Tajriba ishi. Suv quvurlari, ularning jihozlari va nasoslar bilan ulanish



Yüklə 383,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix02.05.2023
ölçüsü383,03 Kb.
#105979
  1   2
tajriba ish 5-6 df07199ca67e95dad5b2902952df5d49



5-6-TAJRIBA ISHI. 
SUV QUVURLARI, ULARNING JIHOZLARI VA NASOSLAR BILAN ULANISH 
SXEMALARNI O᾽RGANISH.
 
Tajriba ishining maqsadi: Shaxta va karyerlarda ishlatiladigan suv chiqarish 
qurilmalarining yordamchi jixozlari tuzilishini va ishlash prinsipini o’rganish 
Qo’zg’almas suv chiqarish qurilmasi nasoslardan, 
suv quvurilar
dan, elektr 
tortgichdan va avtomatlashtirish apparatlaridan iborat. 
Qo’zg’almas suv chiqarish qurilmalarida suv oqimi 50 m
3
/soat dan yuqori 
bo’lganda nasoslar soni 3 tadan kam bo’lmasligi kerak, ulardan biri ishchi, 
ikkinchisi zaxirada va uchinchisi almashtiruvchi. 
Markaziy va bosh suv chiqarish qurilmalari ikkita suv haydovchi suv quvuri 
bilan jihozlangan bo’lib, biri ishlab ikkinchisi zaxirada bo’lishi kerak. 
Shaxta stvolidagi zo’riqma stavlari soni suvning oqim tezligiga bog’liq 
bo’lib, uning qiymati 2,5 m/sek dan oshmasligi kerak (hisoblarda 2 m/sek qabul 
qilinadi). 
Suv quvurlar yetarli mustahkamlikka ega bo’lishi, suv chiqarish 
qurilmalarining tinimsiz ishlashini ta’minlashi, xizmat ko’rsatish xavfsiz, 
korroziyaga chidamlilik, minimal og’irlikka ega bo’lishi, ta’mirlash va ayrim 
qismlarini almashtirish qulay bo’lishi kerak. 
Suv chiqarish qurilmalari unumdorlikka qarab suv quvuri diametri 100-600 
mm gacha bo’lishi mumkin, bunda suv bosimi 1-10 MPa gacha borishi mumkin. 
Suv quvuri uchun po’lat trubalar, ayrim hollarda bosim 1 MPa gacha bo’lsa 
cho’yan trubalar ishlatiladi, ularni bir-biriga po’lat flanetslar bilan ayrim hollarda 
elektrpayvand bilan ulanadi. 
3.1-rasm. Suv chiqarish qurilmasining quvur anjomlari: а – so’ruvchi to’r qabul qiluvchi 
qopqoq bilan: 1-to’r; 2- qopqoq; 3-flanes; б – teskari qopqoq: 1-korpus; 2- flanes; 3-yopuvchi 
qopqoq; 4- qopqoq; в –qo’l bilan boshqariladigan bekitgich: 1-tirgak qismi; 2-shpindel; 3- 
yopuvchi qopqoq; 4-salnik; 5-maxovik; 6- flanes; г-salnikli kompensator: 1,2-quvurlar; 3- 
salnik; 4-buksa. 


14 
Suv quvuri armatura bilan jihozlangan bo’lib (3.1-rasm), uning tarkibiga 
qabul qiluvchi klapan to’r bilan (so’ruvchi suv quvurida), teskari klapan, yopuvchi
zadvijka, salnikli kompensator, tirgak trubalar, tirgak yoki oddiy tirsaklar o’tuvchi 
troyniklar va boshqalar. 
Suv haydovchi suv quvurining balandligi 200 m dan kam bo’lgan hollarda 
metall tirgaklik tirsak o’rnatilib, stav og’irligi shunga tushadi. Undan uzun 
stvollarda bir necha orasidagi masofasi 150-250 m bo’lgan o’rtadagi tayanchlar 
bo’lib, stav og’irligi o’shalar orasida taqsimlanadi. Har bir uchastkaning pastki 
qismiga o’rtadagi tirgak bo’lib, tepa qismiga kompensator o’rnatiladi. 
Gorizontal siljishlardan suv quvuri belbog’lar (xomutlar) yordamida ushlab 
turiladi, ular orasidagi masofa 25-35 m bo’ladi. 
Texnik ekspluatatsiya qoidalariga ko’ra zo’riqma suv quvurilari maksimal 
ishchi bosimdan 1,25 barobar yuqori bosimda gidravlik sinovdan o’tkaziladi. 
Elektr energiyasi o’chganda yoki boshqa sabablarga ko’ra nasos qurilmasi 
to’xtab qolsa, suv quvurida gidravlik zarba hosil bo’ladi. Tajribalar shuni 
ko’rsatadiki gidravlik zarbadagi maksimal bosim 1,5 R
st
(statik bosimning 1,5 
barobariga teng) bo’ladi. 
Suv quvurini gidravlik zarbadan saqlash uchun chuqur shaxtalarda ikkita 
teskari klapan o’rnatiladi va har xil zarba so’ndiruvchi moslamalar qo’llaniladi. 

Yüklə 383,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin