O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
V a z I r L i g I



O ’Z B E K I S T O N R E S P U B L I K A S I O LI Y VA O ’RTA MAXS US T A ’LIM
V A Z I R L I G I
A L - X O R A Z M I Y N O M I D A G I URG AN C H D A V L A T UNI V E RSI TE T J
Qo ’lyoznia huquqiila 
U D K Ь Л М М V f o r t 4 ^c)
Y AQ UB OV A G U L N O Z A U L U G ’ B EK OVN A
Xiva xonligining Rossiya bilan di pl omat ik aloqa lari (XVI - XX as rlar ) 
«5А120302 - Ta ri x » (yo’nalishlar va m a m l a k a t l a r bo’yicha)
M a g i s t r aka dc niik da ra jas in i olish iicliun yozilgan
dissertatsiya
Urgancli - 2 0 1 5


2
M undarija
K irish........................................................................................................................ 3
I BOB. XVI-XX asrlarda Xiva xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvoli.
1.1 XVI-XX asrlarda Xiva xonligining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvoli......................................................................................................... 12
1.2 Xiva-Rossiya aloqalarining manbashunosligi va tarixshunosligi.......30
I bob bo’yicha xulosa....................................................................................... 38
II BOB. XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining Rossiya bilan iqtisodiy 
diplomatik munosabatlari
2.1 XVI - XVII asrlarda Xiva-Rossiya m unosabatlari..............................39
2.2 XVIII asrda Rossya bilan diplomatik m unosabatlar......................... 53
II bob bo’yicha xulosa......................................................................................65
III BOB. Xiva xonligining Rossiya tam onidan zabt etilishi va uning 
oqibatlari
3.1 XIX asr davomida Xiva-Rossiya m unosabatlarining keskinlashuvi. 
Rossiya istilochilik siyosatining kuchayishi...........................................66
3.2 Xivaning Rossiya tomonidan zabt etilishi va uning oqibatlari...........73
III bob bo’yicha xulosa................................................................................. 82
Xulosa..................................................................................................................... 83
Adabiyotlar ro ’yxati............................................................................................. 86


3
Kirish
M agistrlik 
dissertatsiyasi 
mavzusining 
asoslanishi 
va 
uning 
dolzarbligi. Xiva xonligi va Rossiya podsholigining aloqalari qadim davrlarga 
borib taqaladi. Xonlik tashkil topmasdan oldin ya’ni faqatgina Xorazm davlati 
davrida ham aloqalar olib borishgan. Hozirgi kunda xonliklar tugatilib, umumiy 
bir yakdil davlat Mustaqil O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiribdiki, aloqalar 
Rossiya federattsyasi bilan ko’p tamonlama olib borilmoqda. Shunga asoslanib 
magistrlik dissertatsiya mavzusi tanlab olindi.
Mustaqil O’zbekiston va Rossiya Federattsiysi o’rtasidagi aloqalar hozirgi 
kunda ham davlatimiz uchun muhimligi va azaldan ikki davlat o’rtasidagi 
aloqalar turli davrlarda turli xil ko’ronishlarda davom etganligi bu mavzuning 
dolzarbligini tashkil qilai. Sababi shuki, ikki davlat o’rtasidagi dastlabki 
aloqalarini bilmay turib, ko’r-ko’rona aloqalar qilib bo’lmaydi. Ko’r-ko’rona 
aloqalar davlatimiz havfsizligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
M a’lumki, XVI asrdan boshlab Osiyo hududida Xiva xonligi vujudga 
kelgan. Mazkur tadqiqotda XVI-XX asr boshigacha Xiva xonligining Rossiya 
bilan diplomatik aloqalari masalasi o’rin olgan.
Rossiya imperiyasining Turkistonni dastlab josuslik yo'li bilan uzoq yillar 
o'rganib chiqishi, so'ngra o'ta jirkanch usullardan foydalanib uni zabt etishi, nihoyat, 
mustamlakachilik sirtmog'ining o'lka bo'yniga solinishi kabi tarix haqiqati O rta 
Osiyo xalqlaridan sir tutilib kelingan edi. Chunki xalqimiz undan xabardor bo'lganda, 
o'z-o'zidan Sho'ro imperiyasining mustamlakachilik qiyofasi ochilib qolgan 
bo'laradi. «Orta Osiyoning bosib olinishi» iborasi unga tamomila qarama-qarshi 
ibora, ya'ni «qo'shib olinishi» qabilida talqin etildi. Tarixchi olimlar tarix haqiqatiga 
zid ish qilib, «o'lka qo'shib olingan» iborasini qo'llab, uni ko'r-ko'rona 
soxtalashtirdilar. Natijada bu g'oyani rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Shu davr 
mobaynida keng hajmli, ammo zamini bo'sh «ilmiy» risolalar, monografiyalar 
uzluksiz chiqib turdi. Bunday holat 80- yillarning oxiriga qadar davom etib, milliy 
ong, mustaqillik kurtak yoza boshlagandan keyingina to'xtadi.


4
Yurtimizning fidoyi davlat arboblari, olimlar, shoir va adiblar zuravonlik bilan 
ushlab 
turilgan 
qizil 
saltanat 
tuzumi 
podshohlik 
Rossiyasi 
o'rnatgan 
mustamlakachilik siyosatining izchil davomi, milliy o'lkalarni ezish va talash, 
madaniyati va ma'naviyatini oyoq osti qilishning takomillashgan shakli ekanligini 
teran faxmlar edi.
Sobiq sho'ro saltanati yillarida eng qadimgi davrlardan to XIX asr ikkinchi 
yarmiga qadar bo'lgan tariximiz soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov bu 
haqda: «O'zbekistonning, o'zbek xalqining bugun keng ommaga yetkazishga 
arziydigan haqqoniy tarixi yaratildimi-yo'qmi? Sovet davrida yozilgan tarixni men 
tarix sanamayman. O'zgalar yozib bergan tarixni o'qitishga mutlaqo qarshiman. 
Mustamlakachi o'ziga qaram bo'lgan xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr aytgan? 
Ular bor kuch-g'ayratlarini Turkistonning o'tmishini kamsitishga, bizni tariximizdan 
judo qilishga sarflaganlar. Tarixdan judo bo'lish nimaligini yaxshi bilsangiz kerak. 
Inson uchun tarixidan judo bo'lish-hayotdan judo bo'lish demakdir»,- deb juda o'rinli 
o'qtirgan edilar.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida podsholik Rossiyasi 
hukmronligi davrida Turkistonda istibdodga, xalqni ezishga asoslangan siyosat hukm 
surdi. Mahalliy aholini xo'rlash va qatag'on etish oktyabr to'ntarishi tufayli 
hokimiyatga kelgan sho'ro saltanati davrida yanada kuchayib, eng yuqori 
pog'onalarga ko'tarildi. Shu tariqa, Turkistonda mustaqil davlatchilikni poymol 
etgan, til, madaniyat, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni oyoq osti qilgan mustabidlik 
tuzumi 130 yil umr ko'rdi.
Yaqin va o'tmish tarix bugungi kun va kelajak uchun ibrat darsligidir. 
Darvoqe, «vatan, millat taqdiri hal bo'ladigan qaltis vaziyatlarda to'g'ri yo'lni tanlay 
olish uchun, avvalo, tarixni va hayotning achchiq-chuchugini bilish kerak ekan. Tarix 
insonning ko'zini ochar ekan. Shunda ko'p xatolarning oldini olish mumkin bo'lar 
ekan» .
Endilikda, O'zbekiston mustaqil davlat sifatida kurrai zaminda qad 
rostlaganining deyarli chorak asrini kechirayotgan damlarda kechagi kunga nazar 
tashlash, so'ggi mustamlakachilik asoratini o'rganish ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy


5
jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, millatni asrash uchun uning haqiqiy 
tarixini o'rganish, avaylab himoya qilish kerak bo'ladi.
Aytish joizki, 130 yil davomida qattiqqo'llik bilan hayotga tatbiq etilgan 
mustamlakachilikning mash'um tamoyillari qoldirgan asoratni bugungi kunda 
O'bekistonning hamma jabhasida: iqtisodiyot va madaniyatda, ilm-fan va maorifda
qishloq xo'jaligi va sanoatda kuzatish mumkin.
Biz yaqin kechmishdagi tarixiy haqiqatni u qanday bo'lsa, shu holda tiklash va 
gavdalantirishdek ezgu va olijanob maqsadni o'z oldimizga qo'yganmiz. Tarixiy 
haqiqat shundaki, Rossiya imperiyasining sobiq mustamlakasi bo'lgan, endilikda esa 
suveren davlatga aylangan O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasi bilan 
do'stona teng, o'zaro hurmat asosida davom etib kelayotgan aloqalarini 
mustahkamlashda u ikki tomonlama saboq va ibrat vazifasini o'tashi lozim bo'ladi.
Ushbu tadqiqot ishini yozishda mahalliy manbalardan va rus sayyohlari, 
diplomatlari va elchilarining bergan ma’lumotlaridan, nashr qilingan rus va 
o’zbek tilidagi kitoblardan keng foydalanildi.
Tadqiqotning ob’ekti va predmeti. Mazkur ishning asosiy ob’ekti Xiva 
xoligining turli davrlarda Rossiya bilan olib borgan diplomatik aloqalari va 
ularning mohiyati, sabablari, oqibatlari bo’lsa, uning predmeti esa shu 
diplomatik aloqalar haqida ma’lumot beruvchi rus - evropa, fors, arab va turkiy 
tillardagi yozma meros va undagi ma’lumotlarning tahlilidir.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotdan asosiy maqsadi Xiva xonligi va 
Rossiya davlati o’rtasidagi turli davrlarda olib borilgan diplomatik aloqalarni 
manbalar, adabiyotlar, maqolalar, shu mavzuga yondosh ilmiy ishlar asosida 
chuqur taxlil qilish, taqqoslash, tanqidiy o’rganib, mavzuni to’liq yoritib 
berishdir.
Tadqiqotning vazifasi esa ikkala davlat o’rtasidagi aloqalar jarayonida yuz 
bergan voqea va hodisalarning yutuqlari va kamchiliklarini taxlil qilish asosida 
bugungi kun diplomatiyasi rivojlanishiga hissa qo’shishdir.
Ilmiy yangiligi. Jahon va O’rta Osiyo yozma merosida Xiva xonligi 
tashqi aloqalari tarixining masalalari birinchi marotaba keng miqyosdagi


6
manbalar asosida o’rganilib, unda mazkur aloqalar ko’lami, yo’nalishlari, 
siyosiy davr bilan bog’liq xususiyatlari tavsifi talqin qilindi. XVI-XX asrlar 
Xiva xonligi diplomatik aloqalari tarixi, bu davrlar yozma manbalari asosida 
tahlil etilib, O’rta Osiyoda yaratilgan tarixiy asarlar manbashunoslik nuqtai- 
nazaridan tadqiqot doirasiga tortildi, muhim xulosalar va natijalarga kelindi.
Tadqiqot jarayonida Xiva xonligining Rossiya davlati bilan XVI - XX 
asrlardagi o’zaro aloqalari har tomonlama tadqiq etishga harakat qilindi. Mavjud 
ilmiy adabiyotlarning aksariyatida Xiva xonligi Rossiya davlati bilan doimiy 
ravishda savdo aloqalarini olib borganligi e’tirof etilgan. Ammo diplomatik 
aloqalarda bir qancha ziddiyatlar ham bo’lgan. Jumladan, savdo yo’llariga 
egalik qilish, savdo yo’llarining xavfsizligi masalasi hamda ikkala davlatning 
ham qozoqlar va qoraqalpoqlarni o’z hukmronligi ostiga olishga intilishi va 
qolaversa chegara boji masalalari bu ziddiyatli holatning asosiy sababi qilib 
ko’rsatilgan. Mazkur tadqiqotda, bildirilgan umumiy fikrlardan farqli o’laroq, 
ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar mazmun-mohiyati aniqlashtirilib, o’zaro 
aloqalarning noizchil taraqqiyoti faktik misollar yordamida ko’rsatib berildi. 
Jumladan:
- Markaziy Osiyo va Rossiya tarixiga oid qo’lyozma va nashr qilingan 
tarixiy manba hamda mavjud ilmiy adabiyotlardagi Xiva - Rossiya o’zaro 
aloqalari tarixiga doir ma’lumotlar aniqlanib, qiyosiy tahlil asosida tegishli 
xulosalar chiqarildi;
- Xiva xonligi va Rossiya o’rtasidagi siyosiy aloqalarning diplomatik, 
harbiy ittifoqchilik va o’zaro boshqa munosabatlari faktik misollar yordamida 
ko’rsatib berildi. Xususan, manbalardagi Xiva - Rossiya o’zaro aloqalari 
tarixiga doir ma’lumotlar, Rossiyadan Xorazmga kelgan turli mansab, daraja va 
turli maqsadlarda kelgan missiyalar, elchiliklar, ularning sabab - oqibatlari va 
natijalari bilan bog’liq ma’lumotlar, shuningdek, turli manba va asarlardagi 
Xiva xonligini Rossiya bilan bog’lagan quruqlik va suv orqali o’tgan karvon 
yo’llariga oid yangi ma’lumotlar ilmiy muomalaga tortildi;


7
-
tahlil qilingan ma’lumotlar asosida Xiva - Rossiya iqtisodiy aloqalarining 
asosiy jihatlari, savdo aloqalarida muhim o’rin tutgan mahalliy va tranzit 
mollarning turlari, ikki davlat bozorlarining o’xshash tomonlari ko’rsatib berildi. 
Manbalardagi ma’lumotlar asosida Xorazmdan Rossiyaga katta miqdorda mato, 
ot va xachirlar olib borilganligi qayd etildi. Zero, aynan iqtisodiy aloqalar 
asosida siyosiy manfaatlar va maqsadlar yuzaga keladi;
-
Xiva - Rossiya o’rtasidagi o’zaro siyosiy va iqtisodiy aloqalarning ikki 
davlat madaniy hayotida yuz bergan jarayonlarga ta’siri ilm-fan yangiliklari 
bilan almashish masalalari ochib berildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari. Tadqiqotdagi asosiy masalalar bu- XVI-XX 
asrlarda Xiva xonliginig ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli, Rossiya davlati 
bilan demoqratik aloqalari, Xiva xonligining Rossiya podsholigi tamonidan 
taziqqa olinishi va bosib olish jarayonlari tashkil qiladi.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharxi. Xiva xonligining 
Rossiya bilan aloqalar tarixini o’rganish va yoritishga birinchi navbatda aynan 
rus manbalari, qolaversa xorij tadqiqotchilari katta hissa qo’shganlar. Ularning 
ayrimlari sayyoh va diplomat sifatida xonlik hududlariga kelgan vaqtda yo’llar, 
quduq, manzil-makonlar, istehkomlarni sinchkovlik bilan kuzatib, barcha 
belgilarni eslab qolishga harakat qilganlar. Natijada Xiva xonligi haqidagi 
josuslik ma’lumotlari 
to’plana boshlangan va ulardan kelgusida amalga 
oshiriladigan harbiy maqsadlarda keng foydalanilgan. Bunday manbalar qatoriga 
kapitan Nikolay Muravevning sayohati tafsilotlari1 hamda podpolkovnik

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin