5-6-TAJRIBA ISHI.
SUV QUVURLARI, ULARNING JIHOZLARI VA NASOSLAR BILAN ULANISH
SXEMALARNI O᾽RGANISH.
Tajriba ishining maqsadi: Shaxta va karyerlarda ishlatiladigan suv chiqarish
qurilmalarining yordamchi jixozlari tuzilishini va ishlash prinsipini o’rganish
Qo’zg’almas suv chiqarish qurilmasi nasoslardan,
suv quvurilar
dan, elektr
tortgichdan va avtomatlashtirish apparatlaridan iborat.
Qo’zg’almas suv chiqarish qurilmalarida suv oqimi 50 m
3
/soat dan yuqori
bo’lganda nasoslar soni 3 tadan kam bo’lmasligi kerak, ulardan biri ishchi,
ikkinchisi zaxirada va uchinchisi almashtiruvchi.
Markaziy va bosh suv chiqarish qurilmalari ikkita suv haydovchi suv quvuri
bilan jihozlangan bo’lib, biri ishlab ikkinchisi zaxirada bo’lishi kerak.
Shaxta stvolidagi zo’riqma stavlari soni suvning oqim tezligiga bog’liq
bo’lib, uning qiymati 2,5 m/sek dan oshmasligi kerak (hisoblarda 2 m/sek qabul
qilinadi).
Suv quvurlar yetarli mustahkamlikka ega bo’lishi, suv chiqarish
qurilmalarining tinimsiz ishlashini ta’minlashi, xizmat ko’rsatish xavfsiz,
korroziyaga chidamlilik, minimal og’irlikka ega bo’lishi, ta’mirlash va ayrim
qismlarini almashtirish qulay bo’lishi kerak.
Suv chiqarish qurilmalari unumdorlikka qarab suv quvuri diametri 100-600
mm gacha bo’lishi mumkin, bunda suv bosimi 1-10 MPa gacha borishi mumkin.
Suv quvuri uchun po’lat trubalar, ayrim hollarda bosim 1 MPa gacha bo’lsa
cho’yan trubalar ishlatiladi, ularni bir-biriga po’lat flanetslar bilan ayrim hollarda
elektrpayvand bilan ulanadi.
3.1-rasm. Suv chiqarish qurilmasining quvur anjomlari: а – so’ruvchi to’r qabul qiluvchi
qopqoq bilan: 1-to’r; 2- qopqoq; 3-flanes; б – teskari qopqoq: 1-korpus; 2- flanes; 3-yopuvchi
qopqoq; 4- qopqoq; в –qo’l bilan boshqariladigan bekitgich: 1-tirgak qismi; 2-shpindel; 3-
yopuvchi qopqoq; 4-salnik; 5-maxovik; 6- flanes; г-salnikli kompensator: 1,2-quvurlar; 3-
salnik; 4-buksa.
14
Suv quvuri armatura bilan jihozlangan bo’lib (3.1-rasm), uning tarkibiga
qabul qiluvchi klapan to’r bilan (so’ruvchi suv quvurida), teskari klapan, yopuvchi
zadvijka, salnikli kompensator, tirgak trubalar, tirgak yoki oddiy tirsaklar o’tuvchi
troyniklar va boshqalar.
Suv haydovchi suv quvurining balandligi 200 m dan kam bo’lgan hollarda
metall tirgaklik tirsak o’rnatilib, stav og’irligi shunga tushadi. Undan uzun
stvollarda bir necha orasidagi masofasi 150-250 m bo’lgan o’rtadagi tayanchlar
bo’lib, stav og’irligi o’shalar orasida taqsimlanadi. Har bir uchastkaning pastki
qismiga o’rtadagi tirgak bo’lib, tepa qismiga kompensator o’rnatiladi.
Gorizontal siljishlardan suv quvuri belbog’lar (xomutlar) yordamida ushlab
turiladi, ular orasidagi masofa 25-35 m bo’ladi.
Texnik ekspluatatsiya qoidalariga ko’ra zo’riqma suv quvurilari maksimal
ishchi bosimdan 1,25 barobar yuqori bosimda gidravlik sinovdan o’tkaziladi.
Elektr energiyasi o’chganda yoki boshqa sabablarga ko’ra nasos qurilmasi
to’xtab qolsa, suv quvurida gidravlik zarba hosil bo’ladi. Tajribalar shuni
ko’rsatadiki gidravlik zarbadagi maksimal bosim 1,5 R
st
(statik bosimning 1,5
barobariga teng) bo’ladi.
Suv quvurini gidravlik zarbadan saqlash uchun chuqur shaxtalarda ikkita
teskari klapan o’rnatiladi va har xil zarba so’ndiruvchi moslamalar qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |