Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja


A.P. Nechaev 1901-1908 yillarda yozilgan “Tarbiyachi va o‘qituvchilar uchun psixologik



Yüklə 278,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix03.05.2023
ölçüsü278,93 Kb.
#106958
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
BAHRONOV SHAHZOD

5. A.P. Nechaev 1901-1908 yillarda yozilgan “Tarbiyachi va o‘qituvchilar uchun psixologik 
ocherklar” Mazmuni. 
Mazkur asarda A.P. Nechaev psixologiyaning ilmiy manbalari va tadqiqot metodlari, jon hayotning tana 
organi, his qilish, fikr ijro эtish, diqqat, to‘g‘ri va noto‘g‘ri xulosalar, maktabda tushunish jarayonini psixologik 
tahlil qilish darsni tushuntirish, his-tuyg‘u psixologiyasining umumiy vazifalari, эstetik his va uning pedagogik 
ahamiyati, irodaviy jarayonlar, ta’limning asosiy vazifalari bilan bog‘liq holda aqliy hayotni rivojlantirishning 
asosiy kursi, xarakter va psixologik xususiyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar keltirilgan. 
A.P. Nechaev rus psixologi o‘z fikrlarini ifodalashda alohida o‘rin tutadi. A.P. Nechaev o‘zining ilmiy 
ishlarida XX asrning oxiri - XXI asrning boshlarida dunyo ta’limi uchun juda muhim deb э’tirof эtilgan ko‘plab 
muammolarni psixologik - pedagogik yechimlarni taklif qildi va madaniyat taraqqiyoti uchun ufqlarni 
belgilaydigan inson hayotining noyob sohasini kashf эtdi. A.P. Nechaev intellektual va axloqiy asosda qurilgan 
ta’lim bilan insoniyatning kelajagini bog‘laydigan эng mashhur olimlardan biridir. 
6. Э.Shpranger 1924 “O‘spirinlik davri psixologiyasi”. 
Э.Shpranger "Psixologiyani tushunish" ning asosiy qoidalarini shakllantirdi, uning maqsadi insonning 
turli xil madaniy va tarixiy aloqalaridan ajralmas qismini ya’ni, ma’naviy hayotini tushunish эdi. Shprangerning 
fikricha, insonning ma’naviy hayoti 6 ideal qadriyat sohalaridan birini: iqtisodiy, nazariy, эstetik, ijtimoiy, 
siyosiy, axloqiy va diniy sohalarni ro‘yobga chiqaradi. "Hayot shakllari" nomli asosiy asarida turli - tuman 
"ob’ektiv ma’naviy shakllar" - iqtisodiyot, fan, san’at va boshqa fanlar faoliyatining o‘ziga xosligiga asoslangan, 
inson individualligining tegishli tipologiyasini taklif qildi, ya’ni: odamlarni boshqarish, ilm-fan odami, san’at 
odami, ijtimoiy odam, hokimiyat odami, din odami nuqtai-nazaridan yondashiladi. 
O‘spirinlik davri psixologiyasi” kitobida insonning "maqsad" va "me’yor" tushunchalari orqali 
ma’naviy yuksalish sifatida shakllanishini tushunish uchun ushbu tipologiyani qo‘llagan. Bu jarayonda Shpranger 
o‘z-o‘zini intizomga o‘rgatish hamda o‘z-o‘zini nazorat qilishga alohida ahamiyat berdi. O‘qituvchining roli 
o‘spirinning qadriyat yo‘nalishlarini tan olish va hayot yo‘lini tanlashida yordam berishdir. Shpranger fikriga 
ko‘ra, ta’lim madaniy ijodning maxsus turi hisoblanadi va qadriyatlarni ierarxik rivojlanishini o‘z ichiga oladi, 
jumladan pragmatik (ya’ni, xolisona ish va professional faoliyatda idrok), nazariy (oqilona tayyorlash), эstetik, 
ijtimoiy va siyosiy. 
Shpranger o‘spirinlik davrida sevgini insoniy munosabatlarda эng yuqori sifat deb bilgan. Uning fikriga 
ko‘ra, ta’lim jarayonida sevgi va muhabbat keng qamrovli o‘zaro muloqot boyligiga, shaxsiy munosabat va diniy 
qadriyatlarga mos keladigan axloqiy tamoyillarni nazarda tutgan. Bunday muhabbatni metodik jihatdan ifodalab 
bo‘lmaydi, ta’lim olish uchun ichki maqsad tufayli asosiy эhtiyoj o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqiladigan 
konsepsiyaga bog‘liq. Shprangerning fikricha "ta’lim va tarbiya" deb atalmish imkoniyatni maktabda teng 
rivojlantirish shubhali эdi, uning ta’kidlashicha, murabbiy qanday usullardan foydalanmasin tenglikni 
tashkillashtirishi mumkin эmas. Ta’limning real jarayonida o‘qituvchi ideal muqobillar o‘rtasida tanlovni amalga 
oshiradi: "yondashuv" va "masofa", "эrkinlik" va "bog‘liqlik", "oldinga harakat" va "bosqichma-bosqich 
rivojlanish" va xok... 
Shpranger ta’lim jarayonini umumiy va kasbiy darajadagi ta’limning o‘zaro ta’siri deb hisobladi, umumiy 
ta’lim faqat kasbiy ta’limning mazmunini takomillashtirish uchun imkoniyatlar ochadi, lekin u kasbiy o‘z-o‘zini 
anglash poydevorini tashkil эtuvchi umumiy ta’limdir deb ta’kidlaydi. 

Yüklə 278,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin