O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
O`zbekiston respublikasi

ATOIYNING TUTGAN O`RNI 
«Nazm dengizining tubiga sho`ng`ib, she`riy durlar» yaratishiga intilgan 
Atoiy 
o`zbek 
dunyoviy 
adabiyotining 
Navoiyga 
qadar 
etishgan 
atokli 
namoyandalaridandir. 
Atoiy adabiy merosi bilan tanishar ekanmiz, uning xalq og`zaki ijodini 
yaxshi bilganligi va ulardan ijodiy foydanlanganligini sezamiz. 
Atoiy xalq qo`shiqlarining tili soddaligi, ravonligi va musiqiyligidan xam 
ilhomlanadi va uni o`rganadi. U o`zining 260 ta g`azalidan 109 tasini xalq 
qo`shiklari avznida yaratgan. Bu narsa uning xalq, tili boyliklaridan bahramand 
bo`lib, ijod etganligini ko`rsatadi. 
Atoiy xalq maqollari va ta`birlariga katta e`tibor beradi. U xalq 
makollaridan foydalanish bilan o`z g`azallarining mazmunini ham, tili badiyligani 
ham boyitdi. Atoiy xalq maqollarini aynan keltiradi va ularning mazmunini she`riy 
misralarga singdyradi: 
Boldi bag`rim suv g`amingdin, yaxshiliq, sal sug`a, 
Axir, ey gүl, xirmānni, albatta, Zar ekkәn orar, 
Vasl noshi dunyāda bolmas, Ataiy, nishsiz. 
Bundan tashqari, Atoiy xalq tiliga xos hazil-mutoyiba tarzida
aytilgan misralardan, kontrast usulidan foydalandi. Lekin u engil kulgiga jiddiy tus 


74 
beradi. «Yүzigә kӛp tikә baqsam, maңa kүlib aytur», «Ataiy, ne Kuzi toymas gadā 
emishtuksen?» 
Atoiy xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalanib, original o`xshatish, 
kinoya, mubolag`a, tajoxuli orifona, lof kabi badiiy tasvir vositalarini yaratadi. 
SHoir omonim so`zlar va turli birikmalar vositasi bilan chiroyli so`z 
o`yinlari yasaydi va go`zal mumtoz tuyuklar namunasini yaratdi. 
Desangkim: «Jān sipar qilg`’l Atayim». 
Turubmen ushmunaq ӛldүr, at ayim...
Yүzingai, ey malāhat xann, bir ach, 
Toya kӛrsүn seni bu mustāxiq ach. 
Atoiy asarlarining tili Oltin O`rda yodgorliklarining tilidan farq qiladi. 
CHunki Atoiyda qipchoq tili unsurlari ustun darajada edi. 
Atoiy g`azallarida quyidagi til xusisiyatlarini uchratish mumkin. Jo`nalish 
kelishigi qo`shimchasi -ga (-gә, -kә) —qa affikslari bilan birga -a shaklida ham 
uchraydi: kөnlүmә, yүzimә, yүzinә, bizә, sizә, kabi.
Mim ag`zi bila zulfi qaddi lam – alifdan 
Ey vay, netәy xasta kӛngӛl qaldi alamg`a 
Jo`nalish kelishigining -a, -na, -ma kabi qo`shimchalari hozirgi j- lovchi 
o`zbek shevalarida ham uchraydi. Lekin bu shakl aslida o`g`uz tiliga xos xususiyatdir. 
O`rin - payt va chiqish kelishigi qo`shimchalaridan oldin bir n
tovushi ortgiriladi. 
Garchi āhuyi Xotandir bexatā bilman nedin, 
CHinu Māchin lālazārinda qilur sayrān kӛziң. 
Ul sanamkim sүv yaqasinda paritek olturur, 
G`āyati nāzuklikindin sүv bilә yүtsә bolur. 
Sifatdosh yasovchi qo`shimcha -gan shaklida ham, -an shaklida


75 
ham uchraydi. Masalan: qilan — qilg`an, alan - alg`an kabi. 
Buyruq fe`lining birnchi shaxs ko`pligi fe`l negizlariga -aling affiksini 
qo`shish orqali yasaladi: boraling, kelaling, alaling kabi. 
Bu holat «Muhabbatnoma» da ham uchraydi. 
Atoiy g`azallarida leksik jihatdan quyidagi so`zlarni uchratish mumkin: 
ukush -ko`p, ariq - toza, baqmaq-qaramoq, meң-xolning kattasi, qamuq-hamma
asruk-mast, dudoq-lab, ajun-dunyo, neң-narsa, iydgāh-sayilgoh kabilar. 
Umuman, Atoiy g`azallari tilida XV asr boshidagi o`zbek adabiy tiliga xos 
xususiyatlar uchravdi. SHoir o`z asarlari bilan XV asr o`zbek dunyoviy adabiyotigagina emas, 
balki o`zbek adabiy tili tarakxiyotigagina ham munosib hissa qo`shdi. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin