4-§. Pichan presslagichlar
O‘rilgan pichanni dalada 25-26% namlikkacha quritib, qatorga
uyumlab, presslab yig‘ishtirish texnologiyasi keng tarqalgan.
Chunki bu usulda pichanni eng foydali qismi bo‘lgan guli va bargi
kam to‘kilib, isrof bo‘lmaydi hamda presslangan pichanni
transportlash va saqlash arzonga tushadi. Buning uchun porshenli
hamda rulonlab presslagichlar ishlatiladi.
Presslash darajasi oz (100 kg/m3 gacha), o‘rta (100-200 kg/m3)
va katta
(200-300
kg/m3) bo‘ladi. Kam zichlikdagi presslashni
pichan namligi 40% bo‘lganda boshlash mumkin. Shu sababli, bu
usul shimoliy hududlarda va botqoqsimon yerlardan o‘rilgan
pichan uchun ishlatiladi. Presslab quritish pichanni sifatini
kamaytirmaydi, balki oshiradi. Pichanning namligi 25% bo‘lganida
o‘rta zichlikda, 20% bo‘lganda yuqori zichlikda presslash tavsiya
etiladi.
Porshenli presslagichning prinsipial sxemasi 200- rasmda
keltirilgan. O‘rilgan o‘tlarni ilgarilanma-qaytarma harakat qiluvchi
porshen
Dostları ilə paylaş: