Tajriba ishi. Suv quvurlari, ularning jihozlari va nasoslar bilan ulanish


Suv chiqarish qurilmalarining elektr yuritmalari va avtomatlashtirish



Yüklə 383,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix02.05.2023
ölçüsü383,03 Kb.
#105979
1   2
tajriba ish 5-6 df07199ca67e95dad5b2902952df5d49

Suv chiqarish qurilmalarining elektr yuritmalari va avtomatlashtirish 
apparatlari. 
 
Suv chiqarish qurilmalarining elektr yuritmalari asosan, qisqa tutashgan 
rotorli asinxron elektr yuritmalari yoki ayrim hollarda faza rotorlik asinxron elektr 
yuritmalaridan tashkil topgan bo’ladi. 
TSNS (TЦНС) turidagi nasoslar uchun qisqa tutashgan rotorli A va AO 
seriyadagi elektr yuritmalar ishlatiladi. 
Portlashga xavfli bo’lgan shaxtalarda MA, KO va VAO seriyadagi 380/660 
V kuchlanishda ishlaydigan suv chiqarish qurilmalari nasoslari uchun yuritmalar 
ishlatiladi. Bundan tashqari A, AO, AP, APZ seriyadagi yuqori ishonchlilikka ega 
bo’lgan va portlash o’tmaydigan VAO seriyadagi quvvati 1600 kVt (aylanishlar 
soni 1500 ayl/min) va “Ukraina” seriyadagi (aylanishlar soni 3000 ayl/min) 
quvvati 630 kVt va kuchlanishi 6000 V bo’lgan elektr yuritmalari keng 
qo’llaniladi. 
Suv chiqarish qurilmalarini ishlatishda suv to’plagichdagi suv sathini, 
unumdorlikni, zo’riqmani (bosimni), nasos va elektr yuritma podshipniklari 
temperaturasini o’lchash va nazorat qilish kerak bo’ladi (3.2-rasm). 


3.2-rasm. Suv chiqarish qurilmasini avtomatlashtirilgan sxemasi. 
1-nasos elektryuritgichi; 2-nasos qurilmasi; 3-haydovchi quvurdagi qo’l bilan boshqariladigan 
bekitgich; 4-teskari qopqoq; 5-bekitgich elektryuritgichi; 6-bosim relesi; 7-nasos va 
elektryuritgichning podshipniklari temperaturasini nazorat qilish uchun termodatchiklar; 8-
unumdorlik relesi; 9-nasosga quyilish sistemasini qo’l bilan boshqarish ventili; 10-so’ruvchi 
klapan; 11-quyiluvchi nasos; 12-sath ko’rsatuvchi elektrodli datchik. 
Sathni o’lchash asboblari suv to’plagichdagi suv sathini o’lchab, nazorat 
qilib turish uchun kerak bo’ladi. Ikki turdagi sath o’lchash datchiklari bo’lib, 
po’kaklik (poplovkovie) va elektrodlik. Elektrodlik ED turidagi, suvning tok 
o’tkazish xususiyatidan foydalanib ishlaydigan turi keng tarqalgan. 
Unumdorlikni o’lchash relesi, nasos unumdorligini tinimsiz nazorat qilib 
to’xtaydi va uni gidravlik himoya qiladi. Gidravlik himoya shundan iboratki, nasos 
suvga to’ldirilmagan bo’lsa, rele nasosni ishga tushirishga yo’l qo’ymaydi va 
unumdorlik nolga tenglashganda nasosni o’chiradi. 
Bosim relesi nasoslardagi bosimni aniqlash, nasoslarni suvga to’laligini va 
suv to’planadigan joydagi suv sathini nazorat qilishga xizmat qiladi. 
Turg’un suv chiqarish qurilmalarini avtomatlashtirish uchun AV-5 va AV-7 
– turidagi uchastka suv chiqarish qurilmasi uchun, AVO-3 – alohida suv chiqarish 
qurilmasi uchun, AVN-1m – past kuchlanishli chiqarish qurilmasi uchun, UAV – 
bosh chiqarish qurilmalari uchun past va yuqori kuchlanishlar uchun, VAV – bosh 
chiqarish qurilmalari gazga va changga xavfli shaxtalar uchun qo’llaniladi. Bu 
apparatlarda UAV va VAV turidagilari eng takomillashgan turlari hisoblanadi. 
Unifikatsiyalashgan UAV turidagi apparatlar shaxta suv chiqarish 
qurilmalarini avtomatik ravishda boshqarishga mo’ljallangan bo’lib, 9 tagacha 
nasos agregatini yuqori yoki past kuchlanishli asinxron yuritmalari bilan gazga va 
changga xavfi shaxtalarda ishlatiladi. 
Ushbu avtomatik boshqarish apparatlari Konotop zavodida ishlab 
chiqariladi. 


Nasoslarni avtomatik ravishda boshqarish suv to’plagichdagi suv sathiga 
qarab boshqariladi. Belgilangan dastur bo’yicha yuqori, ko’paygan va avariya 
holatidagi sathlarda nasos agregatlari qo’shiladi, agarda nasos nosoz bo’lsa 
o’chirilib zahiradagisi qo’shiladi va xokazolar. 
Shuningdek sxemada suvga to’ldirilmagan nasosni ishga tushirmaslik, 
unumdorlik yo’qolganda, podshipniklar qizib ketganda o’chirish ko’zda tutilgan. 
 
Ishni bajarish tartibi: 
1. Nasosning texnik hujjati bilan tanishish. 
2. Nasosning tuzilishi bilan tanishish va qismlarini o’rganish. 
3. Nasosning ichki qismlarini holatini o’rganish. 
4.Bajarilgan ishning hisobotini yozish. 
 
Nazorat savollari: 
1. Portlashga xavfli bo’lgan shaxtalarda qaysi turdagi nasoslar qo’llaniladi? 
2. Nasoslarni avtomatik ravishda boshqarish qanday amalgam oshiriladi? 
4. Nasosning rotor qismi qanday detallardan tashkil topgan? 
 
 

Yüklə 383,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin