O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


XORAZMIYNING «MUHABBATNOMA» ASARI TILI



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61
O`zbekiston respublikasi

XORAZMIYNING «MUHABBATNOMA» ASARI TILI 
Xorazmiy o`zbek adabiyotida nomachilik janriga asos solgan san`atkordir. 
Ayni vaqtda she`riyatda ikki tillilikka ham asos solgan so`z ustasidir. U Jonibekning 
mahalliy beklaridan bo`lgan Muhammad Xojabekning iltimosiga ko`ra dajriy 754, 
melodiy 1353 yilda mashhur «Muhabbatnoma» asarini yozgan. Ma`lum kirish kism, 
asarning yozilish tarixi, «Muhammad Xojabek madhiyasi», ulardan keyin esa 
nomalar yozilgan. Nomalarning tuzilishi ham eski traditsion tartibda: oldin noma
keyin g`azal, undan keyin masnaviylar berilgan va har qaysi noma: 
Saburdin yaxshi yo`qtur pesha qilsam, 
Bu yo`lda sabr yo`q andesha qilsam 
- degan baytli naqorat bilan 
xotima qilingan. «Muhabbatnoma» 3 nomasi fors-tojik tilida yozilgan. Bu asar 
dastlabki reja bo`yicha 10 nomadan iborat edi, lekin noma tugatilgach, muallif 
qo`shimcha sifatida yana bir noma yozib, asarni 11 nomadan iborat qiladi. 


69 
Xorazmiy asarning xalqqa tushunarli bo`lishi uchun o`sha davr o`zbek 
tili imkoniyatlaridan unumli foydalangan. SHe`r yor vasli oshiq kechinmalarini 
tasvirlashda xilma-xil badiiy til vositalaridan mohirlik bilan foydalanadi. 
SHoir xalq tiliga xos o`xshatishni, metofora va jonlantirish bilan bog`lab 
bera olgandir: 
SHakkarmu әrniңiz yo qand, yo jān,
Uyalur la`lingizdin ābu hayvān. 
O`zbek tili boyliklaridan yaxshi foydalangan shoir omonim so`zlar 
vositasida orginal so`z o`yinlari hosil qiladi: 
Ashar yeldin sening yelgәndә atiң, 
Quyash yangliq jahānim tutti atiң. 
Boyung sarvu sanubartek beling qil, 
Vafā qilg`an kishilәrgә vafā kil. 
«Muhabbatnoma» XIV asr adabiy tilining yodgorligi bo`lib, unda 
g`arbiy va janubiy tillarga xos xususiyatlar uchraydi. 
Jo`nalish kelishigi qo`shimchasi -ә//nә, -a//na, tarzida: әllinә (qo`liga)
gavharina (gavhariga), nurinә (nuriga), bu tәnә (bu tanga). 
Tushum kelishigi affiksi -i variantida: kөnglүmi, өzimi. Ravishdoshning -
gәch//-g`ach, buyruq-istak mayli fe`li -әli//ali (barali, ketәli) shart fe`li -sar/sәr 
(solisar, bolsar) affikslari bilan shakllanadi. 
Hozirgi kelasi zamon fe`lining bo`lishsizligi qisqargan holda keladi: 
yavutman (yaqinlashtirmaydi), unutman (unutmayman). 
Sifatning (kelasi-zamon) - yүr//yur affiksi bilan yasalgan turi ham uchraydi: 
sayrayur, yasanlaytur-siginar. 
Asar leksikasida o`ziga xos xususiyatlar ko`zga tashlanadi: SHunqar-
burgut, boyla-shunday qilib, yuban-ikqilanmoq, ukush-ko`k, asru-juda, yaqtu-yoru. 
Yavut-yaqinlashmoq, uram-kucha, taqn-jumladan, dudaq-lab. YUqoridagi til 


70 
hodisalarining ayrimlari uyg`ur tiliga ham xosdir. 
YUqoridagilardan ko`rinib turibdiki, «Muhabbatnoma» asarida ham XIV 
asrning oxiri va XV asrning boshlarida Xorazm va Muvaraunnahrda hukm surgan 
kitobiy-poetik til traditsiyasi davom ettirilgan. SHuning uchun unda qipchoq-o`g`uz 
va qisman uyg`ur tili xususiyatlarini uchratamiz. «Muhabbatnoma» XIV asr 
o`zbek adabiy tiliga katta xissa bo`lib qo`shildi va ayni zamonda eski o`zbek 
tilining keyingi taraqqiyotida muhim rol’ o`ynadi. 
Buyuk Alisher Navoiy «Muhokamat-ul lug`atayn»da o`zbek tilida 
katta 
holni 
ifodalovchi 
maxsus 
«meng» 
so`zi 
borligini 
aytib, 
«Muhabbatnoma»dan quyidagi baytni keltiradi: 
Aning kim el enganda meң yaratti, 
Boyi birlә sachina teң yaratti. 
Ko`rinadiki, Navoiy tomonidan «Muhokamatul-lug`atayin» asarida shu
misralarning keltirilishi shu davrda asarning til jihatdan boy ekanligidan dalolat beradi. 
«Muhabbatnoma» eski o`zbek adabiy tilini boshlab beruvchi asar 
sifatidagina emas, balki ayni zamonda o`zbek adabiyoti tarixiga, ayniqsa, nomachilik 
janri tarakqiyotiga kuchli ta`sir ko`rsatgan asardir. Uning bevosita ta`sirida Said 
Ahmadning «Taashshuqnoma» (XV asr), Xo`jandiyning «Latofatnoma» (X1U-XU 
asr), Amiriyning «Dahnoma» (XV asr) kabi asarlar yaratilgan. 
Demak, Xorazmiy o`zbek adabiyotida nomachilik janriga asos solgan 
shoirdir. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin