O ’z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o LI y va o ’rta maxs us t a ’lim



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/47
tarix02.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105996
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
V a z I r L i g I

28 МИТТ, т. П.,М.-Л., 1938, C.339.


23
hujum natijasida Xivani egallagan barcha turkmanlar shahardan haydaladi
ko’plari qirib tashlanadi. Soxta Arangxon qatl etiladi, To’xtaxonim esa otga
29
sudratib o’ldiriladi .
Arangxon vafotidan to Sherg’oziyxon davrigacha (1688 yildan 1714 
yilgacha) Xiva xonligi taxtida 10ga yaqin xonlar (Jo’jixon, Valixon, 
Shohniyozxon, Shoh Bahtxon, Sayid Alixon, Musoxon, Yodgorxon) ketma-ket 
almashib turdilar. Xonlikda siyosiy barqarorlik bo’lmadi. Ichki ziddiyatlar, taxt 
talashuvlar 
kuchayib ketdi. Bu vaziyatdan foydalangan Buxoro xoni 
Subhonqulixon o’z odami Shoh Niyozni Xivaga hokim qilib tayinladi. Shoh 
Niyoz o’zini xon deb e’lon qilgan bo’lsada, u Buhoro ta’siridan to’la qutila 
olmadi. Buxoro xonlari Xiva xonligini yanada ojizlantirish, bu yerda siyosiy 
kurashni, o’zaro taxt talashlarni kuchaytirish tarafdorlari edi.
Sherg’oziyxon (1714-1728) ham Buxorodan keltirilib, Xiva xonligi taxtiga 
o’tqazildi. Sherg’oziyxon aqilli va jasur xon edi. U dastavval, xonlikdagi ichki 
ziddiyatlarni bartaraf etish, o’zbek, turkman, qoraqalpoq feodallarining 
o’zboshimchaligiga, Xiva xonligidan mustaqil bo’lib chiqishga intilayotgan. 
Orol 
bo’yi ko’chmanchi qabilalari Qo’ng’irot, Mang’it, Qipchoqlarning 
muholifatchilik harakatiga chek qo’yish uchun keskin kurash olib bordi. U Orol 
bo’yiga bir qancha 
harbiy yurishlar uyushtirdi. Orolliklarni o’ziga tobe 
bo’lishiga va boj-hiroj to’lab turishiga majbur qildi. Biroq orolliklarning 
mustaqilliqi uchun kurashini to’xtata olmadi. Bu kurash XIX asr boshlarigacha 
davom etdi.
Sherg’oziyxon hukmronlik yillarida Rossiya Xiva munosabatlarida ham 
jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Rossiyaning O’rta Osiyo jumladan, Xiva xonligiga 
qiziqishi kuchaygan edi. Rossiyada umumrus bozorining shakllanishi, 
manufaktura ishlab chiqarishning tez sur’atlarda rivojlanishi tashqi bozorga va 
arzon xom ashyo manbalariga talab oshayotgani bunga sabab bo’ldi. Rus 
podsholari ilgaridanoq, O’rta Osiyo xonliklarida keskinlashib borayotgan ichki 
ziddiyatlardan foydalanib, bu xonliklarni o’ziga tobe qilishga intildilar. Pyotr

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin