Microsoft Word qishloq xo'jaligi mashinalari


-rasm. Rotorli pichano‘rgich: 1-saqlagich; 2-ustun; 3-ram a qanoti; 4-sapfa; 5-brus; 6 -



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix03.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#106537
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
o7eYLsJeLu9f4zLXtKySGhX5DTEGYOySdVjPmrXh

197-rasm.
Rotorli pichano‘rgich:
1-saqlagich; 2-ustun; 3-ram a qanoti; 4-sapfa; 5-brus; 6 - 
pichoq; 7-rotor; 8 - b o ‘lgich; 9 - t o ‘siq; 10-kronshteyn; 11-osgich;
1 2 - o ‘q; 13-rama.
Bo‘lgich 
(8)
brusning oxiriga deyarli tik o‘rnatilib, o‘rish 
vaqtida chegaradagi poyalarni harakat yo‘nalishi bo‘yicha 
ichkariga engashtirib ketadi. Keyingi yurishda traktor g‘ildiragi 
ularni bosmaydi, nobudgarchilik ko‘paymaydi.
Brus ramaga saqlagich orqali ulangan bo‘lib, u to‘siqqa 
uchraganida burilib, sinishdan saqlanadi.
Pichano‘rgichning texnologik jarayoni quyidagicha o‘tadi. 
Aylanayotgan rotordagi pichoq markazdan qochirma kuchlar 
ta’sirida radius bo‘yicha joylashadi, natijada qo‘shni rotor 
pichoqlarining trayektoriyalari bir-birini qoplashi hisobiga chala 
o‘rishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aylanayotgan pichoq kesib olgan 
poyalar rotor ustidagi g‘ilofdan sirpanib o‘tib, yerga tushadi.
Muvozanatlovchi mexanizm boshmoqlarga tushadigan yuk 
bosimini o‘zgartirish va o‘rish apparatini transport holatiga
358


ko‘chirish uchun xizmat qiladi. Traktorga yaqin bo‘lgan bosh- 
moqqa tushadigan yuk 270-500 N, chetki boshmoqqa - 100-300 N 
qilib sozlanadi.
Rotor 1950-3000 ayl/min tezlikda aylanib, pichoqning chiziqli 
tezligini 65 m/s gacha yetkazadi, o‘rgichning o‘zi esa 15 km/soat 
tezlikda ishlaydi.
3-§. Pichano‘rgich-ezgich va pichano‘rgich maydalagich
Pichan uchun o‘riladigan o‘tlar tarkibidagi karotin, protein va 
boshqa foydali moddalar poyalarning o‘zida emas, balki ularning 
bargi va gullarida bo‘ladi. O‘rilgan o‘tning bargi va guli poyaga 
nisbatan tez quriydi. Poya qurishini kutilsa, oldin qurib ulgurgan 
gul va barglardagi foydali moddalar quyosh nuri ta’sirida kamayib 
ketadi. Shu sababli pichanbop o‘tni tezroq quritish uchun uni o‘rish 
bilan bir vaqtda poyalarini ezgan ma’qul bo‘ladi.
O‘ziyurar pichano‘rgich-ezgich (198-rasm) pichanbop o‘tlarni 
o‘rib, ezib, ensiz uyumlarga to‘plab, qisman quritish uchun uni 
dalaga tashlab ketadi. Bunday pichano‘rgich yurituvchi qism 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin