O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR SAKKOKIYNING



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61
O`zbekiston respublikasi

 
O`ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTIDA SHOIR SAKKOKIYNING 
TUTGAN O`RNI 
Alisher Navoiy ta`biri bilan aytganda, Movarounnahrda shuhrat topgan 
shoirlardan biri Sakkokiydir. U Ulug`bek zamonida yashab ijod etgan. SHoir 
g`azallar va qasidalar bitgan. 
Sakkokiy ham Atoiy kabi xalq tili unsurlaridan ustalik bilan foydalanib
original tasviriy vositalar yaratishga intiladi. U tazod, tanosib, jonlantirish, laf va 
nashr kabi usullardan foydalanadi, o`xshatish, mubolag`a, majoz va boshka turdagi 
tasviriy vositalarga murojaat qiladi. Natijada, xalq og`zaki ijodiga xos bo`lgan xalq, 
qo`shiqlari uslubida g`azallar yaratdi. 
Sakkokiy tuyuq janrida asarlar bitmagan bo`lsa-da, yozgan g`azallaridan 
uning so`z o`yiniga usta shoirligi ko`zga tashlanadi. U xalq maqollari bilan o`z 
g`azallarining mazmunini ham, tilini ham boyitdi. 
Sakkokiy siyosiy lirikaning adabiy janri bo`lgan qasida yozish sohasida 
ham qalam tebratdi. Ma`lumki, qasida davlat arboblariga, siyosiy va harbiy 
voqealarga bag`ishlab yoziladi. Ulug`bekka atab yozgan qasidalarida shoir uning 
ilmiy va siyosiy faoliyatini maqtaydi. Ulurbekni «Sulaymāni zamān», «No`shiravān», 


76 
«Mutāsek», «SHubān», «Atādin mehribān», «Xurshidi zamān» kabi sifatlar bilan 
ulug`laydi. Qasidaga xos bunday uslubni Sakkokiydan keyingi shoirlar ham davom 
ettirdilar. 
Sakkokiy asarlarida qipchoq tili unsurlariga nisbatan o`g`uz tili yoki 
g`arbiy adabiy til an`anasining ta`siri kuchlidir. Bu asarlarda ayla, qalma kabi 
ko`makchi fe’llar uchraydi: 
Gүl yүzingni ārzulab yүz kӛzni gүlzār ayladi. 
SHuningdek, o`tgan zamon sifatdoshi fe`l negiziga -mish affiksini qo`shish orqali 
yasalgan. 
Ma`lumki, bu qo`shimcha urxun-enasoy yozuvlarida ham, undan keyingi 
yodnomalar tilida ham keng qo`llanadi. Sakkokiydan keyingi shoirlarda esa bu 
qo`shimcha siyrak uchraydi. Masalan, «Tun chaman ichrә niqābin almish ul gүl 
yүzidәn». «Bol» fe`li va uning o`g`uz tillariga xos bo`lgan «ol» shakli shoir asarlarila 
parallel qo`llanadi: 
Adālat bag`i sabz oldi, chү No`shiravān keldi. 
Sakkokiy asarlarida keluvchi «bikin», «yaңlig`» so`zlari «kabi», «o`xshash» 
degan ma`nolarni ifodalaydi. Bu so`zlar Alisher Navoiygacha bo`lgan shoirlarning 
hammasida uchraydi. Sakkokiy asarlarining yana o`ziga xos tomoni shundaki, Atoiy 
tiliga nisbatan unda tojikcha-forscha so`z va iboralar ko`p uchraydi. Masalan: 
ko`hkan - tog` qo`poruvchi, jankan-jon oluvchi, garat-barbod, tura-koqil kabilar. 
Umuman, Sakkokiy ham o`zbek adabiy tilini rivojlantirishga samarali 
xissa qo`shgan shoirlardan biridir. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin