Navoiy asarlarida ravishdosh yasovchi -gach//gәch, kәch//qach affiksi
keng qo`llandi әylәgәch, yetkәch
YUqoridagilardan tashqari so`z yasovchi affikslarining qo`llanishi
doirasi kengaygan:
-chi//-chi affiksi kasb-xunarga, lavozim va ovchilik bilan bog`liq so`zlarni
yasagan qushchi, barschi, qo`riqchi, qorchi, suvchi, yurtchi, xazinachi, axtachi,
turnachi va h.o.
-vul saroy lavozimlari otlarini yasagan yakkovul (yo`l boshlovchi),
kintavul (qo`rgon qorovuli) bakāvul, qaravul, yasavul
- e affiksi abstrakt oti yasagan iasal qo`shin safi), qabāl (qamal),
86
tutqal (xazinachi) tusqal (soqchi).
Navoiy ijodidan bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin.
YUqoridagi faktlar shundan dalolat beradiki, A Navoiy o`zbek
tili imkoniyatlaridan juda keng foydalinishi natijasida o`zbek tili leksikasi va
grammatik qurilishi ma`lum bir normaga tushdi SHuning uchun ham Alisher
Navoiy haqli ravishda o`zbek adabiy tilining asoschisi deb ataymiz Navoiy asarlari
orqali eski o`zbek adabiy tili o`zining yuqori pog`onasiga ko`tarildi. Navoiy asrlar
mobaynida turkiy tillarda qo`llanib kelgan boy manbalardan keng foydalandi. Uning
tili qadimgi SHarqiy Turkiston tilidan, shuningdek, qadimgi uyg`ur tili ta`siridan,
asosiy leksik va grammatik xususiyatlaridan qutulgan bo`lsa ham, ba`zi poetik
talablarga ko`ra uning tilida arxaik elementlar ishlatilgandir Arxaik elementlar
deyilganda, SHarqiy Turkiston, shu jumladan qadimgi uyg`ur va qadimgi turkiy
tillarga oid leksik va grammatik hodisalar kiradi.
Arxaik elementlar poetik nutqda ko`p vaqt dabdabali tus berish, tildagi
ta`sirchanlikni, ekspressivlikni oshirish uchun xizmat qilib keldi SHu nuqtai nazardan
Navoiy uz asarlari tilida bunday elementlarga murojaat qilgan Navoiy tilida ari,
o`gon, ugush, qamu, uksuk-kom, bitik asi kabi leksik arxaizmlar qullangan Misollar;
Kalāmi nechәakim, sāfu arig`dur
Mang`a nuqsāndin o`zga ne asig`dur (Farxod va SHirin)
YOki
Nag`malar turkāna sӛz etildi ugush
Mastlig`din oylakim, xushnag`ma kush (Lison-ut-tayr)
SHuningdek, SHarqiy Turkiston tiliga xos bo`lgan -gu//g`u//qu//ku kabi
morfologik elementlar ham uchraydi o`qig`u, degu, yaqqu, eshitku
Navoiy tilida tartib sonning - inch (birinch, uchinch) affiksi bilan
ifodalangan varianti xam qayd qilinadi.
YUqoridagi leksik va grammatik elementlar A Navoiy tilida o`z o`rnida
87
va uslub talabi bilangina qo`llangan.
Alisher Navoiy turkiy tillar madaniy merosi va boyligidan ham ustalik
bilan foydalandi Navoiy tilida qipchoq, o`g`uz elementlari alohida o`rin tutadi. Bular
keng tarqalgandir. Bu xodisa yolg`iz Navoiy asarlari tili uchungina emas, balki eski
o`zbek poetik tili uchun ham xosdir.
Akademik Radlov Navoiy tilidagi g`arbiy yoki o`g`uz tili elementlari
masalasida ikki fikrni ilgari suradi. Birinchi fikrga karaganda, Navoiy tili o`g`uz deb
atalgan adabiy tillar, ya`ni, ozarbayjon, turkman, usmonli turk kabi tillarga ta`sir
qilib, buning natijasida mazkur o`g`uz elementlari yuqorida ko`rsatilgan tillarga
tarqalgan. Bunda akademik Radlov Navoiy tilining g`arbiy tillarga ta`sirini ko`zda
tutadi. Ikkinchi fikrga qaraganda, Navoiy zamonida g`arbiy turklarda shunday bir
adabiy til markazi bo`lganki, bu adabiy til turli yo`llar bilan Navoiy tiliga ta`sir
ko`rsatgan bulishi mumkin.
Masala Navoiy asarlari uchun tayanch bo`lgan dialekt asosida hal qilinishi
mumkin. Navoiy tilida, shuningdek, eski o`zbek poetik tilida o`g`uz tilining
elementlari keng miqyosda qo`llangan, lekin bu elementlar Navoiy va unga
zamondosh adiblar tiliga tashqi jarayonning ta`sirida paydo bo`lib qolmagan,
aksincha, bunday elementlar o`zbek tilining o`g`uz shevalari orqali tilga kirgandir.
Ma`lumki, XIII-XIV asrlarda Xorazmda adabiy til markazi paydo bo`ldi.
Bu markaz «y»lashgan dialekt zaminida vujudga kelishi bilan birga o`g`uz tilining
leksik elementlarini va qator morfologik formalarini o`zlashtirgan edi. O`g`uz
dialektining bevosita ta`siri «Muhabbatnoma», «Xisrav va SHirin» va XIX asrning
birinchi yarmida ijod etgan shoirlar tilida keng tarqalgandir. Bu traditsiya tabiiy
Navoiy tilida xam davom etgan. Masalan, e v(uy), o`l (bo`l), uyumag` (uxlamoq).
Ishq dardig`a Navāiy kibi mag`rur o`lmang
Ӛzni har mahvash uchun shiftai hāl әylәmәңiz.
( T.A.II,I 405-bet)
YUqoridagi kabi hodisa Lutfiy va boshqa shoirlar ijodida ham keng
88
tarqalgandir. Navoiy tilida tarixan qadimgi turkiy tilga, lekin Navoiy davrida
g`arbiy tillar xususiyatiga aylangan sifatdoshning —mish affiksi bilan ifodalangan
formasi qayd qilinadi:
Har yaram jismimda bir xayrān kӛz olmish hālima
Turfa kӛrkim, muncha hayrān kӛzgә hayrāndur kӛzgә.
G`arbiy tillarga xos yana quyidagi morfologik xususiyatlar uchraydi:
I shaxsda shaxs-son affiksining qisqargan shakli:
Sarvi āzādimni bag` ichrә xirāmān istәrәm,
Sabzasin sarsabzu gүl bargini xandān istәrәm
(II ,1 239-bet)
shaxs hozirgi-kelasi zamon formasining qo`llanishida ham g`arbiy tillarga
xos xususiyat saqlanadi bilmon, istaman
Ey Navāiy, hech bilmankim, unag`aymu kӛngүl
Ancha-muncha ajnabiy sӛzlәrni irshād әylәdim
Ozarbayjon, usmonli turk tillariga xos bo`lgan infinitivning bo`lishsiz
formasi ham uchraydi:
Asl uldurki, sanamlar sari kӛz salmәg`әsen
ey Navāiy, tilәsәng kӛrmәmәk aslā āfat.
…Dam urmamaq kerak (Maxbubul kulub)
Navoiy tilida o`g`uz elementlaridan tashqari qipchoq tillariga xos
elementlar ham uchraydi Lekin ular juda oz miqdordadir hamda ular Navoiy tilining
umumiy taraqqiyotiga u kadar ta`sir qilolmaydi.
NAVOIYNING ARAB VA FORS TILLARIGA MUNOSABATI
Navoiy turkiy til elementlaridan tashqari fors va arab tillarining madaniy
merosidan xam keng foydalangan. Arabcha-forscha elementlarning ko`pchiligi
89
Navoiy tilini tabiiy ancha murakkablashtirgan.
Klassik janr sistemasida va poeziyaning arabcha vazn o`lchovlaridan
foydalanish Navoiyga poetik erkinlik bergan. Bundan tashqari o`sha davr talabiga
ko`ra poetik asarlar ko`tarinki, dabdabali uslub bilan yozilishi kerak edi. Badiiy
traditsiya ta`siri natijasida poetik uslub xalq tilidan kisman bo`lsa-da, uzilib qolganligi
taassurotini beradi. SHuning uchun Navoiy poetik tematika sohasida eski
traditsiyadan chetga chikqan bo`lsa-da, til va uslub masalalarida klassik traditsiya
chegarasidan chetga chiqa olmadi. Alisher Navoiy o`zining poetik asarlarida,
jumladan, «CHor devon», «Xamsa» asarlarida o`zbek tilini fors-tojik adabiy tili kabi
ishlashga va unga dabdabali tus berishga harakat qildi. Bularning hammasi arab va
fors tillarining elementlariga keng yo`l ochib berdi.
Navoiy asarlarida arabcha-forscha leksik elementlar bilan birga morfologik
elementlar qo`llangan. Navoiy tilida otlarning aniqlik va noaniqlik formalari
mavjud. Noaniqlik formasi -i affiksi bilan hosil qilingan. Bu affiks o`zbek tiliga tojik
tilidan o`tgan bo`lib, eronshunoslikda «yoyi vaxdat» (birlik yoyi) deb ataladi.
Masalan, «Karam (saxovat) bir jafākashniң shiddati (qiyinchilik) yukin kүtәrmәkdүr va
Dostları ilə paylaş: |