77
Durbek dostonda Balx shahrining qamal qilinishi,
qamalda qolgan xalq
bilan birga bo`lib yuz berayotgan voqealarning guvohi bo`lganligi haqida bayon
qiladi. Dostonda tarixiy voqalar gavdalantirilishi bilan birga YUsuf va Zulayhoning
sof ishqiy-romantik kechinmalari bayon qilinadi. Dostonning tili judda sodda, ravon.
Xalq og`zaki ijodi namunalari va yozma adabiyot asarlarida bo`lgani kabi
Durbekning mazkur asarida ham xalq tili elementlaridan foydalandi. Asar tili xalq tili
bilan hamohangdir.
Durbek dostoni tilida quyidagi xususiyatlarni ko`rishimiz mumkin.
Jo`nalish kelishigi kushimchasi
-ga (-gә, -kә) -qa affikslari bilan birga -
a
shaklida ham uchraydi:
kөksinә, qolima kabi.
Durbek o`zbek poetik tili taraqqiyoti uchun kurashgan shoirlardan biridir. U
doston ustida ishlaganda tilning tushunarli va ravon bo`lishi uchun harakat qilgan.
Doston o`zbek poetik tilining Navoiygacha bo`lgan takomilini o`rganishda
alohida
ahamiyat kasb etadi.
Durbek xalq o`rtasida mavjud bo`lgan va adabiyotda kam qo`llanadigan
so`zlarni poeziya olamiga olib kirgan. Jumladan, Durbekkacha bo`lgan o`zbek
shoirlari poeziyasida uchramaydigan
otogo so`zi asarda ishlatilgan. Bu so`z
turk
xalqlari tilida, shu jumladan, o`zbek shevalarida ham mavjud edi.
Jam`i otog`ou onogoni ham,
Kim edilar borchasi zosi haram.
SHuningdek, shoir asarida sinonimlardan unumli foydalangan ko`r so`zi bilar
bir qatorda basir so`zi ishlatilgan.
Ājiz edi bedilu zāru zajir,
Ko`z yashidin kӛzlәri edi basir.
Dostonda arxaizmlarga aylanib borayotgan so`zlardan
ham unumli
foydalangan. Jumladan,
bakovul, yasovul, cherik, ilik kabi so`zlar ham uchraydi.
Bunday so`zlarning asarda ishlatilishi Durbekning xalq tiliga
murojaat qilganligidan
dalolat beradi.
78
Doston o`quvchilarga tushunarli tilda yozilgan bo`lishiga qaramay, unda
arab, fors tillari elementlaridan foydalanilgani asar tili leksikasida ko`rinib turadi. Bir
qizi bor erdi, maxl xovariy, Orazig`a shamsu qamar mushtariy. YUzi kuyosh erdi, vale
bezavol. Barcha funun bobida sohib kamol. Hosili umri ul edi shohning,
Oti ulayho
edi ul moxling.
SHuningdek, asarda «yaxshi emas oy bulutga nihon», «to`ti kibi erdi asiri
qafas», «bulbuli bo`lgan asir dar qafas», «toza jarohat uza septi namak», «umidim
gulidin tug`di xor» kabi misralarda xalq maqol va iboralarning ta`siri borligi sezilib
turadi.
Dostları ilə paylaş: