O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
V a z I r L i g I

30 МИТТ, т. П.,М.-Л., 1938, C.341.


25
Biroq, Nodirshoh Xorazmning barcha hududlarini o’ziga tobe qila olmadi. 
Orolliklar unga tobe bo’lishdan bosh tortdilar. Ular Abulxayrxon o’g’li Nuralini 
xon deb e’lon qildilar. Xiva xalqi eroniylar zulmiga qarshi g’alayon ko’tardilar. 
Qo’zg’olonchilar Eron hukmdorlarini uloqtirib tashlab, Xivaga Nuralini (1740­
1742) xonlik taxtiga o’tqazdilar. Bundan xabar topgan Nodirshoh 1741-yilda 
Xivaga katta qo’shin yubordi. Nurali va uning tarafdorlari haydab yuborildi. 
Nodirshoh Xiva taxtiga Elbarsxonning o’g’li Abulg’oziy II ni xon qilib 
tayinladi. Uning hukmdorligi ham uzoqqa cho’zilmadi. 1746-yil Mang’it 
inoqlari tomonidan qatl qilindi. Uning o’rniga Nodirshohning roziligi bilan 
Abulhayrxonning inisi G’oyib (Qayip) Sulton (1746-1756) xon taxtiga 
ko’tarildi. U hokimyatni inoqlar ta’siridan xalos qilishga va mustaqil idora 
qilishga urindi. Mang’it inoqlaridan biri Xo’rozbek va uning tarfdorlarini qo’lga 
olib, qatl qildi.
G’oyibxon xalqqa haddan tashqari jabr-zulm ko’rsatdi, og’ir soliqlar soldi. 
Bu xalq noroziligini kuchaytirdi va xonga qarshi g’alayonlarga sabab bo’ldi. 
Xalq g’azabidan cho’chigan G’oyibxon Xiva taxtini tashlab, qozoq dashtlariga 
qochib ketdi.
Bu vaziyatdan foydalangan Buxoro xoni Muhammad Rahim Xiva xonligini 
yana o’z ta’siriga olish maqsadida Temur G’oziyning (1757-1764) Xiva xoni 
bo’lishiga yaqindan yordam berdi. U xon ham Xivada barqarorlikni o’rnata 
bilmadi. O’zaro taxt uchun kurashlar keskinlashib ketdi. Temur G’oziyxon ham 
saroy amaldorlari tomondan uyushtirilgan fitnaning qurboni bo’ldi.
Shunday qilib, butun XVIII asr mobaynida Xiva xonligida davom etgan 
beqarorlik, taxt talashuvlari, tez-tez xon almashuvlari, ichki o’zaro urushlar, 
Buxoro xonlari va Eron shohlarining istilochilik urushlari mamlakatda ijtimoiy- 
siyosiy inqirozni chuqurlashtirib yubordi. Markaziy hokimyat nihoyatda 
zaiflashib qoldi, mamlakat iqtisodi izdan chiqdi, qishloq xo’jaligi, savdo va 
hunarmandchilik nochor ahvolga tushib qodi. Bu ahvol Xorazm aholisining 
qashshoqlashib ketishi, ocharchilik va turli kasalliklarga duchor qildi. Bunday


26
vaziyat to XIX asr boshlarigacha, ya’ni hokimyat Qo’ng’irot sulolasi qo’liga 
o’tgunga qadar davom etdi.
Angliyalik savdogar va sayohatchi A.Jenkinsonning O’rta Osiyoga 1558­
1559 yillarda qilgan safari o’zbek xonlari bilan Rossiya o’rtasidagi iqtisodiy 
aloqalarning rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadi. U dastlab, Xivada 
keyin Buxoroda bo’lib, bu xonliklar va Rossiya o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni 
yanada kengaytirish haqida muzokaralar olib boradi. U o’zi bilan Rossiya 
podshosi Ivan IV ning maxsus yorlig’ini ham olib kelgan edi. Shu paytdan 
boshlab Rossiya bilan O’rta Osiyo xonliklari o’rtasida rasmiy aloqa yo’lga 
qo’yildi.
Xiva va Buxoro xonliklari bilan Rossiya o’rtasida iqtisodiy aloqalar bilan 
bir qatorda, diplomatik aloqalar ham yo’lga qo’yildi. Ular bir-birlariga elchilar 
yuborib, o’z munosabatlarni yuqori hukumat vakillari darajasida hal etishga 
harakat qildilar. Rossiyadan kelgan elchilar o’zaro savdo-sotiq, davlatlaro 
munosabatlarni yaxshilash masalalarni hal qilish bilan bir qatorda, harbiy 
strategik, josuslik harakteriga ega bo’lgan ma’lumotlarni to’plash bilan ham 
shug’ullandilar. O’rta Osiyoga birinchilar qatorida elchi qilib 1619-yil hamda 
1674-yillarda yuborilgan Ivan Xoxlov va aka-uka Pazuxinlar Xiva va Buxoro 
xonliklari haqida ana shunday harbiy strategik 
ahamiyatga 
ega bo’lgan 
ma’lumotlar to’plaganlar.
Demak, Rossiya hukumati savdo - sotiqni rivojlantirish, elchilar yuborish, 
ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish bahonasi bilan kelgusi harbiy yurishlar uchun 
zarur ma’lumotlar to’plashga ham alohida e’tibor bergan. Elchilar, savdogarlar, 
turli soha olimlari to’plagan malumotlarga asoslanib, Rossiya podsholari O’rta 
Osiyo 
xonliklariga harbiy yurishlar uyushtira boshladilar. Ayniqsa Pyotr I 
davrida ketma-ket harbiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Jumladan, 1717-yilda 
Xivaga 
shtabs kapitan knyaz Bekovich Cherkasskiy boshchiligida harbiy 
ekespeditsiya tashkil qilindi. Ammo bu ekespeditsiya muvaffaqiyatsiz, fojeali 
tugadi. Pyotr I ning topshirig’i bilan Xiva, Buxoro va Eronga Florio Beneveni


27
boshchiligida ikkinchi harbiy ekespeditsiya yuborildi. Bu yurish ham natijasiz 
tugadi31.
Bunday muvaffaqiyatsizliklardan so’ng, Rossiya hukumati o’zining 
Qozog’iston bilan chegaradosh Janubiy hududlarida, kelgusida O’rta Osiyoga 
hujumida tayanch bazasi vazifasini o’taydigan harbiy istehkomlar qurishga 
kirishdi. XVIII asrning 30-40-yillarida qad ko’targan Orenburg, Semipalatinsk, 
Orsk qal’alari shular jumlasidan edi.
Shu bilan birga, ushbu qal’alar 
har ikkala tomonning 
karvonlari 
havfsizligini ta’minlashda ham muhim ro’l o’ynagan. Orenburg shahri Buxoro 
va Xiva savdogar va tadbirkorlarining gavjum joyi bo’lib qoldi. Bu shaharda 
ularning alohida mahallalari savdo do’konlari va omborlari bo’lgan. Orenburgda 
hatto Xiva va Buxoro xonlarining maxsus vakolatxonalari ham bor edi.
Rossiyadan O’rta Osiyo xonliklariga, Xivaga keltirilayotgan mahsulotlar 
orasida mis, temir, po’lat, aluminiy va boshqa turli metallar, metaldan yasalgan 
turli uskunalar asosiy o’rin egallagan. Urta Osiyodan paxta, jun, quritilgan 
meva, gilam va boshqa mahsulotlar Rossiyaga jo ’natilgan.
XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyodan Rossiya bozorlariga har yili 4 mln. 
so’mlik mahsulotlar chiqarilgan. Rossiyadan esa 3 mln. so’mlik mahsulotlar 
keltirilgan.
Nijniy Novgorod, Qozon, Astraxan va Orenburg sharharlari Xiva va O’rta 
Osiyo savdogarlarining juda serqatnov shaharlari bo’lib qoldi.
XVIII 
asr o’rtalarida va XIX asr boshlariga kelib, O’rta Osiyo atrofida 
Rossiya va Angliya munosabatlari ancha keskinlashib qoldi. Angliya hukumati 
o’zining Hindiston-dagi hukmronligini must.ahka.mlab olgach,O’rta Osiyo 
xonliklarini ham o’z ta’sir doirasiga olish niyatida edi. Rossiya ham huddi 
shunday niyatni ko’zlayotgan edi. Natijada O’rta Osiyo masalasida Angliya 
bilan Rossiya manfaatlari to’qnashib qoldi. O’rta Osiyo Rossiyaga xom ashyo 
manbai sifatida judayam zarur edi. Ammo uni qurol kuchi ishlatib darhol bosib 
olish uchun hali Rossiya tayyor emas edi. Shuning uchun Rossiya O’rta Osiyo

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin