Yem-xashak tayyorlash texnalogiyasini, mahalliy sharoitida o ‘stiriladigan ozuqabob ekinning foydali moddalari k o ‘p ro q saqlab qolish maqsadida tanlash lozim. Yem-xashak yig‘ishtirishga qo‘yiladigan asosiy talab -
hosilni kam roq nobud bo‘lishini ta ’minlashdir. Uning turiga
qarab, tarkibiga qo‘yiladigan talablar ham turlicha bo‘ladi: protein
miqdori pichanda kamida 8%, har bir kilogramm ozuqada protein
15 mg bo‘lishi kerak. Kletchatka miqdori 30% dan oshmasligi
kerak. Senajning 40-60% qismi quruq modda, karotin miqdori
kamida 40 mg/kg, protein esa 13-15% bo‘lishi talab qilinadi.
O‘simlik va uning tarkibida
12-18% protein va 250 mg/kg karotin
bo‘lishi kerak.
Yem-xashak to‘yimli bo‘lishi uchun uni qulay agrotexnik
muddatlarda mahalliy sharoitga mos texnologiya bo‘yicha qisqa
vaqt ichida yig‘ishtirib olish kerak. Pichanbop o‘simliklarni
gullayotgan vaqtida o‘rib olish va quritganda ularni gulini to‘liqroq
saqlab qolish kerak. Senaj uchun o‘simlik gullashidan oldin
o‘rilgani ma’qul. Makkajo‘xorini silos uchun so‘tasidagi don
namligil 70-75%gacha kamayganida o‘rilgani ma’qul.
O‘rilib, quritilayotgan o‘t namligi 50-60% gacha kamayganida
titishni, namligi 18%dan kamayganidan so‘ng esa xaskashlab
to‘plashni boshlash mumkin.
Pichanni yig‘ishtirib olishda o‘rilgan qismining nobud bo‘lishi
5% dan, uyumlangan pichanni presslab yig‘ishtirishda 2% dan,
yuklab-transportlashda esa 2% dan oshmasligi kerak. Jami
nobudgarchilik 8% dan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Yem-xashakni tayyorlashda pichano‘rgich, pichano‘rgich-
ezgich, xaskash, presslab yig‘ishtirgich, pichano‘rgich-mayda-
lagich, silos kombaynlari ishlatiladi.
355